Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rioya}
So‘z bo‘g‘inlari: Ri-o-ya
Izoh(lar)i:
rioya ot

1. Hurmat yoki yuz-xotirlik yuzasidan qilingan muomala; hurmat, andisha. O‘lim degan narsa ko‘z o‘ngiga kelib to‘xtagandan keyin, Otabekdek mehmonlar rioyasi ko‘nglidan yuvilur, so‘zning to‘g‘risini aytishga majbur bo‘lurlar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
U [Azimjon] mastlikda hech kimni rioya qilmasligini mingboshi yaxshi bilar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. Bo‘ysunish, amal qilish, saqlash. Qonunga rioya qilmoq. Tartibga rioya qilmoq. ▬ Ahmadjon, komandirning buyrug‘iga qattiq rioya qilib, jang maydonini diqqat bilan kuzatar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.