Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {poraxo‘rlik}
So‘z bo‘g‘inlari: Po-ra-xo‘r-lik
Izoh(lar)i:
poraxo‘rlik ot

1. 1. Pora olish, pora yeyish bilan shug‘ullanish. Poraxo‘rlik qilmoq. U aslida Sodiqjon boyvachchaning qopag‘on iti poraxo‘rlikka zo‘r bergan, podsholikka yig‘iladigan soliqlarning yuzdan to‘qsonini urib, hamyonini muttasil qappaytirishni o‘ylagan ajdarnafs bir badkir edi. K. Yashin, Hamza

2. huq. uq. Pora olish, pora berish, bu ishda vositachilik qilish kabi mansabdorlik jinoyatlari. Poraxo‘rlik hayotimizga tipik emas deganlarning qancha-qanchasi pora bilan qo‘lga tushib, jazolanib ketdilar. Gazetadan
Shaharda korrupsiya, poraxo‘rlik va reketga nisbatan beshafqat kurash olib borilmog‘i lozim. Gazetadan
— [Homid] U yerda [Qo‘qonda] ham tinch yotmay, O‘tabboy qushbegini poraxo‘rlikda ayblab, Musulmon cho‘loqqa ariza bergan, — dedi [Usta Farfi]. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.