Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ye} - b ( Ravishga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: Yeb ich-moq
Izoh(lar)i:
ye fl

1. 1. Taom iste’mol qilmoq, ovqatlanmoq, tanovul qilmoq. Qovun yesang — sahar ye, sahar yemasang — zahar ye. Maqol
Birov ichib o‘lgan deydi, birov yomonroq ovqat yegan ekan deydi. Guldasta
U [Bektemir] okopda qattiq nonni kisirlatib chaynab, konserva bilan qo‘shib, maza qilib yedi. Oybek, Quyosh qoraymas

2. 2. Tirikchilik yoki maishat uchun ishlatmoq, sarf qilmoq. Yotib yeganga tog‘ ham chidamaydi. Maqol
U [mirzo] bir kunlik daromadini o‘n kun yer edi. A. Qahhor, Mirzo
Hosilini yeganda eslasalar, bas, degan orzu-o‘yi qurshamish uni. Guldasta

3. 3. O‘ziniki qilmoq, o‘zlashtirib olmoq. Uyezd hokimi akangni mingboshi qilaman deb, uch ming yigirma yetti so‘m pulini yeb, saylovda degrezlik Isomiddin degan jallobni saylagan ekan. A. Qahhor, Yillar
Akam birovning tomini teshib qamalgan emas yo birovning haqini yegan emas. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Ko‘chma Ishdan, safdan chiqarmoq; shikastlantirmoq, mayib qilmoq; o‘ldirmoq. Otni yeding, dedim ichimda. Oybek, Tanlangan asarlar
— Shunday, do‘stim. Endi uning o‘zini yo‘q qilmasak, seni ham, meni ham yeydi — dedi Davlatyor. P. Tursun, O‘qituvchi
Kambag‘alchilik odamning yorug‘ dunyodan bo‘lgan umidini kemirib, zangday yeb tashlar ekan. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. kaltak yemoq moq Ba’zi so‘z-otlar bilan qo‘llanib, shaxsga shu so‘z bildirgan narsaning (zarbning) tegishi ma’nosini bildiradi. Masalan,, musht yemoq, qamchi yemoq, tepki yemoq, shapaloq yemoq, tarsaki yemoq va boshqalar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.