Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {eski}
So‘z bo‘g‘inlari: es-ki
Izoh(lar)i:
eski [es-ki ]

1. Yangilik sifati ketgan, yaroqlilik darajasini ma’lum darajada yo‘qotgan. Eski chopon. Eski etik. Eski ko‘rpa. Eski kiyimning issig‘i yo‘q. Maqol

2. Ko‘hna, ko‘p vaqtlardan beri ma’lum bo‘lgan, ko‘p vaqtdan beri turgan (yangisiga nisbatan). Toshkentning eski va yangi shaharlarida to‘plab [to‘pi bilan] sotuvchi ikki gazlama do‘koni unga qaraydi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. O‘tgan vaqtga oid, avvaldan ma’lum; o‘tgan. Hozir eski zamon emas, bunaqa narsalarning unchalik ahamiyati yo‘q. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. Avval ham bo‘lgan, eskidan ma’lum. Avazning eski qadrdoni Hasan qayg‘ichi xon amaldorlari haqida ichaguzdi hangomalar aytardi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

5. Eski usuldagi; eskicha. To‘yning ta’rifini eshitdim. Eski to‘yga borgani nomus qilaman. A. Qahhor, Og‘riq tishlar

6. Bundan (hozirgidan) oldingi; avvalgi, sobiq.

7. Iste’moldan chiqqan, eskirgan yoki bekor qilingan. Ziyodaxon ba’zan eski so‘zlarga tili kelishmay va ba’zi jumlalarni ma’nosiga mos kelmaydigan ohangda o‘qib, tinglovchilarga uqtira olmagani uchun, hikoyaning davomini Ibrohimovning o‘zi o‘qidi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

8. Ko‘pni ko‘rgan, hayot tajribalariga ega bo‘lgan, ko‘pdan ma’lum. Suv mutaxassisi, juda eski miroblardan, irrigatsiyaning piri. Gazetadan

Antonim(lar)i: yangi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Eski o‘zbek adabiy tili – XIV asrning birinchi yarmidan boshlab XIX asrlargacha amalda bo‘lgan adabiy til.

Bu davrga kelib bugungi kunda amal qilayotgan turkiy tillar bir-biridan juda ko‘plab belgilari asosida farqlanib, mustaqillik kasb eta bordi. Xususan, eski o‘zbek adabiy tili ham vujudga keldi. Shuningdek, yozma adabiyot ommalashmaganligi tufayli adabiy til zaifroq, yozma manbalarda shevaga xos xususiyatlar ko‘plab ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, Farg‘ona va Movaraunnahrda yozilgan asarlar tili Xorazm vohasida yaratilgan asarlar tilidan ma’lum dialektik xossalari bilan ajralib turar edi. Shuningdek, o‘g‘iz lahjasi o‘zbek tilini bugungi kunda ham turkiy tillarning o‘g‘iz guruhi bilan bog‘lab turganligi sababli unda har ikki tomon xususiyatlari qaysidir darajada saqlanishi tabiiy hol. O‘zbek tilining qipchoq lahjasi va turkiy tillarning qipchoq guruhi haqida ham shunday fikr aytish mumkin.

Shunday bo‘lsa-da, bu davrda mavjud shevaviy xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan umumiy o‘zbek adabiy tilini shakllantirishga intilish kuchayadi. Pirovardida eski o‘zbek adabiy tili shakllandi. Bu tilda quyidagi asosiy yozma manbalar yaratildi: Xorazmiy «Muhabbatnoma»si, Said Ahmadning «Taashshuqnoma»si, Qutbning «Xisrav va Shirin» asari, Sayfi Saroyining «Guliston»i, Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni. Shuningdek, Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy, Yaqiniy, Ahmadiy, Yusuf Amiriy, Mirhaydar, Alisher Navoiy, Bobur, Muhammad Solih asarlari shu davr tilida. Bu davr tili o‘zbek tiliga birmuncha yaqin. Mas., oldingi bosqichlardagi d tovushi to‘la y tovushiga aylandi. Shart mayli qo‘shimchasi -sa ga aylanib bo‘ldi. Kelishiklar bugungi qiyofasini topdi. Ravishdosh va sifatdosh shakllari kengaydi. Harakat nomining -moqshakli iste’moli kengayib, -ishshakli faollashdi va boshqalar.

 

Eski turkiy til XI–XIV asrlarda amalda bo‘lgan. Bu tilda «Qutadg‘u bilig», «Hibatul haqoyiq», «Devonu lug‘otitturk», «O‘g‘uznoma», «Muhabbatnoma», «Qissasi Rabg‘uziy» kabi mashhur adabiy asarlar bitilgan.

Eski turkiy til XI–XIV asrlarda amalda bo‘lgan. Bu tilda «Qutadg‘u bilig», «Hibatul haqoyiq», «Devonu lug‘otitturk», «O‘g‘uznoma», «Muhabbatnoma», «Qissasi Rabg‘uziy» kabi mashhur adabiy asarlar bitilgan.

«O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»o‘zbek adabiy tilining me’yoriy lug‘atidan biri. Lug‘at X.Norxo‘jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan.

Lug‘atda so‘zlar quyidagicha tavsiflangan:

I. Har bir so‘zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan.

II. Lug‘atda so‘zlarning, asosan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan.

III. So‘zlarning ma’nolari bir-biridan arab raqamlari bilan ajratilgan, har bir ma’noga taaluqli ma’no nozikliklari esa shu ma’no ichida bir tik chiziqdan keyin berilgan. Masalan:

DODXOH (f-t) 1 Adolat talab etuvchi, adolat istovchi. 2 Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi lavozimli kishi. 3 Farg‘ona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa ba’zi amaldorlarni ulug‘lash uchun ishlatiladigan so‘z.

IV. Bosh so‘zlarning mustaqil ko‘chma ma’nolari arab raqamlari bilan ajratilgan va ko‘chma belgisi bilan ta’minlangan.

V. Lug‘atda ayrim so‘zlarning leksik ma’no kasb etgan grammatik shakllari (lek, ila, limu, badaliga kabi) ham berilgan turli leksikografik usullar bilan izohlangan.

Masalan:

MURABBA (a, murabba, III sh.brl. murabbai). Tomonlari teng to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, chorsi.

VI. Ayrim so‘zlarning boshqa so‘zlarga birikib qoshma so‘z yasash xususiyati ham alohida- alohida izohlab berilgan.

VII. Lug‘atda atash vazifali so‘zlarning, ayniqsa, ot, sifat va fe’llarning ma’nolarini ochishda tavsifiy izoh usullaridan keng foydalanilgan. Bu xildagi so‘z ma’nosi uning asosiy belgilari (mas., tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, qollanishi, vazifasi, ta’siri, xarakteri yuzaga kelish yo‘li, sababi va sh.k.) orqali ochib beriladi.

Masalan:

ABAD (a) Oxiri, poyoni yo‘q kelajak zamon, mangulik.

ABAJUR (r

VIII. Ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar, undoshlar, taqlidiy, tasviriy va modal so‘zlarni izohlashda tushuntirma izoh usulidan foydalanilgan.

Bunda mazkur so‘zlarning ma’nosi, vazifasi tushuntirilgan.

Masalan:

ORIY (f-t) Shundoq, rost, albatta.

IX. Ba’zi yasama so‘z ma’nolarini ochishda grammatik izoh usullaridan foydalanilgan. Bunda so‘zning ma’nosi shu so‘z havola qilingan so‘zning izohidan anglashiladi.

XI. Lug‘atda ma’nodoshlarning betaraf va faollari izohlangan, qolganlari esa ularga havola qilingan. Masalan:

JARROH (a) Xirurg.

XII. Ayrim hollarda, izohdan keyin, so‘z ma’nosini to‘laroq ochish, izohni to‘ldirish maqsadida izohlanuvchi so‘zning antonimidan ham foydalanilgan bo‘lishi kerak.

Masalan:

ZEHNIYAT (a)…

ZINDON (f-t)…

DAFTARNAVIS (grek +f-t)…

XIII. Ma’nodoshlar boshqa turdagi izohdan keyin ham ishlatilgan. Bunda ular izohni to‘ldirish, ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nolarini bir- biridan yaqqolroq faqlash uchun xizmat qiladi.

Masalan:

VALLOMAT Valine’mat. 1.Oqsoqol, boshliq, amaldor. 2. Sarboz, yigit. 3. Oz mehnati singmagan narsalarga, birovnikiga saxiylik, xo‘jayinlik qilaveradigan odam; errayim.

Lug‘at izohli lugatning bir ko‘rinishi.

 

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.