1. Biror holat yoki hodisani bardosh bilan kutish, qanoat qilish; o‘zini tiyish.
Sabr tagi — sariq oltin.
Maqol
2. G‘am-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish, bardosh berish.
— Osonmi, aylanay, — E’tibor opa yostiqni E’zozxonning biqiniga surib qo‘ydi. — Tag‘in ham temir ekansiz. Sabringizga balli, girgitton!
H. G‘ulom, Mash’al