1. 1. 1 Ustun, kolonna.
2. ko‘chma hma Asos, tayanch.
Yusufbek hoji yuqorida o‘tgan gaplarni quruq va asossiz so‘zlamagan, balki shu turmushning rukn va asosini bir daraja aytib o‘tgan, Otabek esa buni shu muhitning bir o‘g‘li bo‘lib eshitgan edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Tasavvufning saxovat, shijoat, sadoqat, muruvvat, himmat, mardlik, insof, hayo ruknlarini o‘zida mujassam etgan Alisher Navoiyning o‘zi ham tom ma’nodagi komil inson edi.
O‘TA
3. ad. ad. Aruzda qisqa va cho‘ziq, o‘ta cho‘ziq bo‘g‘inlarning misralarda muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishi.
4. 4. Gazeta, jurnallardagi mazmunan yaqin turkum maqolalarning sarlavhasi.
Savdogar gazetasi o‘z sahifalarini bundan-da boyitishni, turli-tuman yangi ruknlar ostida materiallar berib borishni o‘z yillik rejasiga kiritdi.
Gazetadan
Qilmish-qidirmish, Turmush chorrahalarida ruknlari ostida berilayotgan maqolalarni o‘qigan har bir inson yaxshilikka, ezgulikka intiladi.
Gazetadan
5. Islomda eng muhim, har bir mo‘min-musulmon uchun farz sanalgan beshta vazifaning har biri: kalimayi shahodat, namoz, zakot, ro‘za va haj ibodati.