1. esk. kt. ayn. yn. Oyoq 1.
Pirnazar polvon qiziga bir elandi-yu, boshini chetga burdi. Ota yuzini ters burgach, Yorqinoy battar ezildi, endi u dadasining poyini quchoqlab yig‘ladi.
R. Rahmon, Mehr ko‘zda
Poyiga yiqilib: — Momo-qiz, men senga nima yomonlik qilib edim, — deyman.
T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi
2. 2. (egalik va o‘.-n. k. affiksi bilan) Birovning ixtiyorida, qo‘lida yoki oyog‘i ostida.
Lekin aslo qilma armon, Armon qilma, gul jamol, Poyingdadir yorug‘ jahon, Keng jahonga nazar sol.
H. Sharipov.
3. 3. Biror narsaning quyi qismi, tagi, etagi.
Ulug‘ shoir haykali poyiga mehr-muhabbat va chuqur ehtirom ramzi sifatida gullar qo‘yilmoqda.
Gazetadan
Faqat daryo labi gezarib, Yopib yotar tog‘ning poyini.
U. Qo‘chqor, Hayajonga ko‘milgan dunyo
Sahna-yu minbar poyida ijod ahli bilan uchrashuvga talpinib kelgan kishilar
Gazetadan
4. 4. Juft holda ishlatiladigan narsaning har biri, bir toqasi (asosan poyabzal haqida, odatda bir so‘zi bilan ishlatiladi).
[Bir] poyi yo‘q etik. Mahsining bir poyi.
▬
Uning bir poy paytavasi osilib, yurishga xalaqit berardi.
S. Karomatov, Oltin qum
Ochil Sharopov o‘girilib, poygakdagi poyabzallar ichidan bir poy kavushni olib ko‘rsatdi.
Sh. Xolmirzayev, So‘nmas o‘t
Nozima dahlizda yotgan bir poy tuflisiga ko‘zi tushdi.
Yoshlik