Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sari}
So‘z bo‘g‘inlari: Sa-ri
Izoh(lar)i:
sari ys

1. bosh va jo‘nalish kelishiklari bilan lan Ko‘m.

2. 2. 1 Ma’lum tomonga, tomon qarab. Insof sari baraka. Maqol
Axir, baliq ham suvga intiladi, ko‘kat yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
[Avaz] Qarasa, beixtiyor Tabibiyning uyi sari yo‘l solibdi. S. Siyoyev, Avaz

3. -gan affiksli sifatdosh bilan lan Ayn. sayin 1. Quyoshli bahor ertasi juda ham yoqimliki, yurgan sari, yurging keladi. A. Muxtor, Opa-singillar

4. shv. Eng yaxshi, sara. [Go‘ro‘g‘li] G‘irko‘kka qamchi berib, ajdahoga ko‘ndalang bo‘lib, sari yoy bilan otib, qilich bilan chopib tashlab, katta Mastonni bir o‘limdan ayirib yuborgan joyi bor edi. Xushkeldi

5. shv. Sariq, sariq rangli. Yilqi bozori, toy bozori, Qurt bilan sari moy bozori. Ravshan

6. a — cho‘ziq Hind ayollarining yubka shaklida belga bir necha bor o‘ralib, bir uchi ro‘mol qilib boshga tashlab qo‘yiladigan kiyimi. U sarini yechib, uy kiyimlarini kiydi, yuvinib, ayvon chetiga o‘tirdi. Oybek, Nur qidirib

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. sari I Ko‘makchi
tomon, qarab

2. sari II Sifat
sariq

3. sari III Sifat
sheva. eng yaxshi, sara

Paronimi: mavjud emas.

Sariq uyg‘ur tili sharqiy turkiy tillardan biri. Asosan, Xitoyning Gansu viloyatidagi Minxua mintaqasida tarqalgan. So‘zlashuvchilarning soni taxminan 4-5 ming kishiga yaqin. Aniq dialektal bo‘linishga ega emas; tog‘lik va dashtlik aholi shevalarida fonetika va leksika sohalarida tafovutlar kuzatiladi.

Sariq uyg‘ur tili leksikasi turkiy va noturkiy (sanskrit, tibet, mo‘g‘ul, xitoy) tillarga xos unsurlar qorishmasidan iborat, lekin grammatik qurilishi asl turkiyligicha saqlanib qolgan. Sariq uyg‘ur tilining o‘tmishda qadimgi uyg‘ur tiliga yaqin bo‘lganligi haqida taxminlar bor. Sariq uyg‘urlar XVIII asr oxirlarigacha qadimgi uyg‘ur adabiy tilidan foydalanib kelgan va keyinchalik tibet tilining ta’sirida qadimgi uyg‘ur yozuvi unutilgan bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda sariq uyg‘ur tili oddiy so‘zlashuv tili bo‘lib qolmoqda.

1. sariq chaqalik: hech

1. Sarg‘ish – sariq – sap – sariq
Ma’nosiga ko‘ra
(rang miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.