1. 1. Biror ishni, vazifani bajarish uchun o‘rnatilgan tartib-qoida, ishning rasmiy tomoni; rasmiylik.
Butun rasmiyatlarga rioya qilmoq.
▬
Agar o‘rtada rasmiyat bo‘lmaganda bizlarni quchmoqchi ekani ILutfillaning] qiyofasidan sezilib turardi.
Mirmuhsin, Sozanda
2. 2. Quruq xo‘ja ko‘rsinga qilingan ish, xatti-harakat, yuzakilik.
[Hafiza] Seviklisidan ikki xat oldi; uning nazarida, bu xatlar rasmiyat uchun yozilganday tuyuldi.
Mirmuhsin, Umid
Gureyevning savollariga rasmiyat uchungina javob berdi-yu, o‘ziga ko‘rsatilgan kresloga o‘tirdi.
S. Karomatov, Oltin qum