1. O‘zbeklar tarkibiga kirgan yirik qabilalar uyushmasi.
Saroylarning tarkibida bir qancha kichik va katta qabilalar bo‘lgan.
O‘zME
2. tar. ar. Xon, amir, podshohlarning doimiy qarorgohi bo‘lib xizmat qilgan hashamatli katta bino; koshona.
Podsho uni hashamatli saroyga chaqirtiribdi.
Oltin beshik
Buxoro amirining saroyidan bor-yo‘g‘i o‘n-o‘n ikki chaqirimlar chamasi uzoqlikdagi g‘arbi-janubdan o‘tadigan temir yo‘l stansiyasi — Kogonda ko‘rsatilmoqda edi bu tomosha.
K. Yashin, Hamza
3. ko‘chma hma Saroydagi davlat boshqaruvi; hokimiyat, saltanat.
Nizomiddin nega saltanatga dushman bo‘larkan? U hali bo‘z yigit, saroy oldida katta obro‘ga ega bo‘lgan me’morning farzandi.
Mirmuhsin, Me’mor
U Xudoybergan og‘aning xon saroyiga yaqinligini biladi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
4. ko‘chma hma Saroyga aloqador, saroyda yashovchi, xizmat qiluvchi.
Saroy shoiri. Saroy a’yonlari.
▬
Ro‘za tutish shoh-u malayga barobar kelgan majburiyat bo‘lgani uchun, surnay va naqora saroy ahlini saharlikka uyg‘otmoqda.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
O‘tar boboning otasi Gadoyniyoz bobo ham xon tabibi edi, saroy odamlaridan hisoblanardi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
5. 4. Umuman, istiqomat qilish yoki biror ijtimoiy faoliyat uchun mo‘ljallab, zamonaviy me’morlik uslublarida qurilgan hashamatli katta bino va majmualar.
Sport saroyi. Madaniyat saroyi.
▬
Goh suyunib, xayolida oltin saroylar quradi, goh kuyunib, o‘zini tubsiz choh yoqasida ko‘radi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Haqiqiy san’at saroyi singari qad ko‘targan ko‘rkam klub binosining oldi shinam bog‘.
J. Abdullaxonov, Oriyat
6. 5. Karvonlar, savdogarlar qo‘nadigan, mehmonxonali, hovli va otxonali joy; karvonsaroy, rabot.
Mehmonmisiz, tarafmisiz, aytinglar, Savdogar bo‘lsangiz, saroyda yotinglar
Gulnorpari
[Otabek:] Molimizni ortgan tuyakashlar shu saroyga tayinlangan edilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
7. 6. Omborxona, ombor.
G‘alla saroyi.
▬
Bizning Qalandar boy kuzda kambag‘allarning paxtasini arzon-arzon sotib olib, saroyiga bosib qo‘yadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
8. s. t. t. Bostirma yoki to‘rt devor bilan o‘ralgan keng bino.
Mollarni saroyga qamamoq.