1. Bir narsaga yoki kuzatuvchiga, so‘zlovchiga qarama-qarshi tomon; qarshi.
Ro‘paradagi uy.
▬
Deraza ro‘parasidagi tuynukdan Ruzvonning boshi ko‘rindi.
S. Zunnunova, Yangi direktor
Teatr-rassomchilik institutining shundoqqina ro‘parasida, ko‘chaning berigi betida, uch tup yosh chinor bor.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol