1. etn. tn. Ma’lum bir shaxsga yoki ko‘pchilikka atab ko‘pincha to‘y marosimlarida yoki turli tantanalarda sovg‘a uchun tayyorlanadigan yangi bosh-oyoq libos.
Martabali mehmonga sarpo kiydirmoq. Kelinga sarpo yubormoq. Beshik sarposi.
▬
Qizning qo‘sha-qo‘sha kiyimlari bo‘la turib, onasi Qizimga o‘n sidra bosh-oyoq sarpo qilasizlar, deb turib oldi.
Gazetadan
Nizomjon gapira olmay, dir-dir titrab turgan edi, xuddi shu payt kuyovlik sarpolarini kiyib olgan A’zamjon kirib keldi.
S. Ahmad, Ufq
2. 2. Umuman, kiyim-bosh.
Sarpo tikmoq.