Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qora}
So‘z bo‘g‘inlari: qo-ra
Izoh(lar)i:
qora sf

1. zid. id. Rang-tusi mavjud ranglarning barchasidan to‘q; qozonkuya, ko‘mir tusidagi; oq. Qora qozon. Qora soch. Qora ko‘z. Qora siyoh. Mo‘ttixon bug‘doyrang, qora qosh ayol edi. S. Zunnunova, Olov
Chayla qamishlari allaqachon yonib bitib, yog‘ochlarigina qora ko‘mir bo‘lib, chars-chars qilib tutab yotardi. N. Fozilov, Diydor

2. 2. Shu tusga moyil to‘q rangli; qoramtir. Qora non. Qora gilos. Qora tuproq. Qora bulut. Nimqorong‘ida ruxsoridagi no‘xatdek qora xolini aniq ko‘rdi. S. Karomatov, Oltin qum
Qorani qora demanglar, Qoraning ori keladi. Qora mayiz yeganda, Qandday shirin keladi. Qo‘shiqlar
Mulla Obid bo‘lsa, aftiga qora balchiq sachratib, o‘zining mashhur ketmoni bilan ish ko‘radi. A. Qodiriy, Obid ketmon

3. 3. Is, qurum bosgan, qoraygan yoki oqlanmagan, pardozlanmagan. Qora uy. Dolonning o‘ng tarafidagi kichik qora hujrada Polvonning ota-onasi va bobolari umr kechirgan. J. Sharipov, Xorazm

4. zid. id. Qorong‘i; nursiz, ziyosiz; yorug‘. Bu kungi kech Otabek bilan Homidning hayot va mamot masalalarini o‘zining qora quchog‘iga olgan qorong‘i bir tun edi A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Demak, yuzimning bir tomoni kundek yorug‘-u, bir tomoni tundek qora ekan. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Uch qadrdon, uch opa-singil Zulmat quchgan qora o‘rmonda. X. Davron, Qaqnus

5. 5. Shaxmat, shashka kabi o‘yinlarda oqqa zid donalar va shu donalar bilan o‘ynovchi tomon. Qora bilan o‘ynamoq. Qoralar yutdi.

6. ot ot Qora yoki qoraga moyil narsa (kiyim, mato va shu kabilar). Bayroqlarga qora tutmoq (taqmoq), Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar Maqol
Keng qishloqni partizanning Motami qoplab oldi: Qora taqdi har bilak. A. Umariy

7. ot ot Biror narsaning uzoqdan yoki qorong‘idan ko‘zga tashlanuvchi aksi, ifodasi; sharpa. Oppoq qorda odamlarning qorasi yelib-yugurardi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Mashina yorug‘idan ham talvasaga tushib, oldinda chopib borayotgan jayron qorasiga ko‘zi tushib, yuragi hapriqib ketdi. M. Mansurov, Yombi
Ko‘p o‘tmay havo burchida azamat havo laynerining qorasi ko‘rindi. S. Ahmad, Jimjitlik

8. ot ot Mo‘ljalga olingan yoki olinadigan narsa, nishon; mo‘ljal. Qoraga olmoq. Birinchi otgan yoy qoradan bir quloch yuqori ketdi. Latifalar
Mergan bo‘lsang, o‘shal og‘ochni qoraga olib otg‘il. M. Osim, O‘tror

9. ko‘chma hma Umuman, salbiy belgini, sal-biy belgiga egalikni bildiradi; yomon. Qora niyat. Qora kuchlar. Kechirasiz, men shiringina bazmingizni qora xabar bilan muzlatib qo‘ydim. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Paranji qursin, meni shunday qora kunlarga soldi. Hamza, Paranji sirlari
Kalladan qora xayollarni quvish kerak, tushkunlik — eng yomon dushman. F. Musajonov, Himmat
Shu gap bilan boshqalar Qoldi yer chizib. Qora, shum tilaklari Har yonni kezib. G‘ayratiy

10. ot ko‘chma chma Noto‘g‘ri, yomon, yaramas narsa, ish. Aroqning o‘zi oq, qilmishi — qora. Qanotli so‘zlar
Gulnor endi man tortmadi. Sof nomusiga otilgan qorani butunlay yuvib tashlashga jazm qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
Akangizga qora yuqtirmaslik uchun O‘ktamni ham oqlayapsizmi endi? S. Zunnunova, Ko‘zlar

11. 11. Ba’zi so‘zlar bilan qo‘llanib, ular anglatgan narsaga xos belgi-holatning kuchli darajasini bildiradi. Qora sovuq. Qora qon yig‘latmoq. Qora qishda to‘y qilmay, Battar bo‘lgur nokas gov A. Oripov, Yillar armoni
Nima qiladi o‘zini qora qiynoqqa solib?! A. Muxtor, Tug‘ilish
Shundan keyin terlab-pishib, qora terga tushib ketdi. M. Mansurov, Yombi

12. ko‘chma esk. esk. Ma’lum miqdordagi yaxlit summa. Bir qora cho‘zsak, kifoya deb o‘ylayman, ozmi, ming so‘lkavoy. Oybek, Ulug‘ yo‘l

13. 13. Qora (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: beayb [f-t+a], oq
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Qoraqalpoq tiliturkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va no‘g‘ay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoq-no‘g‘ay guruhchasini tashkil qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qoraqalpog‘istonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozog‘iston va Turkmanistonning unga qo‘shni hududlarida, Rossiya, Afg‘onistonda tarqalgan. Qoraqalpoq tilida so‘zlashuvchilarning umumiy soni 425 ming kishidan oshadi (o‘tgan asrning 90-yillari ma’lumoti).

Qoraqalpoq tiliasosan, 2 ta: shimoli-sharqiy va janubi-g‘arbiy lahjaga bo‘linadi. Bu lahjalar fonetik xususiyati jihatidan o‘zaro farqlanadi. Adabiy qoraqalpoq tiliXX asrning 1- yarmida shimoliy-sharqiy lahja asosida shakllangan; ungacha qoraqalpoqlar eski o‘zbek tilidan foydalanishgan.

Fonetik xususiyati: unlilar ohangdoshligi (lab singarmonizmi) va undoshlar assimilyatsiyasi mavjud.

Leksik xususiyati: qoraqalpoq tilida boshqa turkiy tillarda bo‘lganidek, umumturkiy so‘zlardan tashqari, arab, fors, rus tillaridan o‘zlashgan so‘z ko‘p uchraydi.

 

1. ichi qora: yomon niyatli, boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rmaydigan

2. ichi qoralik qildi: yomon niyatli ish qildi

3. ko‘ngli qora: yomon niyatli, boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rmaydigan

4. ko‘nglini qora qildi: juda xafa qildi

5. ko‘z qorachig‘i: yakka-yu yagona va qadr-qiymati beqiyos yuksak

6. ko‘ziga oq-qora ko‘rinmaydi: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

7. ko‘zining oqu qorasi: yakka-yu yagona va qadr-qiymati biqiyos yuksak

8. ko‘zining qorachig‘i: yakka-yu yagona va qadr-qiymati beqiyos yuksak

9. oq bilan qorani ajratdi: yaxshini yomondan, foydani zarardan ajratdi

10. oqkaltak-qorakaltak bo‘lmoq: kim kim bilan to‘g‘ri kelgan narsa bilan qurollanib urishmoq; savalashmoq.

11. oq-qorani ajratdi: yaxshini yomondan, foydani zarardan ajratdi

12. oq-qorani tanidi: yaxshi-yomonni, foyda-zararni bildi

13. oq-qorani tushundi: yaxshi-yomonni, foyda-zararni bildi

14. qora po‘stakdan burga qidirmoq: kim Bajarilishi qiyin, mahol bo‘lgan ishga kirishmoq, hal bo‘lmaydigan ishga behuda vaqt sarflamoq.

15. qora terga botdi: haddan tashqari zo‘r berish natijasida mo‘l– ko‘l terladi

16. qora yurak: garazgo‘y, buzuq niyatli

17. qorasi o‘chdi: uzoqlashib, ko‘rinmay ketdi

18. qorasini ko‘rsatmaydi: kimningdir ko‘ziga hech ko‘rinmaydi

19. yuragi qora: garazgo‘y, buzuq niyatli

1. Bor – jo‘na – yo‘qol – yo‘qolib ket – daf bo‘l – qorangni o‘chir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgidagi salbiylikning ortib borishiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.