1. 1. Yorqin nur sochib turmoq, ravshan yonmoq.
Bulutsiz ko‘kda quyosh porlaydi.
▬
Daraxtlar orasida porlab turgan chiroqlar birin-sirin so‘ndi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Porlagan chiroqlar atrofni kunduz qilib yuborgan.
Sharq yulduzi
U yotoqxonalarning elektr nuri porlagan derazalariga angrayganicha bitta-bitta yurib kelarkan, beixtiyor uzoq shaharchadagi qadrdon uyini esladi.
Yoshlik
2. ko‘chma hma Nur sochmoq, barq urmoq, balqimoq.
Xadicha ayaning tashvishli ko‘zlari quvonchdan porlab ketdi.
H. Nazir, Yonar daryo
Sevib qolgan! U ko‘zlarida porlagan quvonchni yashira olmas, tasavvurida birdaniga farishtaga aylangan shu odamni xafa qilmaslik uchun boshini ko‘tarmas edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yoshgina bir ayol kulib turgan ko‘zlarini porlatib: — Xadichaxon, xolam uzr so‘rayaptilar, eshitinglar, o‘rtoqlar, — dedi.
N. Safarov, Xadicha Ahrorova