1. 1. Ayollar boshiga o‘raydigan, odatda, to‘rtburchak shakldagi mato.
Doka ro‘mol. Shohi ro‘mol. Er-xotinning urishi, doka ro‘molning qurishi.
Maqol
Xotin boshidagi jun ro‘molini oldida, bir-ikki qoqib, yana o‘radi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
[Anvar:] Javob aytib ket, Ra’no! — Ha, shunday! — dedi Ra’no gul yonida ro‘molini to‘g‘rilab, — Endi sizning oldingizga chiqmayman.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. 2. Umuman, shunday mato, parcha.
Uning [Toshmatning] boshi doka bilan o‘ralgan, chap qo‘li ro‘mol bilan yelkasiga osib qo‘yilgan edi.
H. G‘ulom, Mash’al