Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oq}
So‘z bo‘g‘inlari: oq
Izoh(lar)i:
oq fl

1. 1. Past tomonga qarab uzluksiz, surunkasiga harakat qilmoq, yurmoq (suyuqlik haqida). Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q. Maqol
Qonqus tun bo‘yi g‘azab bilan, alam bilan to‘lg‘anib oqdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Filatovning bir qo‘li qon oqayotgan yelkasida, ikkinchi qo‘li pulemyot lentasida, boshi quyi solingan edi. A. Qahhor, Oltin yulduz

2. 2. Tez-tez tommoq, birin-ketin yumalamoq (tomchilar haqida). [Qizning] Ko‘zlaridan oqqan tomchilar quyoshda injuday yonadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Oshno do‘stining ko‘zlaridan duv-duv yosh oqayotganini ko‘rdi, xo‘rlandi M. M. Do‘st, Lolazor

3. 3. Suv oqimi bilan birga siljimoq, suzmoq. Kelganlardan bir qismi soyning o‘rtasiga yetmasdan qaytishga majbur bo‘ldi. Ikki kishi oqib ketayozdi. A. Qahhor, Oltin yulduz

4. 4. Quyilib kelmoq; o‘tmoq. O‘tkazgichlardan elektr toki oqa boshladi.

5. ko‘chma hma Kelib, tushib turmoq. Konveyerlardan don oqadi. Xona ichiga quyoshning iliq yorqin ipagi jimgina oqdi. Oybek, Navoiy

6. 6. Jarayon tarzida, ko‘plashib biror tomonga yurmoq, o‘tmoq. Otliqlar Oqmachit qiri tomon oqib borardi. T. Ashurov, Oq ot
Ertalabdan boshlab qishloq aholisi maktab tomon oqdi. P. Tursun, O‘qituvchi

7. 7. To‘kilmoq, osilib tushmoq. Ikki atrofda paxtasining cho‘g‘i qochgan dalalar goh cho‘p bo‘lib g‘o‘zapoyasi qolgan, goh paxtasi egatlarga oqib tushgan paykallar bilan almashinadi. M. Mansurov, Yombi

8. ko‘chma hma O‘tmoq, kechmoq. Hayot bir maromda, bir izda oqa boshladi. S. Abduqahhor, Ko‘zlar
Yillar oqar yillarni yuvib, Taqdiriga tan berar havas. A. Sher, Qadimgi kuy

Antonim(lar)i: aybdor [a+f-t], aybli , qora
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. oq I Ot
farzandni la’natlash, undan voz kechish (oq qildi)

2. oq II Sifat
qor, sut rangidagi; begunoh

3. oq III Fe’l
suyuqlikning bir tomonga qarab yo‘nalishi; oqib chiqmoq

4. oq IV Ot
Oq rangli jism

5. oq V Yuklama
Ikkinchi harakatning birinchi harakatga tezda ulanib ketishini ifodalaydi.

Paronimi: mavjud emas.

Ishoqxon Ibrat – ma’rifatparvar shoir, atoqli tilshunos, o‘zbek tili grafikasi, leksikografiyasi tadqiqida munosib hissa qo‘shgan yetuk olim. 1862- yili Toshkentda tavallud topgan.O‘zbek xalqining sharq va g‘arb tillarini o‘rganishini osonlashtirish yo‘lida tinmay izlanishlar olib bordi. Arab, fors, hind, turk, o‘zbek, rus tillaridagi so‘zlarni o‘z ichiga olgan olti tilli «Lug‘ati sitta al-sina» (1901) lug‘atini yaratib, ko‘p tilli lug‘atlar tuzishda ilk qadamni qo‘yib berdi. Lug‘at mingdan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan, unda o‘zbekcha so‘zlarning qarshisida arab, rus, fors, turk va hindcha tarjimasi berilgan.

Ishoqxon Ibrat tilshunoslikning murakkab sohasidan biri – yozuv tarixi bilan shug‘ullandi. Uning piktografik yozuvdan to shu kungacha ishlatilgan yozuvlar tarixiga bag‘ishlangan «Jome’-ul xutut» (Yozuvlar majmuasi) asari o‘zbek grafikasining muhim yutug‘i. Ushbu asarda muallif nafaqat o‘zbek yozuvi, balki eramizdan 2000 yil ilgari finikiya xalqlari tomonidan vujudga keltirilgan yozuv yodgorliklari, Kipr orolidan topilgan yozuv qoldiqlari, yahudiy, arab, suriya yozuvlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltiradi.

  1932- yilda vafot etgan.

 

«Kitobu-l-lug‘at al-mushtoq fi lug‘ati-t-turk val-qafchoq»mashhur tilshunos Jamoliddin Muhammad Abdulloh Turkiyning lingvistik asari. Asarning Abu Bahr ismli kishi tomonidan 855- yilda ko‘chirilganligi asosida uning XIV–XV asrda yaratilganligi haqida xulosa qilish mumkin. “Kitobul lug‘at al-mushtoq fi lug‘at-it turk val-qafchoq” birgina nusxaga ega, Parij Milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Olimlar asar Suriyada yaratilgan deb taxmin qilishadi.

Qo‘lyozma 4 bobdan iborat, ularning har qaysisi fasllarga ajratilgan. Birinchi bobi tangrining ismi va fazoda unga tobe bo‘lgan mavjudotlarga hamda diniy atamalarga bag‘ishlangan. Mas., tangri, yalavach, farishta, quyosh, yulduz, oy. Ikkinchi bobi yer, uning osti va ustidagi narsalar izohiga bag‘ishlangan, bir qancha ichki guruhga ajratilgan.

Asarning uchinchi bobida payt va o‘rin ravishlari, kishilik va so‘roq olmoshi, ko‘makchilar, hafta kunlari, yil fasllari haqida so‘z boradi. To‘rtinchi bob esa fe’l haqida.

Arab, fors, turk, mo‘g‘ul tillari qiyosiga bag‘ishlangan bu asar turkiy tillar taraqqiyotini o‘rganishda qimmatli manba.

Qipchoq lahjasiga mansub shevalar O‘zbekistonning barcha viloyatida mavjud, asosan qishloqda tarqalgan (Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Shimoliy Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevasi). Belgisi:

y o‘rnida j ishlatiladi: yo‘l – jo‘l, yo‘q – jo‘q;

g‘ o‘rnida v ishlatiladi: tog‘ – tov, sog‘ – sov;

– k, qtushuriladi:eshi(k), sari(q), quru(q).

Qoraqalpoq tiliturkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va no‘g‘ay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoq-no‘g‘ay guruhchasini tashkil qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qoraqalpog‘istonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozog‘iston va Turkmanistonning unga qo‘shni hududlarida, Rossiya, Afg‘onistonda tarqalgan. Qoraqalpoq tilida so‘zlashuvchilarning umumiy soni 425 ming kishidan oshadi (o‘tgan asrning 90-yillari ma’lumoti).

Qoraqalpoq tiliasosan, 2 ta: shimoli-sharqiy va janubi-g‘arbiy lahjaga bo‘linadi. Bu lahjalar fonetik xususiyati jihatidan o‘zaro farqlanadi. Adabiy qoraqalpoq tiliXX asrning 1- yarmida shimoliy-sharqiy lahja asosida shakllangan; ungacha qoraqalpoqlar eski o‘zbek tilidan foydalanishgan.

Fonetik xususiyati: unlilar ohangdoshligi (lab singarmonizmi) va undoshlar assimilyatsiyasi mavjud.

Leksik xususiyati: qoraqalpoq tilida boshqa turkiy tillarda bo‘lganidek, umumturkiy so‘zlardan tashqari, arab, fors, rus tillaridan o‘zlashgan so‘z ko‘p uchraydi.

 

Qozoq tiliturkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub; qoraqalpoq va no‘g‘ay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoq-no‘g‘ay guruhchasini tashkil qiladi. Qozog‘iston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qozog‘iston, Xitoy, O‘zbekiston, Rossiya, Mongoliya, shuningdek, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Qozoq tilidaso‘zlashuvchilarning umumiy soni 9.5 milliondan oshadi (o‘tgan asrning 90-yillari ma’lumoti).

Qozoq tilining dialektik bo‘linishi haqida aniq bir fikr yo‘q. Manbalarda 2 ta, ba’zan 3 ta lahjasi borligi aytiladi. Lahjalar leksik tarkibi va fonetik xususiyati jihatidan o‘zaro farqlanadi.

Fonetik xususiyati: 9 unli fonemaga ega, unlilar ohangdoshligi (lab singarmonizmi) va undoshlar assimilyatsiyasi mavjud, urg‘u dinamik xususiyatga ega. Bo‘g‘inlar ochiq yopiq va yarim yopiq turlarga bo‘linadi.

Morfologik xususiyati: otlar kelishiklar bilan turlanadi, ot yasalishida affiksatsiya va kompozitsiya usullari mavjud bo‘lsa, sifatlar leksik-semantik, morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi. Son va olmosh farqli belgilarga ega emas. Fe’llar morfologik tuzilishiga ko‘ra tub va yasama fe’llarga bo‘linadi. 4 mayl (aniqlik, buyruq, istak, shart), 3 zamon (o‘tgan, hoz., kelasi) farqlanadi. Ravishlar asliy va nisbiy turlarga bo‘linadi. Yordamchi so‘zlar umumturkiy xususiyatga ega.

Sintaktik xususiyati: 4 xil sintaktik aloqa turi (moslashuv, munosabatlashuv, boshqaruv, bitishuv), 4 xil gap turi (darak, so‘roq, buyruq, undov) farqlanadi. Gap haqidagi ta’limot umumturkiy xususiyatga ega. Qo‘shma gaplar bog‘lovchisiz va bog‘lovchili turlarga bo‘linadi.

Leksik xususiyati: qozoq tilileksikasi o‘z qatlamini qad. turkiy tillardan semantik va struktur-morfologik o‘zgarishlarga uchrab o‘tgan umumturkiy qatlam tashkil qiladi, shuningdek, unda arab, fors, mo‘g‘ul, o‘zbek, tatar, rus va xitoy tillaridan o‘zlashgan so‘zlar uchraydi.

1. «berdi»sini aytguncha urib o‘ldirmoq: gapirib bo‘lguncha kutmay (chidamay) biror narsa dedi

2. «bo‘rk ol» desa, bosh olmoq: biror ishni lozim bo‘lganidan ham qo‘pol qilib bajardi

3. «churq» etmoq: hech narsa demaydi, e’tiroz qilmaydi

4. «do‘ppi ol» desa, bosh olmoq: biror ishni lozim bo‘lganidan ham qo‘pol qilib bajardi

5. achchig‘i kelmoq: achchig‘i kelmoq

6. adabini bermoq: qilmishiga yarasha jazoladi

7. adam aylamoq: Yo‘qotmoq, yo‘q qilmoq

8. adoyi tamom bo‘lmoq: Ado bo‘lmoq

9. afsona bo‘lmoq: el-xalqqa gap-so‘z bo‘lmoq, elga doston bo‘lmoq

10. afsus qilmoq: pushaymon bo‘lmoq, afsuslanmoq

11. afv etmoq: kechirmoq, uzrni qabul qilmoq, gunohidan o‘tmoq

12. afv qilmoq: kechirmoq, uzrni qabul qilmoq, gunohidan o‘tmoq

13. ahamiyat bermoq: zarur, foydali deb qarab diqqat qildi

14. ahd qilishmoq: ayn. ahdlashmoq

15. ajab bo‘lmoq: juda yaxshi bo‘ldi, ko‘ngildagiday bo‘ldi (biror kimsa qilmishiga yarasha jazo olganda aytiladigan ibora)

16. ajina chalmoq: Jin tegib, aqldan ozdirmoq

17. aks etmoq: 1.silliq, yarqiroq sathda (tasviri) ko‘rinmoq 2.qaytmoq (mas., aks sado haqida); 3.ko‘rinmoq, namoyon bo‘lmoq (ichki his-tuyg‘u, kayfiyat va sh.k. haqida) 4.o‘z ifodasini topmoq

18. aksiga olmoq: 1.xohish-istakka yoki buyruqqa qarshi ish tutmoq, kesma-kesarlik qilmoq; 2.xohish-istakka qarshi yuz bermoq

19. aksiga yurmoq: 1.xohish-istakka yoki buyruqqa qarshi ish tutmoq, kesma-kesarlik qilmoq; 2.xohish-istakka qarshi yuz bermoq

20. aksini topmoq: 1.silliq, yarqiroq sathda (tasviri) ko‘rinmoq 2.qaytmoq (mas., aks sado haqida); 3.ko‘rinmoq, namoyon bo‘lmoq (ichki his-tuyg‘u, kayfiyat va sh.k. haqida) 4.o‘z ifodasini topmoq

21. alam chekmoq: juda qiynaldi

22. alg‘ov – dalg‘ov ishlamoq: 1.O‘zaro yordamlashib, yerlarini ishlamoq 2.Tinchliksiz, besaranjomlik, g‘ulg‘ula, g‘alayon, to‘s-to‘polon

23. almisoqdan qolgan: juda eski, qadimgi

24. amalga oshmoq: voqelikka aylandi

25. amr etmoq: Buyruq bermoq, buyurmoq

26. amr qilmoq: buyruq bermoq, buyurmoq

27. andarmon bo‘lmoq: biror mashg‘ulot, ish va sh.k ga berilmoq, qiziqib ketmoq

28. apoq-chapoqlashmoq: inoqlashmoq, apoq-chapoq bo‘lib ketmoq

29. aqlni eltmoq: aqlni (es-hushni) olmoq

30. aravani quruq olib qochmoq: aravani quruq olib qochmoq

31. armon qilmoq: amalga oshmagan orzu-niyatdan afsuslanmoq

32. aro bermoq: ko‘rinishini ko‘rkam, chiroyli qildi

33. arosatda qolmoq: na u yoqli va na bu yoqli bo‘lmay, aro yo‘lda qolmoq; qilar ishidan yanglishib, gangib qolmoq

34. arra qilmoq: teng bo‘lishib olmoq

35. arsh qilmoq: Kayf-safo qilmoq, aysh-ishrat qilmoq.

36. asakasi ketmoq: kam bo‘lib qolmaydi.

37. asar qilmoq: 1.ta’sirini o‘tkazmoq. 2.ta’sir qilmoq

38. asfalasofilin bo‘lmoq: 1.chuqurlikka, jarlikka tushib ketmoq; 2.ko‘chma halok bo‘lmoq, halokatga uchramoq

39. asfalasofilinga ketmoq: 1.chuqurlikka, jarlikka tushib ketmoq; 2.ko‘chma halok bo‘lmoq, halokatga uchramoq

40. avra-astarini ag‘dardi, avra-astarini qoqdi, avra-astari so‘kildi, avra-astari qoqildi: barcha kirdikorlarini ochib tashladi

41. ayb qilmoq: 1.Ayb sodir etmoq, aybli ish qilmoq. 2.Huq. Qonunga xilof xatti-harakat; jinoyatga tortishning zarur sharti 3 Kishi uyalganidan, xijolat tortadigan xatti-harakat; uyatli ish, uyat

42. aytgan joyidan kesmoq: Aytganini, albatta, amalga oshirtiradi, aytganini bajartiradi.

43. ayuhannos qilmoq: Baqiriq-chaqiriq, dod-faryod bilan boshiga ko‘tarmoq.

44. aza ochmoq: aytib yig‘lash bilan motam marosimini boshlamoq

45. aza tutmoq: azali holatda bo‘lmoq

46. azavozlik qilmoq: Ortiqcha (bekorga) yig‘i-sig‘i qilmoq, ko‘z yoshi to‘kmoq

47. azimat etmoq: jazm qilmoq

48. azimat qilmoq: jazm qilmoq

49. aziyat chekmoq: 1.azoblanmoq 2. zararli ta’sir, zarar-zahmat

50. aziyat tortmoq: 1.azoblanmoq 2. zararli ta’sir, zarar-zahmat

51. aziyat yetkazmoq: 1.shikast yetkazmoq 2.xafa qilmoq, ranjitmoq.

52. azm qilmoq: 1.qaror qilmoq, otlanmoq 2.jazm qilmoq, botinmoq.

53. azmoyish olmoq: 1.sinash-bilish harakatida bo‘lmoq. 2.sir-sinoatini bilib olmoq.

54. azmoyishini olmoq: 1.sinash-bilish harakatida bo‘lmoq. 2.sir-sinoatini bilib olmoq.

55. azob bermoq: qiynamoq, qiynoqqa solmoq

56. bad olmoq: Shubhalanmoq, Shubha qilmoq, hadiksiramoq

57. bad yemoq: Shubhalanmoq, Shubha qilmoq, hadiksiramoq

58. bag‘ri teshilmoq: bag‘ri qon bo‘lmoq, qattiq g‘am yoki azob chekmoq.

59. bag‘riga bosmoq: bag‘riga olmoq

60. bag‘rini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.

61. balo urmoq: biron-bir shikast yemoq, yomonlikka uchramoq.

62. bandalik qilmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq

63. bandalikni bajo keltirmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq

64. bandalikni topshirmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq.

65. barakasi ketmoq: serobligi yo‘qoldi, mo‘lligi barxam topdi.

66. baravar kelmoq: 1.turli ko‘rsatkich va belgilariga ko‘ra bir xil chiqmoq; 2.muvozanatga kelmoq, tenglashmoq. 3.ko‘chma biror harakatda (janjalda, munozarada, kurashda) teng kelmoq, bas kelmoq. 4.«teng, bir xil» ma’nolaridagi kesim vazifasida.

67. baxti kulmoq: baxtiyor hayotga, xushnud onlarga erishmoq; baxtli, baxtiyor bo‘lmoq

68. baxti ochilmoq: baxtiyor hayotga, xushnud onlarga erishmoq; baxtli, baxtiyor bo‘lmoq

69. baxtini bog‘lamoq: baxtsiz qilmoq, baxtiga to‘siq bo‘lmoq.

70. bay ochmoq: birinchi xaridorga mol sotib, savdoni boshlamoq

71. befarq qaramoq: e’tiborsizlik, be-parvolik bilan qaramoq, loqayd bo‘lmoq.

72. begona qilmoq: 1.o‘zidan uzoqlashtirmoq, yot kishilar qatoriga o‘tkazmoq; 2.ko‘chma chetga ketkizmoq. birovning qo‘liga, ixtiyoriga o‘tkazib yubormoq

73. behush qilmoq: 1.hushidan ketkizmoq, uxlatib qo‘ymoq (mas, dori berib) 2.ko‘chma es-hushini olib qo‘ymoq; boshini aylantirmoq

74. bekor aytmoq: chakki aytibsiz, aytmasangiz ham bo‘lardi

75. bekor bo‘lmoq: 1.amal-vazifadan tushmoq; ishdan bo‘shamoq; 2.kuchini yo‘qotmoq 3.yaramaydigan, arzimaydigan, foydasiz bo‘lib qolmoq

76. bekor qilmoq: 1.amal-vazifadan tushmoq; ishdan bo‘shamoq; 2.kuchini yo‘qotmoq 3.yaramaydigan, arzimaydigan, foydasiz bo‘lib qolmoq

77. berdisini aytmoq: oxirini gapirdi

78. beri qaramoq: tuzalish, yaxshilanish tomoniga o‘tmoq, yaxshilanmoq (bemorning ahvoli haqida).

79. besh ketmoq: 1.pirra (karta) o‘yinida besh ochko olmoq; 2.gapni yoki ishni o‘rinlatib bajaruvchi odamga tan bermoq, qoyil qolmoq

80. bet bo‘lmoq: yuzma-yuz bo‘lmoq, ro‘para kelmoq, uchrashmoq.

81. bilarmonlik qilmoq: o‘zini bilimdon fahmlab ish tutmoq, bilar-bilmas ish| qilmoq, gapga aralashib ketmoq

82. bilmaslikka olmoq: o‘zini bexabardek qilib ko‘rsatmoq, bilmaganday bo‘lmoq, o‘zini bexabardek tutmoq.

83. bir burda bo‘lib qolmoq: ozib-to‘zib, jussasi kichrayib, ojiz bo‘lib qolmoq.

84. bir qorindan talashib tushmoq: bir onadan tug‘ilgan

85. bir yoqadan bosh chiqardi: hamjihat bo‘ldi, yakdil bo‘ldi

86. bir yoqda tursin: zidlash ma’nosini anglatib, bog‘lovchi vazifasida keladi

87. bir yoqli bo‘ldi: hal bo‘ldi, ajrim bo‘ldi, tugadi

88. bo‘sh ketmoq: bekor ketmoq, zoye bo‘lmoq

89. bo‘taday bo‘zlamoq: zor-zor yig‘lamoq

90. bo‘ynidan soqit qildi: o‘zini javobgarlikdan xoli qildi

91. bo‘yniga arqon solmoq: bajbur qilmoq

92. bo‘yniga osilmoq: birovga xiralik qilib yopishib olmoq.

93. bo‘zarib turmoq: serrayib, qaqqayib turmoq; qimirlamay turmoq

94. bosgan yerini quritmoq: borgan yerida hech narsa qoldirmay yuq qilmoq, yeb-ichib, talab bitirmoq.

95. bosh tovlamoq: bosh to‘lg‘amoq, bosh tortmoq

96. bosh urib kelmoq: najot izlab, panoh istab kelmoq.

97. boshdan oyoq: to‘la-to‘kis, bus-butun

98. boshga qo‘ndirmoq: kiymoq

99. boshi oqqan tomon: duch kelgan taraf

100. boshini qayoqqa urishini bilmadi: ilojini topa olmadi

101. boshvoq solmoq: bo‘ysundirmoq, jilovlamoq

102. bosib o‘tmoq: 1.ma’lum masofa yo‘l yurmoq. 2.kesib o‘tmoq, ustidan yoki yonidan o‘tib ketmoq.

103. bu dunyo bilan xayrlashmoq: vafot etmoq, o‘lmoq

104. burnidan buloq bo‘lmoq: burnidan chiqdi, tatimadi, zoye ketdi.

105. burnini suqmoq: 1) kirmoq 2) aralashmoq

106. burnini tiqmoq: aralashmoq

107. chakagi tushmoq: Gapira-gapira charchamoq; biror gapni ko‘p ta’kidlamoq. chakagi tushmoq

108. chakak urmoq: Gapira-gapira charchamoq; biror gapni ko‘p ta’kidlamoq. chakagi tushmoq

109. chalpak bo‘lmoq: Yiqilib uzala tushmoq, chalqan-chasiga yiqilmoq:; chalqancha yotmoq.

110. chalpak qilmoq: Ikkala qo‘l va oyog‘idan ushlab cho‘ziltirib ko‘tarmoq.

111. chang bosmoq: Qalin chang bilan qoplanmoq (uzoq vaqt ishlatilmay yotgan narsa haqida).

112. chang chiqarmoq: Bekorga g‘alva yoki shov-shuv ko‘tarmoq.

113. chang ko‘tarmoq: Bekorga g‘alva yoki shov-shuv ko‘tarmoq.

114. chap ko‘z bilan qaramoq: Boshqalarga nisbatan kamsitib, e’tiborsiz qaramoq.

115. chapaqay jahli chiqmoq: Astoydil jahli chiqmoq, g‘azabi oshmoq, g‘azabiga olmoq.

116. chaparasta qilmoq: Ostin-ustin qilmoq, astar-paxtasini chiqarmoq.

117. chaqa qilmoq: Sotmoq, pullamoq.

118. chaqchaq urmoq: 1. baland, yoqimli ovoz chiqarib. 2. xushchaqchaq, xursand bo‘lib.

119. da’vat qilmoq: biror ishga, marosimga chaqirmoq, taklif qilmoq

120. daf bo‘lmoq: yo‘q bo‘lmoq, yo‘qolmoq; bartaraf bo‘lmoq.

121. darxon etmoq: muayyan ish, mansab yoki jismoniy mehnatdan ozod qilmoq; bo‘shatmoq

122. darxon qilmoq: muayyan ish, mansab yoki jismoniy mehnatdan ozod qilmoq; bo‘shatmoq

123. darz ketmoq: biror kuch, harakat ta’sirida putur yetmoq, zarbaga uchramoq, buzilmoq.

124. dastasini o‘zidan chiqarmoq: sopini o‘zidan chiqarmoq q. Sop. kim nimani Yonidan mablag‘ yoki kuch sarf qilmay, boshqalar hisobiga ish bitirmoq.

125. dastmoyasidan ayrilmoq: 1.sinmoq, bankrotlikka uchramoq. 2.bisotdagi, peshonadagi bor-yo‘q narsa.

126. davra olmoq: doira shaklida tizilmoq; qurshov olib o‘tirmoq

127. davra qurmoq: doira shaklida tizilmoq; qurshov olib o‘tirmoq

128. davra yasamoq: doira shaklida tizilmoq; qurshov olib o‘tirmoq

129. devor bo‘lib qolmoq: qo‘rqinch yoki hayratdan rangi oqarib, serrayib turmoq.

130. devorga taqamoq: shoshirib, gangitib qo‘ymoq; taslim bo‘lishga majbur qilmoq.

131. didiga o‘tirmoq: ma’qul kelmoq.

132. dili bo‘lmoq: kimning dili qorong‘i bo‘lmoq, qattiq xafa bo‘lmoq, ranjimoq.

133. diqqat bo‘lmoq: bo‘g‘ilmoq, siqilmoq; zerikmoq.

134. diqqati oshmoq: bo‘g‘ilmoq, siqilmoq; zerikmoq.

135. diqqinafas bo‘lmoq: Ko‘chma. Yuragi siqilib asabiylanmoq; bo‘g‘ilmoq; xunob bo‘lmoq, xunobi oshmoq; zerikmoq

136. e’tibor qozonmoq: obro‘-hurmatga ega bo‘lmoq, yaxshi nom chiqarmoq.

137. e’tibor topmoq: obro‘-hurmatga ega bo‘lmoq, yaxshi nom chiqarmoq.

138. e’tiqod qo‘ymoq: e’tiqod bilan munosabatda

139. ermak qilmoq: 1.ermak uchun biror narsa bilan mashg‘ul bo‘lmoq 2.masxara qilmoq, ustidan kulmoq, kulgi qilmoq

140. etagi ochilmoq: siri ochilmoq, biror aybi, kamchiligi ma’lum bo‘lib qolmoq

141. etagini o‘pmoq: mute bo‘lmoq, aytganini qiladigan holda bo‘ysunmoq.

142. etak silkimoq: butunlay umid uzmoq, kechmoq

143. farishtasi qochmoq: fayzsiz, ko‘rimsiz bo‘lib qolmoq; qut-barakasi yo‘qolmoq.

144. faryod chekmoq: chuqur qayg‘urib, iztirob bilan yig‘lamoq; oh tortmoq.

145. gah desa qo‘lga qo‘nadigan qilib olmoq.: birovni o‘ziga bo‘ysundirib, so‘zini ikki qilmaydigan qilib olmoq

146. gap bilan chalmoq: gap bilan uzib olmoq.

147. gapga to‘n kiygizmoq: gapni juda boplab, qoyilmaqom qilib gapirmoq.

148. gapi og‘zida qolmoq: Muayyan sharoit, ruhiy holat ta’sirida o‘z fikrini ayta olmay qolmoq, gapirolmay qolmoq/ Biror sabab bilan so‘zlayotgan vaqtida to‘xtab qolmoq; gapi uzilmoq

149. gapi, so‘zi bo‘g‘ziga tiqilmoq: Muayyan sharoit, ruhiy holat ta’sirida o‘z fikrini ayta olmay qolmoq, gapirolmay qolmoq/ Biror sabab bilan so‘zlayotgan vaqtida to‘xtab qolmoq; gapi uzilmoq

150. gapni kalta qilmoq: gapni cho‘zmaslik.

151. gardanidan soqit qildi: o‘zini javobgarlikdan xoli qildi

152. gina qilmoq: biror kishiga nisbatan dilda xafalik, kek saqlamoq; ko‘ngildagi xafalikni izhor qilmoq.

153. giriftor bo‘lmoq: 1.uchramoq, yo‘liqmoq, duchor bo‘lmoq 2.maftun bo‘lmoq.

154. go‘riga g‘isht qalamoq: go‘r

155. gumon qilmoq: 1.shubha qilmoq, shubhalanmoq 2.taxmin qilmoq, ..deb o‘ylamoq

156. gunohini yuvmoq: O‘zini oqlab, ayb, gunoh, kamchiliklardan forig‘ bo‘lmoq. Ezgu ish, yaxshilik, ibratli xatti-harakat va sh.k. bilan o‘zini oqlamoq; gunohidan xoli bo‘ladigan ish qilmoq

157. hafsala qilmoq: hafsala bilan kirishmoq, diqqat, e’tibor qaratmoq.

158. hamiyatiga tegmoq: hamiyat

159. har xil xayolga bormoq: 1.shubhalanmoq, yomon fikrga bormoq. 2.biror narsadan tashvishlanmoq; xavotir olmoq.

160. havoga sovurmoq: bekorga, foydasiz ketkazmoq, sarflamoq.

161. hayrat barmog‘ini tishlamoq: nihoyat darajada hayron bo‘lmoq; hayratda qolmoq.

162. hojatini ravo qilmoq: kim kimning Hojatini chiqarmoq, tilagini amalga oshirmoq.

163. ichi qaynamoq: diqqati oshmoq, asabi qo‘zg‘amoq.

164. ichi to‘lmoq: to‘liqmoq, diqqinafas bo‘lmoq, diqqati oshmoq.

165. ichi yalanmoq: ichi sidirilmoq, ochqamoq.

166. idora etmoq: 1.boshqarmoq, rahbarlik qilmoq 2.bosh bo‘lib, belgili tartibda olib bormoq; amalga oshirmoq

167. idora qilmoq: 1.boshqarmoq, rahbarlik qilmoq 2.bosh bo‘lib, belgili tartibda olib bormoq; amalga oshirmoq

168. iftixor qilmoq: faxrlanmoq

169. ig‘vo qilmoq: orada ig‘voli gap-so‘z yuritmoq (qo‘zg‘amoq).

170. ig‘vo solmoq: orada ig‘voli gap-so‘z yuritmoq (qo‘zg‘amoq).

171. ikki o‘t o‘rtasida qolmoq: birini deb, boshqasidan kechib bo‘lmaydigan, kechish qiyin holatga tushmoq.

172. ikki o‘t orasida qolmoq: birini deb, boshqasidan kechib bo‘lmaydigan, kechish qiyin holatga tushmoq.

173. ikki yamlab, bir yutmoq: chaynamay yutib yubormoq, yo‘q qilib yubormoq.

174. ilgari bosmoq: yaxshi tomonga o‘zgarmoq, yurishib ketmoq.

175. iltijo qilmoq: yolvorib (sig‘inib) so‘ramoq

176. in’om etmoq: tortiq, sovg‘a va sh.k. bermoq..

177. in’om qilmoq: tortiq, sovg‘a va sh.k. bermoq..

178. insof bermoq: insofga keltirmoq, insofli qilmoq

179. ish o‘ngidan kelmoq: ish ko‘ngildagidek bo‘lmoq, yurishmoq.

180. isloh qilmoq: o‘zgartish kiritmoq, yangilamoq

181. issiq o‘rnini sovitmoq: mavjud qulay, yaxshi sharoit imkoniyatidan, joyidan kechmoq, uni tashlamoq.

182. iste’fo bermoq: mansab-vazifasidan ketmoq, ketish haqida murojaat etmoq.

183. istihola qilmoq: shunday hisni tuymoq.

184. istihola tortmoq: shunday hisni tuymoq.

185. ixtiyor etmoq: xohlamoq

186. ixtiyor qilmoq: xohlamoq

187. jaddiga toymoq: kimsaning qilmishi uchun aybdor bo‘lib qolmoq, javob bermoq.

188. javob tegmoq: ruxsat berilmoq, javob bo‘lmoq

189. jigari suv bo‘lmoq: qiynalmoq, azob chekmoq.

190. jilo bermoq: 1.jilolamoq, sayqallab, pardoz berib yaltiratmoq. 2.husn, ko‘rk bermoq. 3.yaltiramoq, yarqiramoq, jilva qilmoq, tovlanmoq.

191. jiniga yoqmaydi: ta’biga to‘g‘ri kelmaydi

192. jon chekmoq: astoydil, jonini jabborga berib ishlamoq, harakat qilmoq.

193. jon taslim qilmoq: jon bermoq. joni uzilmoq; o‘lmoq.

194. jon teriga tushmoq: 1.qattiq tirishmoq, bor kuchini sarflamoq. Jon teriga tushib ishlamoq; 2.qattiq azoblanmoq, azobning, og‘riqning zo‘rligidan majolsizlanmoq, holdan toymoq.

195. kalaka bo‘lmoq: masxara, mazax bo‘lmoq, mayna bo‘lmoq

196. kasriga qolmoq: kasri tufayli yomon oqibat (holat)ga duchor bo‘lmoq.

197. kechirmoq: 1)o‘z hayotida ko‘rdi 2)ma’lum bir muddat fikrladi

198. kiprik qoqmaslik: sira uxlamaslik

199. ko‘kka ko‘tarmoq: ko‘kka ko‘tarmoq

200. ko‘ksiga bosmoq: bag‘riga olmoq

201. ko‘ksini qalqon qilmoq: jonini ham ayamay qo‘riqlamoq, ko‘ksini tutib himoya qilmoq, daf etmoq.

202. ko‘ksini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.

203. ko‘lanka tashlamoq: soya tashlamoq

204. ko‘ngli oq: yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan

205. ko‘ngli yumshoq: ko‘ngilchan, rahmdil

206. ko‘rpasiga qarab oyoq uzatdi: imkoniyatini hisobga olib ish tutdi

207. ko‘zdan qochmoq: e’tibordan chetda qolmoq

208. ko‘zi qinidan chiqmoq: ko‘zi olayib ketmoq, ko‘zi ola-kula bo‘lmoq.

209. ko‘ziga oq-qora ko‘rinmaydi: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

210. ko‘zining oqu qorasi: yakka-yu yagona va qadr-qiymati biqiyos yuksak

211. ko‘zlaridan qon tommoq: O‘ta g‘azabli holatni qayd etadi.

212. kuragini yerga tegizmoq: kurashda, bellashuvda yengmoq, g‘alaba qilmoq.

213. lol bo‘lmoq: 1.tili tutilib, gapirolmay qolmoq 2.biror narsa aytolmay, taajjub, hayron holda qolmoq.

214. lol qolmoq: 1.tili tutilib, gapirolmay qolmoq 2.biror narsa aytolmay, taajjub, hayron holda qolmoq.

215. maftun etmoq: ishq-sevgi, zavq-havas tuyg‘usi bilan o‘ziga jalb etmoq, mahliyo qilmoq.

216. maftun qilmoq: ishq-sevgi, zavq-havas tuyg‘usi bilan o‘ziga jalb etmoq, mahliyo qilmoq.

217. makon tutmoq: Biron hudud yoki joyni yashash joyi (vatan) qilib olmoq

218. maydonga kelmoq: yuzaga kelmoq, paydo bo‘lmoq, tug‘ilmoq

219. mehri tovlanmoq: mehri uyg‘onmoq, qo‘zg‘almoq.

220. mijja qoqdi: mizg‘idi

221. mijja qoqmadi: sira uxlamadi

222. miyasiga qurt tushmoq: miyasi aynimoq

223. miyasini qoqib, qo‘liga berdi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi

224. mo‘ljal qilmoq: mo‘ljallamoq

225. mo‘ljalga olmoq: mo‘ljallamoq

226. mot bo‘lmoq: 1.mot holatga tushmoq; yutqizmoq. 2.munozara, bahs va sh.k. bellashuvlarda yengilmoq, mulzam holatga tushmoq

227. mot qilmoq: 1.mot holatga tushmoq; yutqizmoq. 2.munozara, bahs va sh.k. bellashuvlarda yengilmoq, mulzam holatga tushmoq

228. motam tutmoq: motam holatida bo‘lmoq, shunday holatni kechirmoq.

229. mudroq bosmoq: mudroq holat qo‘zgalmoq, kuchaymoq

230. muhayyo qilmoq: tayyor holga keltirmoq.

231. murosa qilmoq: kelishuvli yo‘l tutmoq, murosa yo‘lini tutmoq

232. nafasi chiqmoq: hech narsa demadi, indamadi

233. nafasi halqumiga tiqilmoq.: nafas olishi og‘irlashmoq (ma’lum sabab ta’sirida).

234. nafasi o‘chmoq: ovozi chiqmay qolmoq, jim qolmoq.

235. nafasi tiqilmoq: nafas olishi og‘irlashmoq (ma’lum sabab ta’sirida).

236. nafsi hakalak otmoq: kimning Mazaxo‘rakka o‘rganib, nafsini tiyolmaydi.

237. nafsi orom olmoq: kimning Nafsi qondi.

238. nasha qilmoq: kimga nima Qattiq ta’sir etmoq, taajjubga solmoq; ayil botmoq.

239. nishabini o‘ziga og‘dirmoq: kim kimning foydani, tushumni o‘z tomoniga qaratmoq.

240. nishabini o‘ziga to‘g‘irlamoq: kim kimning foydani, tushumni o‘z tomoniga qaratmoq.

241. nola chekmoq: chuqur qayg‘urib, iztirob bilan yig‘lamoq; oh tortmoq.

242. non-namak bo‘lmoq: kim kim bilan suhbatda bo‘lmoq, birgalikda ovqatlanmoq; biror o‘tirishda, mehmonda birga bo‘lmoq.

243. non-qatiq bo‘lmoq: kim kim bilan ayn. osh-qatiq bo‘lmoq q. osh-qatiq.

244. o‘pkasi shishmoq: q. shishmoq.

245. o‘sal bo‘lmoq: Og‘irlashib qolmoq, o‘lim oldida yotmoq.

246. o‘z gazi bilan o‘lchamoq: Biror ishga, hodisaga o‘zicha, o‘z nuqtayi nazari bilan baho bermoq.

247. o‘zini bosmoq: O‘zini tutmoq, tiymoq

248. o‘zini oynaga solmoq: kim O‘z holatini ko‘zguda ko‘rmoq.

249. o‘zini qayoqqa urishini bilmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

250. o‘zini tag‘ofilga solmoq: Ko‘rib ko‘rmaslikka, bilib bilmaslikka olmoq.

251. ochlik e’lon qilmoq: kim siyosiy, iqtisodiy ijtimoiy norozilik belgisi sifatida ovqat yeyishdan bosh tortmoq.

252. og‘ir oyoq: homilador

253. og‘ziga burov solmoq: gapirish imkoniyatidan, huquqidan mahrum qilmoq, gapirtirmay qo‘ymoq.

254. og‘ziga qulf solmoq: 1.gapirtirmay qo‘ymoq, og‘ziga urmoq. 2.hech narsa deya olmaydigan qilib qo‘ymoq

255. og‘ziga qulf urmoq: 1.gapirtirmay qo‘ymoq, og‘ziga urmoq. 2.hech narsa deya olmaydigan qilib qo‘ymoq

256. og‘ziga tikilmoq: Gap kutmoq (suhbatdoshidan, qarshisidagi kimsadan).

257. og‘zini tiymoq: 1. biror narsa deyishdan, gapdan o‘zini tutmoq, gapirishdan to‘xtamoq, og‘ziga erk bermaslik. 2. gapirtirmay qo‘ymoq, gapirishdan to‘xtatmoq, gapirmaslikka majbur qilmoq.

258. oh chekmoq: chuqur qayg‘urib, iztirob bilan yig‘lamoq; oh tortmoq.

259. omonatini topshirmoq: jon taslim qilmoq, olamdan o‘tmoq; o‘lmoq.

260. oppoq qilib ko‘rsatmoq: kim kimni aybsiz, begunoh qilib ko‘rsatmoq.

261. oq bilan qorani ajratdi: yaxshini yomondan, foydani zarardan ajratdi

262. oq ko‘ngil: yaxshi niyatli, boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan

263. oq ko‘ngillik: to‘g‘rilik, yomonlikni bilmaslik

264. oqkaltak-qorakaltak bo‘lmoq: kim kim bilan to‘g‘ri kelgan narsa bilan qurollanib urishmoq; savalashmoq.

265. oq-qorani ajratdi: yaxshini yomondan, foydani zarardan ajratdi

266. oq-qorani tanidi: yaxshi-yomonni, foyda-zararni bildi

267. oq-qorani tushundi: yaxshi-yomonni, foyda-zararni bildi

268. orqasiga tepmoq: voz kechib haydamoq, quvmoq.

269. ovi baroridan kelmoq: kimning Ishi yurishmoq, ko‘zlangan maqsadga erishmoq.

270. oyog‘i tovsilmoq: odamlar keldi-ketdisi, yo‘ldagi harakati siyraklashmoq, kamaymoq.

271. oyog‘idan tortmoq: biror noxush ish, holatga jalb etmoq, duchor qilmoq.

272. oyoq osti bo‘ldi: poymol bo‘ldi, tahqirlandi

273. oyoq osti qildi: poymol bo‘ldi, tahqirlandi

274. oyoq osti qildirdi: poymol qildirdi, tahqirlatdi

275. oyoq osti qilindi: tahqirlandi

276. oyoq tiradi: o‘jarlik qildi

277. oyoq uzmoq: oyoq

278. oyoqni tiradi: qaysarlik qildi

279. oyoqning bog‘i bo‘lmoq: boshiga tashvish, dardisar bo‘lmoq; xalaqit bermoq.

280. oyoqqa qalqimoq: o‘tirgan joyidan tiklanmoq, tik turmoq.

281. oyoqqa tushov bo‘lmoq: erkin harakatlanishga to‘siq bo‘lmoq, imkon bermaslik

282. peshonasi taq etib devorga tegmoq: o‘z bilganidan qolmay, oxiri ishi voy bo‘lmoq.

283. pichoq suyakka yetdi: ortiq chidab bo‘lmaydi

284. po‘stagini qoqdi: ayovsiz tanqid qildi

285. puch yong‘oq bilan qo‘ynini to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi

286. qadami qirqmoq: qadam bosmaydigan, kelmaydigan bo‘ldi.

287. qalbni qitiqlamoq: Kishiga yoqib, shirin his-tuyg‘ular uyg‘otmoq, rohat baxsh etmoq, zavq-shavq bag‘ishlamoq.

288. qalovini topmoq: 1.to‘g‘ri qalamoq; 2.ko‘chma yo‘lini, ilojini topmoq; ishning ko‘zini bilib ish tutmoq.

289. qalpoq qilib kiymoq: biror narsani qoyil qilib bajaruvchi, biror ish-fao-liyatning juda ustasi bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llanadi

290. qamishdan bel bog‘lamoq: sidqidil bilan, astoydil.

291. qaysi shamol uchurmoq: qaysi shamol uchurmoq

292. qitday-qitday qilmoq: spirtli ichimlik ichmoq.

293. qiyg‘ir qarash qilmoq: o‘qrayib qaramoq.

294. qo‘ltig‘iga suv purkamoq: birovga qarshi oyoqlantirmoq, gijgijlamoq.

295. qo‘shmozor bo‘lmoq: birga, bir vaqtda o‘lmoq; qirilmoq.

296. qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirdi: yolg‘on va’dalar bilan aldadi

297. qon yig‘lamoq: qattiq, ezilib-kuyib yig‘lamoq, qattiq azobli holatda yig‘lamoq.

298. qora po‘stakdan burga qidirmoq: kim Bajarilishi qiyin, mahol bo‘lgan ishga kirishmoq, hal bo‘lmaydigan ishga behuda vaqt sarflamoq.

299. qoshini kermoq: 1.qoshini ko‘tarmoq; 2.taajjublanib qaramoq.

300. qovoq-dimog‘iga qaramoq: birovning xohishi bilan hisoblashmoq; birovning kayfiyatiga, ko‘ngliga qarab ish tutmoq.

301. quloq berdi: tingladi

302. quloq osdi: 1)tingladi 2)aytganini qildi

303. quloq soldi: 1)tingladi 2)aytganini qildi

304. quloq–miyasini yedi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi

305. shira bog‘lamoq: shira

306. shox tashlamoq: shox.

307. suvdan holva yasamoq: bo‘lmaydigan ishga urinmoq, bekorga urinmoq.

308. suvga oqizdi: befoyda sarfladi, diyarli tekinga berdi

309. ta’lif qilmoq: 1.asar yozmoq; 2.bosh-qaning asarini tahrir qilmoq.

310. ta’min etmoq: 1.kerakli narsalarni yetkazib bermoq, ta’minlamoq. 2.biror narsaning amalga oshishi, ro‘yobga chiqishi, muhayyo bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratmoq. 3.qoniqtirmoq, qanoatlantirmoq; kifoya qilmoq, yetarli bo‘lmoq.

311. ta’min qilmoq: 1.kerakli narsalarni yetkazib bermoq, ta’minlamoq. 2.biror narsaning amalga oshishi, ro‘yobga chiqishi, muhayyo bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratmoq. 3.qoniqtirmoq, qanoatlantirmoq; kifoya qilmoq, yetarli bo‘lmoq.

312. ta’mir etmoq: ta’mir ishlarini amalga oshirmoq, ta’mir bilan butunlamoq, yaroqli holga keltirmoq.

313. ta’mir qilmoq: ta’mir ishlarini amalga oshirmoq, ta’mir bilan butunlamoq, yaroqli holga keltirmoq.

314. ta’na qilmoq: ta’na tarzidagi gap-so‘z aytmoq. Xasis deb ta’na qilmoq.

315. ta’qib qilmoq: 1.ko‘zdan o‘t-kazmoq, kuzatmoq. 2.ko‘z-quloq bo‘lib kuzatmoq, nazoratda tutmoq. 3.izidan tushmoq, ketidan harakat qilmoq, quvmoq.

316. ta’rif qilmoq: ta’rifini, tavsifini bermoq, keltirmoq.

317. ta’sis etmoq: 1.joriy qilmoq, belgilamoq. 2.tashkil qilmoq, vujudga keltirmoq.

318. ta’sis qilmoq: 1.joriy qilmoq, belgilamoq. 2.tashkil qilmoq, vujudga keltirmoq.

319. ta’zim qilmoq: Ta’zim bildirmoq, ta’zim bajo keltirmoq (ta’zim har ikkala ma’nosida)

320. ta’zir bermoq: Aybi yoki xatosini aytib qizartirmoq, uyaltirmoq, koyimoq, dashnom bermoq

321. ta’zirini bermoq: Adabini bermoq, tavbasiga tayantirmoq

322. ta’zirini yemoq: Jazosini tortmoq, adabini yemoq, tavbasiga tayanmoq

323. ta’ziya bildirmoq: Marhumning yaqin kishilariga, odatda, ta’ziya kunlari ayti-ladigan so‘zlar bilan hamdardlik bildirmoq, tasalli bermoq

324. tahammul etmoq: 1.bardosh bermoq, chidamoq. sabr-toqat qilmoq; sabr-toqat bilan kutmoq. 2.kifoyalanmoq.

325. tahammul qilmoq: 1.bardosh bermoq, chidamoq. sabr-toqat qilmoq; sabr-toqat bilan kutmoq. 2.kifoyalanmoq.

326. tahorat sindirmoq: yozilmoq, bo‘shalmoq; hojatga bormoq.

327. tahorat ushatmoq: yozilmoq, bo‘shalmoq; hojatga bormoq.

328. tahqir qilmoq: haqorat bo‘-luvchi, xo‘rlik keltiruvchi gap-so‘z aytmoq, ish qilmoq.

329. tahrir qilmoq: tahrirdan o‘tkazmoq.

330. tahsil olmoq: ma’lum o‘quv yurtida yoki biror mutaxassis rahbarligida o‘qimoq, bilim, ma’lumot olmoq.

331. tahsil qilmoq: mutolaa qil-moq, mustaqil ravishda o‘qimoq, o‘rganmoq; bilim olmoq.

332. taqal qilmoq: biror ishni bajarishga darrov kirishmay, o‘ylanib qolmoq, kechiktirmoq; ketga surmoq, galga solmoq; bahona qilmoq.

333. taqdim etmoq: 1.tavsiya etmoq, taklif qilmoq. 2.tortiq, sovg‘a sifatida bermoq, tortiq (xadya) qilmoq.

334. taqdim qilmoq: 1.tavsiya etmoq, taklif qilmoq. 2.tortiq, sovg‘a sifatida bermoq, tortiq (xadya) qilmoq.

335. taqdir etmoq: 1.nasib qilmoq, nasib etmoq, buyurmoq. 2.munosib baholamoq, takdirlamoq.

336. taqdir qilmoq: 1.nasib qilmoq, nasib etmoq, buyurmoq. 2.munosib baholamoq, takdirlamoq.

337. taqlid qilmoq: 1.o‘xshatma ovoz, harakat va sh.k. ni bajarmoq, qilmoq. 2.faoliyat, ijod va sh.k. da o‘zgalarga ergashmoq, taqlidan ish olib bormoq, harakat qilmoq.

338. taqozo etmoq: shunday bo‘lishini talab qilmoq, ko‘rsatmoq.

339. taqozo qilmoq: shunday bo‘lishini talab qilmoq, ko‘rsatmoq.

340. taqsim qilmoq: 1.qismlarga, ulushlarga bo‘lmoq, ajratmoq; 2.mat. bo‘lish amalini bajarmoq, bo‘lmoq.

341. targ‘ib etmoq: 1.chuqur tushuntirish yo‘li bilan biror g‘oya, ta’limot va sh.k. ni yoymoq. kishilarning ongiga singdirmoq; shunga undamoq. 2.tushuntirish yo‘li bilan biror ishga chaqirmoq. da’vat etmoq.

342. targ‘ib qilmoq: 1.chuqur tushuntirish yo‘li bilan biror g‘oya, ta’limot va sh.k. ni yoymoq. kishilarning ongiga singdirmoq; shunga undamoq. 2.tushuntirish yo‘li bilan biror ishga chaqirmoq. da’vat etmoq.

343. tasadduq bo‘lmoq: aylanib o‘rgilmoq.

344. tasalli bermoq: yupatuvchi gap-so‘z aytmoq, xatti-harakatlar qilmoq, shu yo‘llar bilan yupantirmoq, taskin bermoq.

345. tasalli topmoq: ko‘ngli tinchlanmoq, taskin topmoq.

346. tasarruf etmoq: egalik qilmoq.

347. tasarruf qilmoq: egalik qilmoq.

348. tasavvur etmoq: 1.xayolda tiklamoq, gavdalantirmoq. 2.idrok qilmoq.

349. tasavvur qilmoq: 1.xayolda tiklamoq, gavdalantirmoq. 2.idrok qilmoq.

350. tasdiq etmoq: tasdiqlamoq.

351. tasdiq qilmoq: tasdiqlamoq.

352. tashkil etmoq: 1.uyushtirmoq, tuzmoq, yaratmoq. 2.tarkibiy qismga kirib, butunlik yuzaga keltirmoq.

353. tashkil qilmoq: 1.uyushtirmoq, tuzmoq, yaratmoq. 2.tarkibiy qismga kirib, butunlik yuzaga keltirmoq.

354. tashviq etmoq: 1.tashviq ishini olib bormoq. 2.undamoq, da’vat qilmoq.

355. tashviq qilmoq: 1.tashviq ishini olib bormoq. 2.undamoq, da’vat qilmoq.

356. tashvishini qilmoq: biror narsa taraddudida, harakatida bo‘lmoq, o‘ylamoq.

357. taskin bermoq: yupatuvchi gap-so‘z aytmoq, xatti-harakatlar qilmoq, shu yo‘l bilan yupantirishga, tinchitishga harakat qilmoq.

358. taskin topmoq: yupatuvchi gap-so‘z aytmoq, xatti-harakatlar qilmoq, shu yo‘l bilan yupantirishga, tinchitishga harakat qilmoq.

359. taslim bo‘lmoq: 1.jangda, kurashda, tortishuvda yengilib, qarshilikni to‘xtatmoq 2.qarshilikni to‘xtatmoq; bo‘ysunmoq.

360. taslim etmoq: 1.dushman yoki raqib ustidan g‘olib kelmoq; yengmoq. 2.bellashuv, bahs kabilarda ustun kelmoq, mag‘lub qilmoq, yengmoq.

361. taslim qilmoq: 1.dushman yoki raqib ustidan g‘olib kelmoq; yengmoq. 2.bellashuv, bahs kabilarda ustun kelmoq, mag‘lub qilmoq, yengmoq.

362. tasnif etmoq: ma’lum belgi -xususiyatlari asosida tur, turkumlarga ajratmoq, tur, turkumlarini belgilamoq.

363. tasnif qilmoq: ma’lum belgi -xususiyatlari asosida tur, turkumlarga ajratmoq, tur, turkumlarini belgilamoq.

364. tatbiq etmoq: ishlatmoq, qo‘llamoq, ishga solmoq.

365. tatbiq qilmoq: ishlatmoq, qo‘llamoq, ishga solmoq.

366. tatig‘ini bermoq: jazosini, adabini, ta’zirini bermoq.

367. tatig‘ini yemoq: 1.jazosini tortmoq, adabini, ta’zirini yemoq. 2.mazasini, lazzatini totmoq.

368. tax urmoq: zih chiqarib taxlab, yig‘ib qo‘ymoq (kiyim, o‘rin-ko‘rpa va sh.k. ni).

369. taxdid qilmoq: taxdidli xatti-harakat qilmoq, do‘q-po‘pisa qilmoq.

370. taxiga solmoq: bukilgan, qayrilgan joyidan qayta bukib, yana asliday qilib taxlab qo‘ymoq.

371. taxirini chiqarmoq: sharmanda qilmoq, izza qilmoq; pachavasini chiqarmoq.

372. taxmin qilmoq: ..deb o‘ylamoq, faraz qilmoq, o‘ylamoq.

373. taxt qilmoq: tayyor, muhayyo holga keltirmoq.

374. taxt turmoq tek turmoq: chidab, bardosh berib turmoq; sabr qilmoq.

375. taxta bo‘lib qolmoq: qo‘rquv yoki hayratdan tong qotib

376. taxtaday qotib qolmoq: qo‘rquv yoki hayratdan tong qotib

377. taxtaga olmoq: Siquv holatiga olmoq, iskanjaga olmoq

378. taxtaga tortmoq: Siquv holatiga olmoq, iskanjaga olmoq

379. taxtdan tushmoq: shoxik, xonlik, amirlik lavozimidan ajralmoq, hokimiyat tepasidan tushmoq

380. taxtdan yiqilmoq: ko‘chma s. t. vazifasidan, amalidan tushmoq, bekor bo‘lmoq

381. tayoqni alif deydigan: g‘irt savodsiz, hech narsa bilmaydigan

382. tegajaklik qilmoq: Hazil-huzul bilan, o‘ynashib tegishmoq

383. tegirmon qilmoq: Donni tegirmonda un qilmoq

384. tegirmoniga suv quymoq: Kimsaning biror ish-faoliyatiga (odatda, salbiy deb qaraluvchi ishiga) ko‘maklashmoq, unga kuch bermoq

385. tek qo‘ymoq: Tinch qo‘ymoq, bezovta qilmaslik

386. teng bo‘lmoq: bir xil, baravar bo‘lmoq, tenglashmoq; farq qilmaslik

387. tepki yemoq: 1. tepki zarbiga uchramoq, tepilmoq 2. xo‘rlanmoq

388. teshik munchoq yerda qolmas: Uzoq vaqt turmush qilmay, uyda o‘tirib qolgan qiz-juvonlar haqida, shuningdek, har bir narsa vaqti kelganda kerak bo‘lishi, ishlatilishi mumkinligi haqida aytiladigan ibora

389. teshik quloq eshitadi: Qulog‘i bor, albatta eshitadi, gap, albatta, yetib boradi

390. teshik tomoq: har qanday ovqat talab kishi; xo‘randa

391. tikan bo‘lmoq: O‘rtada to‘siq, g‘ov bo‘lmoq

392. tikan ustida o‘tirmoq: ayn. igna ustida o‘tirmoq q. igna

393. tikanga dumalamoq: Tinchligini yo‘qotmoq, notinch bo‘lmoq, ruhiy azob tortmoq, qiynalmoq

394. tiliga burov solmoq: gapirish imkoniyatidan, huquqidan mahrum qilmoq, gapirtirmay qo‘ymoq.

395. tilini tiymoq: 1. biror narsa deyishdan, gapdan o‘zini tutmoq, gapirishdan to‘xtamoq, og‘ziga erk bermaslik. 2. gapirtirmay qo‘ymoq, gapirishdan to‘xtatmoq, gapirmaslikka majbur qilmoq.

396. tirikchilik qilmoq: Hayot o‘tkazmoq, kun kechirmoq; yashamoq

397. tirnoq orasidan kir qidirdi: yomon niyat bilan deyarli aybi yo‘q kishining faoliyatidan ayb topishga harakat qildi

398. tirrakday qotmoq: Rosa qotmoq, butunlay qotib qolmoq (kishining holati haqida)

399. tishining kavagida saqlamoq: lekin bir iloj qilib tishimda saqlayman uni.

400. tishining oqini ko‘rsatdi: tirjayib, ishshayib qaradi

401. tish-tirnog‘igacha qurollanmoq: man bir parcha boshpanamga tish-tirnog‘im bilan yopishganimdan hafsalasi pir bo‘layozgandi.

402. titig‘ini chiqarmoq: Qattiq kaltaklamoq, dabdala qilmoq

403. titroq bosmoq: nahotki Ahmad tanbal qo‘lga tushgan bo‘lsa ? Unda sir ochiladi.. Yoqubbekni titroq bosdi.

404. tiyrak tortmoq: Tetiklanmoq, jonlanmoq, kuch-quvvat olmoq

405. to‘n bichmoq: Asl holat asosida yoki uni ko‘rmay-bilmay xulosa qilmoq, ish qilmoq

406. to‘qqiz puldek qilib tushuntirib bermoq: hushyor savdogar uchun elchining bir imosi kifoya qildi, unga gapni to‘qqiz puldek qilib tugib berishning hojati yo‘q edi.

407. to‘rva qoqdi: Oxirgi farzand, kenjatoy

408. to‘tiyo qilmoq: To‘tiyodek ko‘zga surtmoq, e’zozlamoq

409. to‘ydan ilgari nog‘ora qoqdi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirib yubordi

410. to‘ydirganning qorniga tepmoq: Yaxshilik, himmat qilgan, qo‘llab-quvvatlaganga yomonlik bilan javob bermoq ma’nosidagi ibora

411. to‘zon qilmoq: Vayron-tolqon qilmoq, chang-to‘zonga aylantirmoq

412. toat qilmoq: Xudoga sig‘inmoq

413. tomog‘i qichimoq: Biror narsa undirishni istamoq, tama qilmoq

414. tomog‘ini yog‘lamoq: Pora bermoq, pora o‘rnidagi narsa bilan siylamoq

415. tomoqni ho‘llamoq: Ichimlikdan (asosan, spirtli ichimlikdan) bir oz olmoq, ichmoq

416. toqati toq bo‘ldi: sabr chidami tugadi

417. toy-toy turmoq: ayn. g‘oz-g‘oz turmoq q. g‘oz-g‘oz

418. tubiga yetmoq: ayn. tagiga yetmoq q. tag. Qalb (yoki ko‘ngil, yurak) tubi Qalbning eng chuqur, nozik yeri

419. tumtaraqay bo‘lmoq: Tumtaraqay holga tushmoq, har tomonga qochish, ketish holatiga tushmoq

420. tumtaraqay qilmoq: Har tomonga tartibsiz ravishda qochishga majbur etmoq, to‘zitmoq

421. tunni tongga ulamoq yoki tong ottirmoq: Kechalari yulduz to‘la osmonga tikilib, tunni tongga ulab, qushlar nag‘masidan, suvlar shildirashidan ko‘ngilga allaqanday yupanch izlardi.

422. tup qo‘yib, palak otmoq: kim Mustahkam o‘rnashib, martabasi oshmoq; bola-chaqali bo‘lib ketmoq.

423. tuprog‘i tortmoq: Tug‘ilib o‘sgan (o‘z) joyi undamoq, jalb qilmoq

424. tuprog‘ini yalamoq: Ma’lum joy, hududda ko‘p yillar muqim bo‘lmoq

425. tuproq bilan teng qilmoq: 1. yer bilan yakson qilmoq, vayron qilmoq. 2. xor qilmoq, poymol, oyog‘osti qilmoq

426. tuproqqa topshirmoq: Dafn etmoq

427. turtki bermoq: Qo‘zg‘atuvchi, undovchi gap-so‘z, ish-harakat va sh.k. vazifasini o‘tamoq, qilmoq

428. tuyog‘idan o‘t chaqnamoq: (ot, toyga nisbatan). Tez va yengil chopadigan; uchqur

429. tuz-namak bo‘lmoq: Ma’lum muddat ham-tovoq bo‘lmoq, topganini kimsa bilan o‘rtada baham ko‘rmoq

430. u yoqda tursin: zidlash ma’nosini anglatib, bog‘lovchi vazifasida keldi

431. udda qilmoq: mayli, ishni ham, o‘qishni ham udda qilaman desang, boraver.

432. uddasidan chiqmoq: mayli, ishni ham, o‘qishni ham udda qilaman desang, boraver.

433. umr qilmoq: Er-xotin bo‘lib yashamoq

434. umr surmoq: Umr o‘t-kazmoq, yashamoq (odatda, yaxshi, baxtli umr-ga nisbatan qo‘llanadi)

435. umri boqiy: Doimiy hayot, yo‘q bo‘lmaydigan

436. urug‘ tashlamoq: Sepmoq, ekmoq

437. ustuxon bo‘lmoq: Nihoyatda ozib ketmoq, qoqsuyak bo‘lib qolmoq

438. uyqu elitmoq: ayn. uyqu olmoq

439. uyqu olmoq: Uyqu o‘z ta’siriga tortmoq

440. uzoq gap: Amalga oshishi yoki yuzaga chiqishi qiyin bo‘lgan narsa haqida

441. uzoq yili: O‘tgan yildan oldingi yil, burnog‘i yil

442. uzoqni ko‘rmoq: Kelajak haqida to‘g‘ri fikr yurita bilmoq, oqibatini o‘ylab ish tutmoq

443. uzoqqa bormaydi: Ko‘p davom etmaydi, tez fursatda barham topadi, tamom bo‘ladi

444. vafot etmoq: O‘lmoq, olamdan o‘tmoq

445. vahshat qilmoq: Dahshat, qo‘rqinch solmoq, shunday holat qo‘zg‘atmoq

446. vahshat solmoq: Dahshat, qo‘rqinch solmoq, shunday holat qo‘zg‘atmoq

447. vasliga yetmoq: Visoliga erishmoq; yetishmoq

448. vatan tutmoq: Biron hudud yoki joyni yashash joyi (vatan) qilib olmoq

449. xafaqon bo‘lmoq: Diqqat bo‘lmoq, siqilmoq; xunob bo‘lmoq

450. xayolni buzmoq: Xayolni bo‘lmoq, sochmoq

451. xudoga solmoq: Jazosini xudo bersin

452. xurmachasi oqarmagan: ayn. kosasi oqarmagan q. oqarmoq

453. xush kelmoq: yoqdi

454. xush ko‘rmoq: yoqtirdi

455. yakson qilmoq: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi

456. yaqin olmoq: 1)qadrdon qilib ko‘rsatdi 2)qadrdon deb bildi

457. yarasiga tegmoq: q. yara.

458. yarasini yormoq: Dardini aytmoq, dilidagini oshkor qilmoq.

459. yashin (yoki chaqmoq) tezligida: Juda tez, ko‘z ochib yumguncha

460. yaxshi ko‘rmoq: 1)sevdi, oshiq bo‘ldi 2)sevdi, izzat-hurmat qildi 3)yoqtirdi

461. yelkasiga olmoq: e’tirof qildi, biror holatga rozi bo‘ldi

462. yeng shimarmoq: biror yumushni bajarishga taxt bo‘ldi, biror ishni qilishga otlandi

463. yengil tortmoq: ruhiy azoblanishi tarqadi

464. yer bilan bitta bo‘lmoq: yer bilan bitta bo‘ldi

465. yer tishlatmoq: o‘ldirdi

466. yerga kirib ketmoq: qattiq izza bo‘ldi, o‘sal bo‘ldi

467. yerga urmoq: ortiq darajada kamsitdi

468. yetti nomusini yerga bukmoq: sharmanda qildi

469. yetti o‘lchab, bir kesmoq: nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish qiladi

470. yig‘lamoqdan beri bo‘lmoq: yig‘lab yuborish darajasiga yetdi

471. yo‘l ko‘rsatmoq: nima qilish lozimligi haqida maslahat berdi

472. yo‘l olmoq: jo‘nadi

473. yo‘ldan chiqarmoq: yomon yo‘lga boshladi, aynitdi

474. yo‘ldan ozdirmoq: yomon yo‘lga boshladi aynitdi

475. yo‘ldan ozmoq: yomon yo‘lga kirdi, aynidi

476. yo‘ldan urmoq: yomon yo‘lga boshladi, aynitdi

477. yo‘lga qo‘ymoq: faoliyatini yaxshiladi

478. yo‘lga solmoq: 1) ketish tomoniga to‘g‘irlab, yurg‘izdi 2)to‘g‘ri yo‘lga qaytardi 3) manfaatdor bo‘lgani holda biror ishga rag‘batlantirdi 4)faoliyatini yaxshiladi

479. yo‘liga ko‘z tutmoq: kelib qolar degan umidda kutdi

480. yo‘lini bog‘lamoq: yo‘lini to‘smoq, oldiga ro‘para bo‘lmoq, to‘siq bo‘lmoq

481. yo‘lni chap solmoq: Ko‘zga tashlanmaslik, chalg‘itish maqsadida to‘g‘ri yo‘ldan yurmay, egri, aylanma yo‘ldan yurmoq.

482. yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmoq: nima qilish lozimligi haqida maslahat berdi

483. yodida qolmoq: xotirasida saqlanib qoldi

484. yodidan chiqarmoq: unutdi

485. yodidan ko‘tarilmoq: unutdi

486. yodiga kelmoq: 1)xotirasida tiklandi 2)o‘yladi, idrok qildi

487. yodiga solmoq: 1)xotirasida tikladi 2)unutilayozganni eslatdi

488. yomon ko‘rmoq: 1) sevmaydi, izzat-hurmat qilmaydi 2) yoqtirmaydi

489. yomondan yorti qoshiqmoq: Oxirigacha yeb-ichib qo‘ymay, ozgina qoldirilgan holatga nisbatan aytiladigan ibora.

490. yomonning kuchi yapaloqqa yetar: O‘zidan kichik yoki kuchsizga ozor beruvchi kishiga nisbatan aytiladigan ibora

491. yon bermoq: ustun bo‘lishiga yo‘l qo‘ydi

492. yon bosmoq: yoqladi

493. yonini olmoq: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi

494. yoqasini ushladi: nihoyat darajada ajablandi

495. yostig‘ini quritmoq: butun oilasi bilan o‘ldirib yubordi

496. yostiqdan bosh ko‘tarmoq: yotib qolgan xastalikdan keyin sog‘aya boshladi

497. yotqizib turg‘izmoq: Kimsaga istagancha o‘z hukmini o‘tkazmoq, kimsani istagancha o‘z amriga, hukmiga bo‘ysundirmoq.

498. yovvoyi qarash qilmoq: Jahl bilan qaramoq

499. yulduzi yulduziga to‘g‘ri kelmoq: bir– biriga mos bo‘ldi

500. yumshoq ko‘ngil: ko‘ngilchan, rahmdil

501. yuragi (yoki qalbi) uvishmoq: Noxush narsadan o‘zini yomon his qilmoq.

502. yuragi achimoq: 1)ayab kuyindi 2)achinib kuyindi

503. yuragi chopmoq: Ishonch bilan botinmoq.

504. yuragi ezilmoq: ruhan azoblandi

505. yuragi g‘ashlanmoq: tashvishli, bezovta, notinch bo‘ldi

506. yuragi kuymoq: 1. juda tashna bo‘lmoq 2. qattiq kuyinmoq.

507. yuragi o‘ynamoq: 1)yurak urishi odatdagidan ko‘ra tezlashdi 2)qalbi hayajonga to‘ldi

508. yuragi orqasiga tortib ketmoq: bir lahza ich-ichidan qo‘rqish aralash qattiq hayajonlandi

509. yuragi po‘killamoq: biror yoqimsiz ishning voqe bo‘lishidan hadiksiradi

510. yuragi qinidan chiqayozmoq: 1)betoqat bo‘ldi 2)sevinchdan kuchli to‘lqinlandi

511. yuragi qon bo‘lmoq: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi

512. yuragi qoq yorila yozdi: sevinib, juda kuchli hayajonlandi

513. yuragi shuv etmoq: bir lahza ich–ichidan qo‘rqish aralash hayajonlandi

514. yuragi taka-puka bo‘lmoq: ruhan notinch, bezovta

515. yuragi tars yorilib keta yozmoq: sabr–chidami tugab, xunob bo‘lib ketdi

516. yuragi to‘lmoq: to‘liqmoq, diqqinafas bo‘lmoq, diqqati oshmoq.

517. yuragi tosh bo‘lmoq: rahm-shavqati yo‘q

518. yuragi toshmoq: kechinmalari ichiga sig‘may, kimgadir aytish aytish ehtiyoji tug‘ildi

519. yuragi tutday to‘kilmoq: Intizorlikda iztirob chekmoq, dili besaranjom bo‘lmoq.

520. yuragi xun bo‘lmoq: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi

521. yuragi yorishmoq: ko‘nglidagi g‘ashlik tarqadi

522. yuragidan chiqarmoq: 1.butkul unutib yubordi, o‘ylamay, eslamay qo‘ydi 2.ko‘nglidagi g‘uborni tarqatdi 3.o‘z roziligi bilan berishni ma’qul ko‘rdi

523. yuragidan sidirib tashlamoq: uzil-kesil unutdi

524. yuragidan urmoq: o‘ziga shaydo qilib oldi

525. yuragiga g‘ulg‘ula solmoq: bezovta qilib qo‘ydi

526. yuragiga qo‘l solmoq: eng yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qildi

527. yuragiga tugmoq: 1. o‘rni kelganda aytishni mo‘ljallab qo‘ydi 2. ahd qildi 3.fikran belgilab qo‘ydi 4. unutmay ichda saqladi

528. yuragiga vahima solmoq: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi

529. yuragini bo‘shatmoq: ichida yig‘ilib qolgan hasrat-nadomatini aytib, yig‘lab, ruhan yengillashib oldi

530. yuragini changallamoq: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

531. yuragini ezmoq: ruhan azoblandi

532. yuragini hovuchlamoq: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

533. yuragini ochmoq: ichidagi istak yoki dardini aytdi

534. yuragini olib qo‘ymoq: bezillatib qo‘ydi

535. yuragini siqmoq: ziq qildi

536. yuragini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.

537. yuragini tirnamoq: yashirin holda ruhan bezovta qildi

538. yuragini yormoq: qattiq cho‘chitib qo‘rqitdi / ichidagi istak yoki dardini aytdi

539. yuragini yozmoq: xafachiligini tarqatdi

540. yuragining bir chekkasi g‘ash bo‘lmoq: tashvishli , bezovta, notinch

541. yuragining chigili yozilmoq: xafachiligi tarqadi

542. yurak-bag‘ri ezilmoq: ruhan azoblandi

543. yurak-bag‘ri qon bo‘lmoq: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi

544. yurakni qitiqlamoq: Kishiga yoqib, shirin his-tuyg‘ular uyg‘otmoq, rohat baxsh etmoq, zavq-shavq bag‘ishlamoq.

545. yuz ko‘rmas bo‘lmoq: aloqani butunlay uzdi

546. yuz o‘girmoq: 1)boshini burib qaradi 2)qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi 3)aloqani uzdi

547. yuzaga chiqmoq: 1.ko‘ngildagi istak–rejalar voqelikka aylandi 2.moddiy-ma’naviy ojizlikdan xalos bo‘ldi

548. yuzi shamgin bo‘lmoq: uyatli holatga tushdi

549. yuzi shuvut bo‘lmoq: uyatli holatda

550. yuzi yorug‘ bo‘lmoq: uyaladigan joyi yo‘q, olqishlashga loyiq

551. yuzidan qon tommoq: Sog‘lom, yuzlari qip-qizil kishilarga nisbatan aytiladigan ibora.

552. yuziga oyoq qo‘ymoq: behurmat qilish darajasida hisoblashmaydi

553. yuziga solmoq: aybli deb qaralgan kishining o‘ziga shu haqda kesatib, achitib gapirdi

554. yuzini ochib yubormoq: uyalmaydigan qildi

555. yuzini ters burmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi

556. yuzini teskari o‘girmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi

557. yuzini yerga qaratmoq: uyat–nomusdan bosh ko‘tara olmaydigan holatga tushdi

558. zabtiga olmoq: juda kuchayib ketdi

559. zada bo‘lmoq: Biror kimsa yoki narsadan qo‘rqib, hadiksirab, bezillab qolmoq.

560. zahar bo‘lmoq: Zaharga, og‘uga aylanmoq, tatimaslik

561. zahri kelmoq: Achchig‘i kelmoq, jahli chiqmoq

562. zahridan tushmoq: achchiqlanishdan to‘xtadi

563. zahrini sochmoq: zug‘um qildi, g‘azab bilan achitib-achitib gapirdi

564. zarar keltirmoq: zararli bo‘lib chiqdi

565. zarar ko‘rmoq: zarar qildi

566. zarar yetkazmoq: zararli bo‘lib chiqdi

567. zarari tegmoq: zararli bo‘lib chiqdi

568. zardasi qaynamoq: juda jahllandi

569. zardob yutmoq: Dard-alam chekmoq

570. zavol bo‘lmoq: Biror kimsaning yo‘q (halok) bo‘lishiga sabab bo‘lmoq.

571. zavqini keltirmoq: Kayfiyatini yaxshilamoq, ruhini ko‘tarmoq

572. zeb bermoq: turli kiyim va taqinchoqlar yordamida o‘zini ko‘rkam qildi

573. zehn solmoq: diqqat-e’tibor bilan qaradi, ko‘zdan kechirdi

574. zig‘ir yog‘day ko‘ngliga urmoq: qiziqishi yo‘qoldi, jirkanish hissini uyg‘otdi, bezdirdi

575. zimmasiga olmoq: biror ishni bajarishga mas’ul bo‘ldi

576. zimmasiga tushmoq: javobgar qilindi

577. ziyon ko‘rmoq: zarar qildi

578. ziyon yetkazmoq: achchiqlanishdan to‘xtadi

579. zo‘r bermoq: 1.to‘la-to‘kis safarbar qilishga harakat qildi 2.butun kuch-g‘ayratini safarbar qildi 3.biror narsaga boshqalardan ko‘proq e’tibor qildi

580. zoye ketmoq: befoyda sarflandi

581. zuvalasini bir joydan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.

582. zuvalasini bir yerdan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.

1. Abjaq bo‘lmoq – majaq bo‘lmoq – dabdala bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Achchiqlanmoq – g‘azablanmoq – qahrlanmoq.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

3. Achinmoq – afsuslanmoq – kuyinmoq – o‘kinmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

4. Achinmoq – afsuslanmoq – kuyinmoq – o‘kinmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

5. Adabsiz – tarbiyasiz – axloqsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini keng ifodalashiga ko‘ra)

6. Adadsiz – son-sanoqsiz – hisobsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

7. Adoq – bel – bosh
Ma’nosiga ko‘ra
(joylashish o‘rnining yuqoriligiga ko‘ra)

8. Ajablanmoq – hayron bo‘lmoq – hayratlanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(emotsional bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

9. Aljimoq – aljiramoq – valdiramoq – sannamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

10. Ammo – lekin – biroq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortishiga ko‘ra)

11. Axmoq – tentak – go‘sxur – devona
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiqligiga ko‘ra)

12. Aynimoq – achinmoq – biqsimoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining tor-kengligiga ko‘ra)

13. Ayriliq – judolik – hijron – hajr – firoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

14. Aytishmoq – koyishmoq – janjallashmoq – yoqalashmoq – do‘pposlashmoq – yoqa vayron bo‘lishmoq – qoniga belanishmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining kuchiga ko‘ra)

15. Bo‘shashmoq – shalviramoq – shalpaymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

16. Bo‘taloq – bo‘g‘ra – tuya
Ma’nosiga ko‘ra
(yoshining katta-kichikligiga ko‘ra)

17. Bug‘im – barmoq – qarich – qadam – gaz
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘lchov hajmining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

18. Buzilmoq – sinmoq – avariya bo‘lmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(zarar darajasining ortiqligiga ko‘ra)

19. Buzoq – tana – g‘unajin – sigir
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh darajasiga ko‘ra)

20. Chanqamoq – suvsamoq – cho‘llamoq – tashna bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

21. Chaqaloq – go‘dak – bola – o‘smir – yigit – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ulg‘ayganlik belgisiga ko‘ra)

22. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik
Ma’nosiga ko‘ra
( davrlariga ko‘ra)

23. Chol – keksa – qariya – qari – mo‘ysafid – oqsoqol – boboy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

24. Dangasa – yalqov – ishyoqmas – tanbal – soyaparvar
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

25. Dasta – quchoq – bog‘
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

26. Daydimoq – sanqimoq – sandiroqlamoq – tentiramoq – laqillamoq – salanglamoq – sakillamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

27. Don – bug‘doy – boshoq – xirmon
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor-ko‘lamining ortib borishiga ko‘ra)

28. E’tibor – hurmat – ardoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

29. E’tibor – hurmat – ardoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajad ifodalashiga ko‘ra)

30. Farzand – bola – zuryod (zirriyot) – tirnoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

31. Faxrlanmoq – g‘ururlanmoq – mag‘rurlanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

32. G‘ijimoq – kavshamoq – oshalamoq – yemoq – tanovul qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

33. G‘ururlanmoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ko‘p-ozligiga ko‘ra)

34. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

35. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – o‘zini yo‘qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

36. Gavdalantirmoq – xayol surmoq – hukm chiqarmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvurning natijasiga ko‘ra))

37. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik
Ma’nosiga ko‘ra
(davriy bosqichiga ko‘ra)

38. Hadiksiramoq – cho‘chimoq – qo‘rqmoq – vahimaga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

39. Hansiramoq – harsillamoq – halloslamoq – entikmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishning oz-ko‘pligiga ko‘ra)

40. Haydamoq – quvmoq – sazoyi qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

41. Hurmoq – vovillamoq – akillamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik belgisining oshishiga ko‘ra)

42. Ilimoq – isimoq – qaynamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘zgarish holatiga ko‘ra)

43. Iltimos qilmoq – yalinmoq – yolvormoq – o‘tinmoq.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

44. Ingramoq – singramoq – inchkirmoq -yig‘lamoq -siqtamoq – o‘kirmoq – ho‘ng-ho‘ng yig‘lamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakat belgisining keng yoki tor ifodalanishiga ko‘ra)

45. Inoq -ahil – qadrdon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

46. Ishchan – harakatchan – g‘ayratli – tirishqoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

47. Isimoq – sovimoq – muzlamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(haroratning pasayib borishiga ko‘ra)

48. Istamoq – xohlamoq – tusamoq – orzulamoq – orzu qilmoq – tilamoq – ixtiyor qilmoq – sog‘inmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra )

49. Jilmaymoq – kulimsiramoq – iljaymoq – irjaymoq – tirjaymoq – ishshaymoq – irshaymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kulish harakatidagi salbiylik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

50. Jilmaymoq – kulimsiramoq – tabassum qilmoq – kulmoq – qah-qahlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakatning kuchliligiga ko‘ra)

51. Jilmoq -qo‘zg‘almoq -o‘rmalamoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq – yelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat tezligining oshib borishiga ko‘ra)

52. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

53. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – yo‘qsil – gado – bechorahol – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

54. Kesmoq – qiymoq – bichmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

55. Ko‘zi ilinmoq – mudramoq – mizg‘imoq – uxlamoq – dong qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(jismoniy holatning bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

56. Koyimoq – po‘pisa qilmoq – do‘q urmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

57. Mag‘rurlanmoq – g‘ururlanmoq – kekkaymoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

58. Mujimoq – g‘ajimoq – kemirmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oshib borishiga)

59. Muzlamoq – yaxlamoq – to‘ngmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining faol-nofaolligiga ko‘ra)

60. Nazar tashlamoq – termulmoq – tikilmoq – qaramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

61. Ninni – go‘dak – chaqaloq – bola – o‘smir – yigit – o‘rta yosh – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatining katta-kichikligiga ko‘ra)

62. Nola qilmoq – oh urmoq – faryod solmoq – afg‘on aylamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

63. Noxush – ko‘ngilsiz – yoqimsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgi ifodalash kuchining ortiq-kamligiga ko‘ra)

64. O‘qimoq – mutolaa qilmoq – yod olmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra)

65. O‘rtoq – do‘st – og‘ayni – oshna – jo‘ra – ulfat – birodar – hamdam – tomir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

66. O‘smoq – unmoq – hosil bermoq
Ma’nosiga ko‘ra
(faoliyat natijasiga ko‘ra )

67. O‘tirmoq – yonboshlamoq – cho‘zilmoq – uzala tushmoq – yotmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(holat darajasiga ko‘ra)

68. O‘ylamoq – fikrlamoq – xulosaga kelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tafakkur natijasiga ko‘ra)

69. Odobsiz – axloqsiz – buzuq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgi ifodalash darajasining kuchli-kuchsizligiga ko‘ra)

70. Og‘riq – azob – qiynoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

71. Ogohlantirmoq – tanbeh bermoq – jazolamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng-tor darajada ifodalashiga ko‘ra)

72. Oila – mahalla – ovul – qishloq – shahar – tuman – viloyat – respublika
Ma’nosiga ko‘ra
(hududiy qamrovining tor-kengligiga ko‘ra)

73. Oqish – oq – oppoq
Ma’nosiga ko‘ra
(rang darajasining oshib borishiga ko‘ra)

74. Oqmoq – ayqirmoq – hayqirmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini ifodalash kuchining ortiq-kamligiga ko‘ra)

75. Otlanmoq – qo‘zg‘almoq – ko‘tarilmoq – yo‘lga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

76. Ozroq – oz – juda oz
Ma’nosiga ko‘ra
(me’yordan kam yoki ko‘pligiga ko‘ra)

77. Ozroq – oz – ko‘p – ancha – behisob – mo‘l – bisyor
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor darajasining ortiq-kamligiga ko‘ra)

78. Payqamoq – sezmoq – fahmlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

79. Qarama-qarshilik – zidlik – nizo – kelishmovchilik – ixtilof – nifoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

80. Qimirlamoq – siljimoq – sudralmoq – emaklamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning tezligiga ko‘ra)

81. Qirot – misqol – qadoq – chorak – pud – botmon
Ma’nosiga ko‘ra
(og‘irlik miqdorining oshishiga ko‘ra)

82. Qistamoq – zo‘rlamoq – majburlamoq – majbur qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

83. Qizaloq – qiz – kelin – ayol – juvon – kampir
Ma’nosiga ko‘ra
(yoshining katta-kichikligiga ko‘ra)

84. Qo‘zg‘almoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq -yelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat sur’atiga ko‘ra)

85. Qo‘zichoq – qo‘zi – shirvoz – to‘xli – qo‘y
Ma’nosiga ko‘ra
(yoshiga ko‘ra)

86. Qulun – toychoq – toy – g‘unan – dunan – tulan beshak
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatiga ko‘ra)

87. Quvnoq – shodon – xushchaqchaq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

88. Ranjimoq – diqqat bo‘lmoq – xunob bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

89. Ravshanlanmoq – oydinlashmoq – ayon bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra ko‘ra)

90. Sahar – tong – choshgoh – tush – kun oqish – kun botishi – kech – shom – tun
Ma’nosiga ko‘ra
(sutka qismlarining ketma-ketligiga ko‘ra)

91. Sham – chiroq – elektr – toki – quyosh
Ma’nosiga ko‘ra
(yorug‘lik miqdorinng oz-ko‘pligiga ko‘ra)

92. Shipshitmoq – shivirlamoq – pichirlamok – gapirmoq – qichqirmoq – baqirmoq – o‘kirmoq – hayqirmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

93. So‘ramoq – iltimos qilmoq – yalinmoq – o‘tinmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

94. So‘z bermoq – va’da bermoq – lafz qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchlikuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

95. Sodiq – sadoqatli – vafodor – fidokor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

96. Sovqotmoq – qaltiramoq – muzlamoq – tarasha qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsizligiga ko‘ra)

97. Tamomlamoq – tugatmoq – sop qilmoq – bitirmoq – ado qilmoq – yo‘qotmoq – yo‘q qilmoq – quritmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

98. Tanimoq – bilmoq – anglamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

99. Tekinxo‘r – tekintomoq – baloxo‘r – harom – haromtovoq – parazit
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

100. Tezlashmoq – jadallashmoq – ildamlashmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

101. Tig‘ – pichoq – xanjar – qilich
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm- ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

102. Titramoq – qaltirlamoq – qalt-qalt qilmoq – dildiramoq – dir-dir qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

103. Tomchilamoq – sizmoq – oqmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning shiddatiga ko‘ra)

104. Tug‘ilmoq – yashamoq – o‘lmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(hayot davrining bosqichlariga ko‘ra)

105. Turtkilamoq – urmoq – do‘pposlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

106. Urinmoq – harakat qilmoq – intilmoq – tirishmoq – unnamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

107. Urmoq – kaltaklamoq – do‘pposlamoq – savamoq – solmoq – tushirmoq – so‘qmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

108. Urmoq – solmoq – ushlamoq – silamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning qo‘pol yoki muloyimligiga ko‘ra)

109. Uyushgan – hamjihat – intifoq – totuv – inoq – ahil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalash darajasiga ko‘ra)

110. Vaysamoq – vaqillamoq – javramoq – to‘ng‘illamoq – ming‘illamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

111. Xasis – baxil – qurumsoq – ziqna – qoqvosh – mumsik
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

112. Xuddi – aynan – ayni – rosa – naq – qoq – baayni
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

113. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

114. Xushomadgo‘y – laganbardor – labbayguy – tilyog‘lama – yaltoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

115. Yanglishmoq – adashmoq – xato qilmoq – gunoh qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

116. Yaqinlashmoq – hamkorlik qilmoq – aloqa bog‘lamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

117. Yarashmoq – murosaga kelmoq – sulh tuzmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

118. Yasamoq – qurmoq – bunyod etmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

119. Yaxshi ko‘rmoq – erkalamoq – suymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortiq-kamligiga ko‘ra)

120. Yemoq – tanovul qilmoq – iste’mol qilmoq – totmoq – olmoq – tushirmoq – urmoq – xam qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

121. Yengmoq – egallab olmoq – g‘olib bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

122. Yiqilmoq – qulamoq – ag‘anamoq – ag‘darilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

123. Yo‘liqmoq – uchramoq – duchor bo‘lmoq – giriftor bo‘lmoq – mubtalo bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

124. Yopmoq – o‘ramoq – chirmamoq – berkitmoq – yashirmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

125. Yorug‘ – nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(oydinlik belgisining kuchiga ko‘ra)

126. Yorug‘- nurli – charog‘on – yorqin – munavvar – porloq – ravshan – nurafshon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

127. Zavqlanmoq – maroqlanmoq – shavqlanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

128. Zing‘illamoq – zipillamoq – g‘irillamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli darajasiga ko‘ra)

129. Zoriqmok – zor bo‘lmoq – muhtoj bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.