Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yangi}
So‘z bo‘g‘inlari: yan-gi
Izoh(lar)i:
yangi sf

1. 1. Ilgari bo‘lmagan, endi yuzaga kelgan (kelayotgan, keladigan). Yangi ariq. Yangi texnologiya. Yangi devor. Yangi zavod. Yangi yo‘l. Yangi ilmiy yo‘nalish. Yangi korxona. Yangi uy. Yangi shahar. Yangi nav. Tinchlik-omonlik bo‘lsa, bir kun kelib, yangi dang‘illama imoratlar solib ham, hozirgiday, shunchalik gap ekan-ku, deymiz. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
U do‘stlariga tunov kungi yangi sherini ma’qul qilolganiga quvonardi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
U Mirmurodovni har ko‘rganda: — Yangisi bormi, eshitaylik, — deb so‘raydigan bo‘ldi. Guldasta

2. 2. Hali tutilmagan yoki juda kam ishlatilgan, asl holatini yo‘qotmagan; zid. eski. Yangi kiyim. Yangi mashina. Dushanba kuni yangi banoras to‘n va yangi yashil baxmal do‘ppimni kiyib, idoraga bordim. Guldasta

3. 3. Ish-faoliyati, hayoti endi boshlangan, boshlanganiga hali ko‘p bo‘lmagan; yangi qilingan. Bu ishda u yangi, yordam berish kerak. U — yangi hisobchimiz Oqpo‘lat akaning yakka-yu yagona arzanda o‘g‘li. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Sattorqul yangi rais bo‘lsa ham, shoshmasdan ko‘klamni tizginlab oldi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Nihoyat, otasi o‘z muddaosiga yetdi — qizini yangi kuyovga topshirib tinchlandi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. 4. O‘zaro navbatda avvalgisidan keyingisi; navbatdagisi, endigisi. Yangi direktor. Yangi lavozim. Bilim maskanlarida yangi o‘quv yili boshlandi. Gazetadan
Ha, tongni qarshilab olsa-da takror, Yangi deb ataydi har kunni odam. A. Oripov

5. 5. Shu yil, shu mavsumga tegishli; shu yilga oid; dastlabki. Sho‘rvaga yangi kartoshka solindi. Yangi bug‘doyning noni. Yangi hosilni peshma-pesh qabul qilish va undan sifatli tola ajratib olishga ham puxta hozirlik ko‘rildi. Gazetadan

Antonim(lar)i: eski
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. yangi I Sifat
ilgari bo‘lmagan, yaqinda paydo bo‘lgan, tashkil topgan

2. yangi II Ravish
hozirgina, yaqindagina

Paronimi: mavjud emas.

 

Yangi so‘z– tilda yangi paydo bo‘lgan va yangilik bo‘yog‘i sezilib turgan so‘z:lizing, audit, market, test, internetkabi. Ular fanda neologizm deb ham yuritiladi.

Neologizm quyidagi turga ega:

a) yangi yasalgan: serverxona, dendixona, devonxona, oraliq nazorat, yakuniy nazorat;

b) yangi ma’no kasb etgan: tadbirkor, xalqa (yo‘l), nazorat, do‘kon, foiz;

v) yangi kirib kelgan: reyting, test, audit, market.

Yangi so‘zdavr o‘tishi bilan

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.