1. Quruq rasmiyatga yoki takallufga rioya qiluvchi; byurokrat.
— Juda rasmiyatchi bo‘la berma! Men hamma narsaga rasmiy qaray beradigan odamlarni yoqtirmayman, — dedi Shukur Karimovich
Umidga. Mirmuhsin, Umid
Ishlaringizning qadrini mana shunaqa hovliqmalar, mahmadonalar, rasmiyatchilar tushiryapti.
P. Qodirov, Uch ildiz
Butun yurish-turishi, ko‘z qarashlaridan g‘irt rasmiyatchiga o‘xshab ko‘ringan odamning san’atingizni o‘rgating degan so‘zi [Teshavoyga] moydek yoqib tushdi.
J. Abdullaxonov, Yo‘l