Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sakra} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: Sak-ra-moq
Izoh(lar)i:
sakra fl

1. 1. Butun gavdani irg‘itib, keskin harakat qilmoq, pastga, yuqoriga yoki bir necha qadam nariga o‘zini otmoq. Rustam tomosha qilib turgan qizlar orasi-da bittasi chinqirib, osmonga sakraganini, kula-kula qarsak chalganini ko‘rdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ayol sakrab pastga tushdi-da, sumkasini kovlab, pul qidira boshladi. S. Ahmad, Ufq

2. 2. Urilib qaytmoq, irg‘imoq, sapchimoq. Bola koptokni yerga bir urgan edi, koptok tom bo‘yi sakradi. Quyoshda oltinlanib, toshdan toshga sakragan suvlarning shovqinini sezdi. Oybek, Quyosh qoraymas

3. ko‘chma hma Joydan joyga o‘tmoq, ko‘chmoq. Chittak shoxdan shoxga sakrab, to‘g‘ri ham emas, egri ham emas kaltak izlasa, Nabigul zavoddan zavodga sakrab, nima izlaydi, deysiz-da? A. Qahhor, Qanotsiz chittak

4. ko‘chma hma Navbatdagiga to‘xtalmay, keyingisiga o‘tmoq. Biz, o‘tgan 51-faslda Anvar bilan Ra’noni Sultonalining darvozasida qo‘yib, 52-faslga sakragan edik. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

5. ko‘chma hma Ko‘tarilib-tushib turmoq (narx-navo haqida). [Mirzakarimboy:] Shunday bo‘lishi kerak. Narx-navo har ko‘pi sakrab turibdi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: haklamoq , hatlamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.