Lug‘atlar

So‘z tarkibi: mavjud emas.
So‘z bo‘g‘inlari: al-da-moq
Izoh(lar)i:
aldamoq [al-da-moq ]

1. Yolg‘on-yashiq gaplar, va’dalar bilan laqillatmoq, avramoq. Xalq xalq bo‘lib birovni aldagan emas, ammo xalqni aldaganlar bo‘lgan, ha, siz bizni aldamasangiz bo‘ldi, boy, biz sizni aldamaymiz. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. Yaxshi gap, va’da va shu kabilar bilan yo‘lga solmoq, ko‘ndirmoq. Kuyovning qayerda ekanini hech kim bilmaydi. Kelin uyga qamalib olgan — na yolvorganga ko‘nadi, na aldaganga. A. Qahhor, To‘y

3. Yo‘ldan urmoq, yo‘ldan ozdirmoq. [Xonzoda Jamilaga:] Ey tentak Yuzingni birov ko‘rgan bilan yeyilib qoladimi? Shunday qilib akamni aldaysan-da! Hamza, Boy ila xizmatchi

4. Yolg‘on gapirmoq, yolg‘onchilik qilmoq. — Rafiq, nayni kim chaldi? — Yo‘lchi akam. — A! Rostdanmi!Aldama. Oybek, Tanlangan asarlar

5. Noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirmoq, chalg‘itmoq. [Musa:] — Sen birovni ham aldama, o‘zingni ham aldama: mana bu yerda darding bor, — dedi-da uning ko‘kragiga asta urdi.— Mana bu yerda. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.