Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {g‘alati}
So‘z bo‘g‘inlari: g‘a-la-ti
Izoh(lar)i:
g‘alati [g‘a-la-ti ]

1. Odatdagi, hammaga ma’lum bo‘lganidan boshqacha; qiziq. Sizlarda qanday — bilmadim-u, ammo biz taraflarda kelin-tushdi juda g‘alati bo‘ladi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. Nimaligi aniq bo‘lmagan, anglab bo‘lmaydigan; tayinsiz. Vrach chiqib ketgandan keyin ko‘nglini g‘alatilikmi, noaniqlikmi, ish-qilib, g‘alati bir tuyg‘u qamrab oldi. O‘. Usmonov, Sirli sohil

3. O‘z tabiiy holatini o‘zgartgan, alla-nechuk bir holatli. Nogoh Sobirning ko‘zi ularga tushib, g‘alati bo‘lib ketdi. M. Mansurov, Yombi

4. uda qoyil; ajoyib. Oyimchalardan g‘alatisini topib, gasht qilamiz. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: allanechuk , ajib [a], qiziq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ajib – ajab – ajoyib – qiziq – g‘alati
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish uslubining ko‘p-ozligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.