Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qiziq}
So‘z bo‘g‘inlari: qi-ziq
Izoh(lar)i:
qiziq fl

1. 1. Qiziqish bilan e’tibor bermoq, astoydil berilmoq, berilib munosabatda bo‘lmoq, harakat qilmoq. -Ovozingni chiqarib o‘qi, nima debdi? — Mirzakarimboy ham qiziqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
U shuncha qiziqib ketgan ediki, yelkasiga asta qo‘yilgan qo‘lni ham sezmadi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Ular har gap sayin, qalay, sizga ma’qulmi? degandek Elmurodga tikilib olar, u esa, choy ho‘plagan holda, bu sodda munozarani qiziqib tinglar edi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. Bilish, o‘rganish, ishlashga mayl qo‘ymoq, havasmand bo‘lmoq. Uning o‘zi yoshlikdanoq fizikaga qiziqar edi. Men musiqaga qiziqaman.
Maroqli darslarning kuchimi, ko‘pchilik yoshlar matematika bilan adabiyotga qiziqardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Men endi, dunyodan o‘tayozgan bir kishi, endigi mansablarga uncha qiziqa olmayman. Gazetadan

3. 3. Havas qilib ergashmoq, havas qo‘ymoq; berilmoq. Qo‘qon ketayotgan o‘rtoqlariga qiziqib, borma, deganga ko‘nmadi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Gapdon, xushchaqchaq mehmonlarga qiziqib, u ham mayni qoniqib ichgan edi, chala yechinib, tosh qotib uxladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Havas-da... Bolaligimdan ovga qiziqaman. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.

1. qiziq I Sifat
ajablanarli, hayratli

2. qiziq II Ot
qizib turgan

3. qiziq III Fe’l
Bilishga harakat qilmoq, ishqiboz bo‘lmoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ajib – ajab – ajoyib – qiziq – g‘alati
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish uslubining ko‘p-ozligiga ko‘ra)

2. Qiziq – ajoyib – alomat – antiqa – ajib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.