Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {vaysa} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: vay-sa-moq
Izoh(lar)i:
vaysa fl

1. E’tiborga loyiq bo‘lmagan, keraksiz, bema’ni gaplarni gapirmoq. Yuz-ko‘zini soqol bosgan mulozim eshkak eshar ekan, tinmay vaysardi. M. Osim, Karvon yo‘llarida
Xotinlar betinim vaysab o‘z uylariday, shovqinlab [koridordan] chiqib ketdilar. A. Muxtor, Opa-singillar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aldamoq , javramoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Vaysamoq – vaqillamoq – javramoq – to‘ng‘illamoq – ming‘illamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.