Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qizil}
So‘z bo‘g‘inlari: qi-zil
Izoh(lar)i:
qizil [qi-zil ]

1. Qon rangidagi; qirmizi, alvon. Qizil muqovali kitob. Qizil ko‘ylak. Qizil qalam. Qizil olma. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Yuzning, badanning shu tusga moyil rangi; qizillik. Uning yuzidagi qizilga yana qizil qo‘shildi. Oydin, O‘zidan ko‘rsin

3. Vino. Siz har vaqt Jamol-boy akam bilan cho‘qishtirasiz, bizga jo‘ra bo‘ling, qizil iching! Oybek, Tanlangan asarlar

4. Oktyabr inqilobi, sho‘ro tuzumi, armiyasiga oidlikni bildiradigan so‘z sifatida qo‘llangan. Qizil armiya. Qizil askar. Qizil to‘y. Qizil matbuot. Qizil choyxona. Qizil karvon. Qizil gvardiya.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ol , qirmizi [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Gulobi – pushti – qizg‘ish – qizil – ol – qirmizi
Ma’nosiga ko‘ra
(rang darajasining ortib borishiga ko‘ra)

2. Qizg‘ish – qizil – qip-qizil
Ma’nosiga ko‘ra
(rang miqdorining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.