Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ol}
So‘z bo‘g‘inlari: ol
Izoh(lar)i:
ol fl

1. 1. Narsani ushlab yoki biror asbob bilan tutib qo‘lga kiritmoq. Ariqdan suv olmoq. Saodatxon kapalak ushlagandek ehtiyotlik bilan qutichani qo‘liga oldi. S. Zunnunova, Olov
O‘zbek oyim burchakda bola ko‘tarib o‘tirgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni to‘kib kelishga buyurdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yo‘lchi ketmonni olib, ishiga jo‘nadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. 2) kelishmoq, roziligini olmoq.

3. 3. Qabul qilmoq; yollamoq. Ishga olmoq. Bolaga enaga olmoq.

4. 4. Bo‘shatmoq, bekor qilmoq, tushirmoq. Sizni bugundan boshlab ishdan oldik. U avvalgi direktorimizning boshiga tuhmat yog‘dirib, ishdan oldirdi. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

5. 5. Qirqib, kesib, tortib, sug‘urib chiqarmoq. Tirnoq olmoq. Qo‘yning junini olmoq. Soch olmoq. Oyoqqa kirgan tikanni olmoq. [Ali oxun] Do‘ppisi ichiga to‘g‘nalgan ignani oldi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. 6. Yechmoq, solmoq. Xotin boshidan jun ro‘molini oldi-da, bir-ikki qoqib, yana o‘radi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

7. 7. Tushirmoq, bo‘shatmoq; xoli qilmoq. Yelkasidan yukini olmoq. Mashinadagi yashiklarni olmoq. Usta Olim otning jilovidan qo‘lini olib, so‘radi A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

8. 8. Qo‘lga kiritmoq; ega bo‘lmoq. Daromad olmoq. Paxtadan mo‘l hosil oldik. [Yo‘lchi] Ikki yarim yil boyning bo‘yinturug‘ini sudradi. Nima oldi? Oybek, Tanlangan asarlar
Feruza Yigitaliyeva shu olimpiada-da bir yil birinchi o‘rinni oldi. S. Ahmad, Yulduz

9. 9. Yemoq, yemoq-ichmoq, tanovul qilmoq. Hammasi sizning tegishingiz, hech kimga qaramang. Baliqni oling! A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

10. 10. O‘ziga singdirmoq, qabul etmoq. Rangni yaxshi oladigan ipak.

11. 11. Paydo qilmoq, hosil etmoq, yig‘moq. Yara yiring olibdi. G‘o‘zalar ko‘sak oldi.

12. 12. Aytmoq, kuylamoq. “Nasrulloyi”, Girya ol! Ibodxo‘ja, Fig‘onni ol! Shukrullo, Saylanma
Zo‘r qo‘shiqlardan bittasini o‘rganib, katta to‘yda o‘rtaga chiqib, bir olayki. A. Ko‘chimov, Halqa

13. 13. Uylanmoq, xotin olmoq. [Zuhra:] Yosh qizni olganing bir sari, endi buni o‘qishdan qo‘yib, kurortga olib ketayotganing nimasi? A. Qahhor, Og‘riq tishlar

14. 14. Xarid qilmoq. Bu paltoni necha pulga oldingiz? Hovli olma — qo‘shni ol. Maqol
Ancha narsa oldik Senga bir jo‘ra beqasam. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

15. 15. Qo‘lga kiritmoq, qozonmoq. Obro‘ olmoq. Erkinlik olmoq. Darsdan a’lo baho oldim. Ilmiy daraja olmoq. Olqish olgan omondir, qarg‘ish olgan yomondir. Maqol
O‘n besh kunlik sinovdan keyin traktorchi nomini oldik. A. Qahhor, Xotinlar

16. 16. Ketkazmoq, yo‘qotmoq. Chayonning zahrini chayon oladi. Maqol
Fotihadan keyin Oftob oyim kuyovga qatiq olib chiqdi va Otabekning ichmaganiga ham qo‘ymay, ichingiz, yo‘l g‘uborini oladir, deb qistay boshladi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

17. 17. Qoplamoq, chulg‘amoq, o‘ramoq, tutmoq. To‘qayni o‘t olgan. Kabobning hidi butun hovlini oldi. Meni isitma oldi. Sen bundan ketmaysan omon, o‘ngu so‘lni olsa tuman. Yodgor

18. 18. Egallamoq, ishg‘ol qilmoq, band etmoq. Royal ko‘p joyni oldi. Go‘ro‘g‘li kelib, falon shaharni olibdi, desa semirib, eshikdan ichkariga bazo‘r kiraman. Gulixiromon
Mojaro ustiga Fosih afandi kirib qoldi. U to‘g‘ri ayvonga chiqib, mingboshining pinjidan joy oldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

19. 19. Qamashtirmoq. Tong yorishib, qamish poyalari oftob tig‘ida lov-lov yonayotganga o‘xshab ko‘zni oladi. S. Ahmad, Ufq

20. 20. Yetakchi fe’l sifatida ot turkumidagi so‘zlar bilan birikib, qo‘shma fe’l yasaydi, masalan, amal olmoq, avj olmoq, alanga olmoq, bahra olmoq, bosh olmoq, yonini olmoq, yosh olmoq.

21. 21. Ravishdosh shaklida boshqa fe’llar bilan birikib, qo‘shma fe’l hosil qiladi, masalan olib bermoq, olib bormoq, olib kelmoq, ola bilmoq, ola boshlamoq, ola kelmoq. Uzum suv olib qoldi.

22. 22.-i(b) affiksli ravishdoshlar bilan birikib, qo‘shma fe’l hosil qiladi va ish-harakatning o‘zi uchun bajarilganligini bildiradi, masalan bilib olmoq, tortib olmoq, yetib olmoq, yig‘ib olmoq, sug‘urib olmoq, yoza olmoq, qila olmoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qizil

1. ol I Sifat
qizil rangning turi

2. ol II Fe’l
qo‘l bilan tutmoq; ixtiyoriga olmoq; xarid qilmoq, sotib olmoq

3. ol III Ko‘makchi fe’l
Mustaqil fe’l anglatgan leksik ma’noga: 1. «nutq qaratilgan shaxs manfaatini ko‘zlash» grammatik ma’nosini qo‘shadi. 2. «qodirlik» grammatik ma’nosini qo‘shadi.

Paronimi: mavjud emas.

Bir ma’noliliktil birliklari, ya’ni so‘z, qo‘shimcha, ibora, tasviriy ifodaning bir ma’noni anglatish hodisasi.

            Bir ma’noli so‘z.Bir ma’noli so‘zmatn tarkibida ham, matndan tashqarida ham bir lug‘aviy ma’noni bildiruvchi so‘z. Mas., kompyuter, sinus, kelishik, olmosh so‘zi. Bir ma’noli so‘zgaterminlar yaqqol misol.

Leksema bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin (qiyos. Ko‘p ma’noli so‘z). O‘n, Dehqonobod, telefon so‘zi bir ma’noni bildirganligi uchun bir ma’noli so‘z deyiladi. Bir ma’noli so‘z monosemantik so‘z ham deb yuritiladi.

Bir ma’noli so‘z tilda kam va ilmiy, biror soha, kasb-hunar atamasini, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zni o‘z ichiga oladi.

Yangi so‘z (neologizm) ham davr o‘tishi bilan ko‘chma ma’no anglatishi mumkin. Mas., haker so‘zi neologizm, «komputer programmasi buzuvchisi» ma’nosiga ega. U ayni paytda«umuman buzg‘unchi» ma’nosini ham anglatmoqda

 

Bolqar tiliQorachoy-Cherkasiya va Kabarda-Bolqariyada yashovchi qorachoy va bolqariya xalqlari tili. Turkiy tillarning qipchoq lahjasiga mansub. Asosiy dialektlari: a) qorachoy-boqson-chegem (“ch” lashgan); b) molqor (“ts”lashgan). Adabiy tilga birinchisi asos bo‘lgan.

Bolqar tilining xususiyati quyidagilar: 1) ba’zan so‘z boshidagi “y” tushib qoladi: yaxshi – axshi; 2) birlikning birinchi va ikkinchi shaxsi hamda qaratqich kelishigi qo‘shimchalari oxiridagi undosh tushib qoladi: men – me, sen – se, ning – ni; 3) o‘nlik sonlar quyidagicha yasaladi: bir o‘n (o‘n), eki o‘n (yigirma), uch o‘n (o‘ttiz) yoki bir jiyirma – yigirma, eki jiyirma – qirq, uch yiyirma – oltmish; 4) leksikasida osetin, adigey tillaridan so‘zlar o‘zlashgan.

Bolqon turklari tiliturkiy tillarningo‘g‘iz guruhiga kiruvchi, Bolqonda yashovchi turklar tili. Bolqon turklari tilikelib chiqish jihatidan turli-tuman, ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga makedoniya gagauzlari, surg‘uch, gajallar tili kiradi va ular gagauz tiliga yaqin. Ikkinchi guruh turklari yuruqlar, karamanliklar, qizilboshlar, turk va ozarbayjon tillariga o‘xshaydi.

Dialektologiya – umumxalq tilini tashkil etgan sheva va lahjaning fonetik, leksik va grammatik xususiyati, tarqalish doirasini o‘rganadi. Milliy tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishida shevalarning tutgan o‘rni, milliy tilga asos bo‘lgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan munosabati tekshiriladi. Dialektologiya shevalarning tarqalish chegaralariga ko‘ra tasviriy dialektologiya va tarixiy dialektologiyaga bo‘linadi. Tasviriy dialektologiya mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Tarixiy dialektologiya tilning dialektal xususiyatlarini qayd qilish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixini o‘rganadi. Dialektologiya tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoepik me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Dialektologiya tilshunoslik, etnografiya, folklor va boshqalar bilan aloqada rivojlanadi. G‘ozi Olim Yunusov, A.K.Borovkov, Sh.Shoabdurahmonov va boshqalar o‘zbek dialektologiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan.

Etimologik lug‘at –lug‘atning alohida ko‘rinishi. Bunday lug‘atda so‘zning kelib chiqishi izohlanadi. Bunga Sh.Rahmatullayevning 2 tomli “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” (Toshkent, “Universitet”, 2000, 2003,) T.Nafasov tomonidan tuzilgan «Janubiy O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati» (Toshkent, “O‘qituvchi”, 1988) ni misol qilish mumkin. «Yangi asr avlodi» nashriyotida T.Jumayevning maktab o‘quvchisi uchun mo‘ljallangan «O‘zbek tilining o‘quv etimologik lug‘ati»ni chop etish rejalashtirilgan.

Etimologiya tilshunoslik sohasi, unda so‘z va qo‘shimchaning kelib chiqishi o‘rganiladi. U yunoncha etymon «harakat» va logos «ta’limot» so‘zidan olingan. Mas., axborotso‘zining lug‘aviy mohiyatini anglash uchun xabar va axbor so‘zni qiyoslash lozim. Bu so‘zning har ikkisi ham arabcha, xabar bu – «ma’lumot yetkazish», «ma’lumot berish»; axbor esa xabar so‘zining ko‘pligi; -ot – arab tilida ismga qo‘shilib ko‘plik hosil qiluvchi qo‘shimcha. O‘zbek tilida xabar ham axborot ham birlikda, «xabar» ma’nosini anglatish uchun qo‘llanadi. Yoki bilakso‘zini olaylik. O‘zbek tilining eng qadimgi davrida, bundan o‘ttiz-o‘ttiz besh asr burun, oltoy tillari l belgili til hisoblanar edi. Shuning uchun hozirgi tilimizda iste’molda bo‘lgan ayrim o‘zak tarkibidagi r/z/d/t/sh/s undoshi o‘rnida l qo‘llangan. Bilak so‘zida esa bunday fonetik o‘zgarish sodir bo‘lmagan, unda eng qadimgi holat saqlanib qolgan. Hozirgi o‘zbek tilida bu so‘z beshlik so‘zining o‘zgargan ko‘rinishi sifatida qo‘llanadi. Ko‘rinadiki, hozirgi tilimizda faol qo‘llanadigan so‘zning tarixi juda qadimgi zamonga borib taqaladi.

Maktab darsligiga etimologiyaga oid maxsus bo‘lim yoki mavzu kiritilmagan, lekin so‘zning etimologik xususiyati ustida bosh qotirish, so‘zning lisoniy-tarixiy qiyosi bilan shug‘ullanish qiziqarli.

So‘z va iboraning etimologik tavsifini o‘zlashtirish juda murakkab. Chunki buning uchun tilimizning nafaqat hozirgi belgisini, balki uning tarixini, tarixiy fonetik va grammatik qonuniyatini, shuningdek, qardosh til bilan umumiy xususiyatini, va hatto, tilni tarixiy-qiyosiy o‘rganish usulidan xabardor bo‘lishni talab etadi. Bundan tashqari, mazkur tilda so‘zlovchi xalq tarixini ham bilish zarur, chunki xalq tarixi bilan til tarixi chambarchas aloqadorlikda rivoj topadi.

So‘z, qo‘shimcha yoki ibora etimologiyasini taxminiy hamda noilmiy dalil asosida keltirib chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chunki taxminiy etimologiya ko‘p holda noto‘g‘ri yoki yolg‘on bo‘lib chiqadi. Mas., qaychi so‘zini so‘z tarkibi jihatidan tahlil etganda, shakl va ma’no nomutanosibligini sezish qiyin emas. Bu so‘zni zohiran qay- o‘zagi hamda -chi yasovchi qo‘shimchasiga ajratish mumkin. Biroq har ikki ma’noli qism ham shakl va ma’no jihatdan nomutanosib: qay- tarixan qiy- fe’lining fonetik o‘zgargan shakli (bu yerda ytovushiningr tovushiga almashishi natijasida qirq so‘zi yuzaga kelganligini ham aytib o‘tish lozim). -chi esa -g‘ich yasovchi qo‘shimchasining fonetik jihatdan ham o‘zgargan, ham qisqargan shakli.

Demak, har bir so‘zning etimologiyasini ongli ravishda idrok etish zarur, aks holda mohiyat noto‘g‘ri anglashilishi mumkin. O‘quvchi bilishi lozimki, etimologik talqin barcha so‘zga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Unumli so‘z yasovchi orqali hosil bo‘lgan so‘zga bu tahlil mos tushmaydi, chunki bu yerda mohiyat so‘zning morfemik tuzilishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham ishchi, ochqich, to‘plam, o‘rin, o‘sma, suvoq, qatlama singari so‘zning hosil bo‘lish imkoniyati aniq. Bu tizimdagi so‘zni o‘quvchi o‘z idroki bilan talqin qila oladi va talqin qilishi kerak. Boshqa so‘zda esa etimologik talqin umuman boshqacha. Bunday so‘zda uning tarixiy taraqqiyoti leksik ma’nosining, grammatik yoki fonetik xususiyatining o‘zgarganligida aks etgan bo‘ladi. Bu uning kelib chiqishini tahlil qilish, tarixi va etimologik talqini bilan bog‘liq. So‘zning ichki shakli etimologik jihatdan bir qadar sodda. Masalan: kiyim – kiy so‘zidan; bu so‘zning dastabki ko‘rinishi kir- o‘zagi bilan bog‘liq, so‘zning keyingi tarixida r tovushi y ga aylangan; quduq quyi so‘zidan o‘sgan; o‘ra o‘y so‘zidan kelib chiqqan, o‘yiq, o‘ymoq (angishvona) so‘zi bir o‘zakdan yasalgan. to‘g‘ri tuz so‘zidan o‘sgan, tuzuk ham shu so‘zga o‘zakdosh.

 

  O‘zbek tili lug‘at tarkibining asosini faol so‘z tashkil etadi. Bunday so‘zni shu tilda so‘zlashuvchi kishilar qanday shevaga, qaysi hududga, qaysi kasb yoki sohaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, cheklanmagan darajada ishlatadi.        Faol soz barcha so‘z turkumida mavjud. Masalan: 1) fe’l: ishlamoq, kelmoq, olmoq, ko‘rsatmoq, buyurmoq, saylamoq va hokazo; 2) ot: ota, ona, non, suv, stol, eshik, tog‘, yer, shamol, radio; 3) sifat: shirin, achchiq, qizil, ko‘k, katta-kichik, xunuk, go‘zal; 4)son: bir, o‘n, yuz, ming; 5) ravish: hamisha, ba’zan, ataylab, hozir, ilgari; 6) olmosh: kim, nima, qanday, nima qilib , qancha, shu, biz, hamma; 7) so‘z-gap: xo‘p, mayli, rahmat; 8) ko‘makchi: uchun, bilan, singari;9) bog‘lovchi: ham, va, bilan, ammo; 10) yuklama: faqat, xuddi, hatto. Faol so‘zning aksariyati umumturkiy va o‘zbekcha. Shu bilan birgalikda, ular orasida o‘zlashmalari ham ko‘p.

Faxri Kamolov – o‘zbek tilshunosligining fan sifatida, zamonaviy lingvistik soha bo‘lib shakllanishida munosib hissa qo‘shgan olim. U 1907 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘z tadqiqotlari bilan o‘zbek adabiy tilining leksik, fonetik, orfoepik me’yorlarini belgilash, o‘zbek alfaviti va imlosining, o‘zbek nutqi madaniyatining shakllanishi va takomillashuvida bebaho hissa qo‘shgan. Uning «Latinlashgan yangi o‘zbek alfaviti» (1929), «Maktablarda imlo o‘qitish metodikasidan qo‘llanma» (1929), «Orfografik mashqlar to‘plami» (1934), «Grammatika va orfografiya» (1934), «Sistemali diktantlar to‘plami» (1935), «Hozirgi zamon o‘zbek tili» (1953), «O‘zbek tili leksikasi» (1953), «Qo‘shma gaplarga doir masalalar» (1955), «Hozirgi zamon o‘zbek tili» (1957), «Oz’bek tilini o‘qitish metodikasi» (1958) kabi o‘rta va oliy ta’lim uchun yaratilgan darslik va qo‘llanmalari, ilmiy maqolalari 30-50-yillar o‘zbek tilshunosligining muhim yutug‘i bo‘lib qoldi.

Faxri Kamolovo‘z hayoti davomida o‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolariga bag‘ishlab 150 dan ortiq darslik, qo‘llanma, dastur, risola va maqolalar yaratgan zabardast olim edi. U malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda ham katta hissa qo‘shgan.

Olim 1966 yilda vafot etgan.

Frazeologik antonim(zid ma’noli ibora)lar bir-biriga teskari tushunchani ifodalaydi. Masalan: ko‘ngli joyiga tushdi-yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, qoni qaynadi-og‘zi qulog‘iga yetdi.Frazeologik antonimlarni belgilash iboralarning ma’nosini chuqurroq belgilashga, ko‘p ma’noli iboraning ma’nosini farqlashda muhim ahamiyatga ega. Tarkibidagi so‘zlar har xil zid ma’noli iboralarni topish oson: savol bermoq – javob qaytarmoq; yerga urmoq va ko‘kka ko‘tarmoq kabi. Ba’zi antonim iboralar tarkibidagi so‘zlar qisman farqlanadi: yuragi keng – yuragi tor; ko‘ngli ko‘tarildi – ko‘ngli cho‘kdi. Shunday bo‘lsa-da, ular antonim bo‘laveradi. Chunki frazeologik ma’no undagi ayrim so‘z asosida emas, balki so‘zlarning yaxlitligidan kelib chiqadi.

  Ko‘p ma’noli ibora boshqa iboraga har bir ma’nosi asosida antonimik munosabatda bo‘ladi. Mas., savol bermoq iborasi javob bermoq iborasining birgina ma’nosiga antonim, xolos. Qolgan ma’nolariga antonimik munosabatda bo‘lmaydi

Frazeologik lug‘at maxsus filologik lug‘atning bir turi, Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Toshkent, 1978) – uning mukammal namunasi. Bu lug‘atdan ayrim namuna keltiramiz:

Qulog‘(i)ga chalinmoq nima kimning? Biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. O‘xshashi: qulog‘(i)ga kirmoq.Erkaklar orasidagi gap Asalbibining qulog‘iga chalingan edi. Oybek. Oltin vodiydan shabadalar. Uzoqdan traktorning guvillagan ovozi quloqqa chalindi. R.Fayziy. Cho‘lga bahor keldi. (294-bet).

  Qurimoq – yostig‘ini quritmoq: yostig‘i quridi: tinka-madori quridi: tinkasini quritmoq: esim qursin (375-bet).

2007-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan B.Mengliyev, O.Boymatova va M.Xudoyberdiyevalarning “O‘zbek tili iboralari o‘quv lug‘ati” maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan.

Birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi: tepa sochi tikka bo‘ldi, sirkasi suv ko‘tarmaydi, o‘takasi yorildi, do‘ppisi yarimta, ikki gapning birida, boshga ko‘tarmoq va boshqalar. Shunday birlikni o‘rganuvchi soha – frazeologiya. Frazeologizmlar ibora, frazeologik birlik, frazeologik birikma atamalari bilan ham yuritiladi. Frazeologizmlar tashkil etuvchilarga ko‘ra qo‘shma leksemalar, so‘z birikmasi va gaplarga o‘xshaydi. Biroq ular ko‘proq qo‘shma leksemalar kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizmlar lisonda barcha lisoniy birliklarga xos bo‘lgan umumiylik tabiatiga ega bo‘ladi va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi. Frazeologizmlar lug‘aviy birlik bo‘lganligidan u nutq jarayonida gaplar tarkibida bir mustaqil so‘z kabi harakat qiladi- bir gap bo‘lagi yoki kengaytiruvchi sifatida keladi: 1.Madamin bo‘yniga qo‘yilgan aybnomadan tamom hovuridan tushdi. (P.Turs.) 2.Stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi (S.Zun.). 3. Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqaradigan bunday hodisalar hali ham onda-sonda ro‘y berib turibdi.(“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”). 4.Kavushini to‘g‘rilab qo‘yish kerak. (As.Mux.) 1- va 2- gaplarda frazeologizmlar gap markazi-kesim mavqeida, 3-gapda so‘z kengaytiruvchisi aniqlovchi va 4- gapda butun bir egasiz gap vazifasida kelgan.

Frazeologizmlar tashqi ko‘rinishi jihatidan so‘z birikmasi va gap ko‘rinishida bo‘ladi. So‘z birikmasi ko‘rinishidagi frazeologizmlar: ko‘ngli bo‘sh, enka-tinkasini chiqarmoq, jig‘iga tegmoq, bel bog‘lamoq, kir izlamoq, terisiga sig‘may ketmoq va hokazo. Gap tipidagi frazeologizmlar «gap kengaytiruvchisi+kesim» qolipi mahsulidir: istarasi issiq, ichi qora, labi-labiga tegmaydi, ko‘ngli ochiq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, kapalagi uchib ketdi, po‘konidan yel o‘tmagan, tepa sochi tikka bo‘lmoq va hokazo.

Ayrim leksik birliklar frazeologizmlarning tadrijiy taraqqiyoti mahsulidir: dardisar, toshbag‘ir, boshog‘riq. Demak, leksemalar hosil bo‘lish manbalaridan biri frazeologizmlar.

Frazeologizmlar, asosan, belgi va harakat ifodalaydi. Demak, ular grammatik jihatdan belgi va harakat bildiruvchi so‘z turkumlariga mansub. Fe’l turkumiga mansub frazeologizm: me’dasiga tegmoq, yaxshi ko‘rmoq, holdan toymoq, sabr kosasi to‘lmoq, tepa sochi tikka bo‘lmoq, og‘ziga talqon solmoq, podadan oldin chang chiqarmoq; sifat turkumiga mansub frazeologizm: ko‘ngli bo‘sh, rangi sovuq, yuragi toza, avzoyi bejo, dili siyoh, kayfi buzuq; ravish turkumiga mansub frazeologizm: ipidan-ignasigacha, ikki dunyoda ham, miridan-sirigacha, ha-hu deguncha; so‘z-gaplarga mansub frazeologizm: turgan gap, shunga qaramay, katta gap.

Frazeologizmlar leksik birliklar kabi qo‘llanish darajasi nuqtayi nazaridan ham tasnif qilinadi. Bunga ko‘ra, umumiste’mol frazeologizmi (holdan toymoq, shunga qaramay, ro‘yobga chiqmoq) va qo‘llanilishi chegaralangan frazeologizm farqlanadi. Qo‘llanilishi chegaralangan frazeologizm qo‘llanilish davri (eskirgan va zamondosh) va doirasi (dialektal, ilmiy, badiiy so‘zlashuv) bilan ham ma’lum bir tafovutga ega. Eskirgan frazeologizm: alifni kaltak demoq, aliflayloni bir cho‘qishda qochiradigan, dastin aliflom qilib, kallasini xam qilib, yeng silkitmoq; dialektal frazeologizm: alag‘da bo‘lmoq (xavotir olmoq) ko‘ngli tob tashladi (ezildi), halak bo‘lmoq (ovora bo‘lmoq), qumortqisi quridi (intiq bo‘lmoq); ilmiy frazeologizm: nazar tashlamoq, ko‘zga tashlanmoq, chambarchas bog‘lanmoq, to‘g‘ri kelmoq, imkoniyatlar doirasi, qulay qurshov; badiiy frazeologizm: sabr-kosasi to‘lmoq, og‘zining tanobi qochmoq, og‘zidan bodi kirib, shodi chiqmoq, qildan qiyiq axtarmoq, six ham kuymasin, kabob ham, boshida yong‘oq chaqmoq; so‘zlashuv frazeologizmi: arpasini xom o‘rmoq, yerga urmoq, yuragi qon, ko‘zi tor, ko‘zi och, boshi ochiq. Frazeologizmning aksariyati badiiy va so‘zlashuv nutqiga xos.

Frazeologizm ham, xuddi so‘z kabi, shakl va ma’no butunligiga ega. So‘zning shakliy tomoni tovushdan iborat bo‘lsa, frazeologizmning shakliy tomonini so‘z tashkil etadi: rahmdil (r+a+h+m+d+i+l) – ko‘ngli bo‘sh (ko‘ngli+bo‘sh) xursand (x+u+r+s+a+n+d) – boshi osmonga yetdi (boshi+osmonga+yetdi).

Frazeologizm tarkibidagi so‘z ma’no butunligiga ega emas. Frazeologizm so‘z yig‘indisining ko‘chma ma’nosiga asoslanadi. Shuning uchun frazeologizm tarkibidagi bir necha so‘z bir butunligicha gap bo‘lagi vazifasida keladi: Ko‘z ochib-yumguncha necha ming piyoda va suvoriy kishilar paydo bo‘ldi. (A.Qah.) Ko‘z ochib-yumgunchafrazeologizmining ma’nosi «juda tez» va gapdagi vazifasi – payt holi.

Lug‘aviy birlik sifatida frazeologizm so‘zga xos bir qator xususiyatga ega.

Frazeologizmning ma’no tarkibi. Frazeologizmning ma’no tarkibi frazeologik va qo‘shimcha ma’nodan iborat. Frazeologizmdan anglashiladigan belgi, miqdor va harakat kabilar haqidagi ma’lumot frazeologik ma’no deyiladi. Mas., Qizim boshimni osmonga yetkazdi(A.Qah.). Endi to‘rtinchi rotani ham ratsiya bilan ta’min qilsak, oshiq olchi bo‘lardi (I.Rah.). Birinchi gapda harakat («juda xursand qildi»), ikkinchisida belgi («juda yaxshi») ifodalangan. Bu frazeologik ma’no. Frazeologizmlarning atash ma’nosi biror so‘zning atash ma’nosiga teng, lekin qo‘shimcha ma’nosi so‘zda ko‘pincha bo‘lmaydi yoki iboranikidan kuchsiz bo‘ladi. Mas., xufiya so‘zi va yeng ichida frazeologizmining atash ma’nosi bir xil. Ammo frazeologizmda uslubiy va hissiy ma’no mavjud. Frazeologik ma’no obrazli va jozibali bo‘ladi. Shu xususiyati bilan leksik ma’noli so‘zdan farqlanadi. Chog‘ishtiring: xufiya – yeng ichida, beqiyos – yer bilan osmoncha, xursand – og‘zi qulog‘ida.Ayrim frazeologizm bildirgan ma’noni bir so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi: Qildan qiyiq topib, janjal chiqarardi, qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarib qo‘ydi. Frazeologik ma’no frazeologizm tarkibidagi biror so‘zning ko‘chma ma’nosiga asoslanishi (shirin so‘z, achchiq gap, ishning ko‘zi, gapning tuzi) yoki tarkibidagi qismlarning umumiy ma’nosiga tayanib ko‘chma ma’no ifodalashi mumkin (og‘zi qulog‘ida, bel bog‘lamoq, og‘iz ochmoq, tili tutildi, temirni qizig‘ida ur). Yoxud tarkibidagi qismning ma’nosiga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan ma’no anglatadi (boshi osmonga yetdi, tepa sochi tik bo‘ldi, yulduzni benarvon uradi, yuragiga qil sig‘maydi). Frazeologizm tarkibidagi so‘z boshqa oddiy birikmadagi so‘zga shaklan o‘xshab qolishi mumkin: 1.Qodirqul mingboshining bundaqangi ishlarga suyagi yo‘q (H.Hak.). – Bu go‘shtning suyagi yo‘q. 2.Mirzakarimboyning qo‘li uzun, bu ishlarni uddalaydi (Oyb.). – Basketbolchining qo‘li uzun edi. Bunday holda frazeologik ma’no matnga qarab aniqlanadi. Frazeologizmning qismi qat’iy bir qolipga kirib ketganligi uchun uni bir tildan ikkinchi tilga so‘zmaso‘z tarjima qilib bo‘lmaydi. U tarjima fikr chalkashligiga olib keladi.

Frazeologizmning ham so‘z kabi shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turi mavjud.

 

G‘ozi Olim Yunusov 1893- yilda Toshkentda xizmatchi oilasida tug‘ildi. Boshlang‘ich ma’lumotni ham shu yerda olgach, 1908- yilda Qohiraga borib o‘qidi, 1914- yildan esa Turkiya universitetida tahsil ola boshladi.

Tilshunos dastlab 1923- yilda chet eldan qaytgach, jamoat ishlarida ishlab, tarjima bilan ham shug‘ullandi. Keyinchalik Samarqandda Til va terminologiya komitetida faoliyat ko‘rsatdi va filologiya fakultetida dars berdi. 1931- yili Toshkentga qaytdi. U yerda ham filologiya fakultetida ishlab, tilshunoslik seksiyasini boshqardi.

G‘.O.Yunusovga 1930- yildayoq Sharqshunoslik instituti tomonidan professorlik unvoni berilgan.

G‘.O.Yunusovning ilmiy-pedagogik faoliyati ko‘p qirrali va sermahsul bo‘lgan. Buni olimning tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folkloristika, etnografiya, tarix, arxeologiya, huquqshunoslik, falsafa kabi sohalarda qalam tebratganidan bilish mumkin. U juda ko‘p tillarni bilgan.

Olim o‘z xalqining hayoti, ayniqsa, tili, yozma va og‘zaki adabiyoti bo‘yicha ko‘p materiallar to‘plashga muyassar bo‘lgan, shu materiallar asosida “O‘zbek lahjalarini tasnifda bir tajriba” (1936), “O‘zbek urug‘laridan qatag‘onlar va ularning tili” (1930), “O‘zbek tili grammatikasi” (1936, qo‘lyozma) kabi asarlar yaratgan. 1922- yilda “Alpomish” dostonini ham birinchi bo‘lib G‘.O.Yunusov yozib olgan.

Atoqli olim qizqa, lekin sermazmun hayot ko‘rdi. Uning boy lingvistik, folklorshunoslik va etnografik merosi o‘zbek milliy madaniyati, tili xazinasidan munosib o‘rin olgan.

G‘.O.Yunusov 1939- yilda vafot etdi.

Ko‘p ma’nolilik – nutq jarayonida til birliklarining birdan ortiq ma’no bildirish hodisasi. Mas., kitob so‘zi ko‘p ma’noli so‘z: 1) «varaqdan tashkil topgan va muqovalangan, bosma yoki qo‘lyozma holidagi o‘quv quroli»; 2) «katta hajmli asarning qismi, bo‘limi”. Yoki qo‘zichoq so‘zi «qo‘yning bolasi» va «aziz farzand» ma’nosiga ega. Ko‘p ma’noli so‘zlarda, qo‘shimchalarda, iboralarda, tasviriy ifodalarda bo‘lishi mumkin. (q. Ko‘p ma’noli so‘z, Ko‘p ma’noli ibora, Ko‘p ma’noli qo‘shimcha.)

Bir ma’nolilik tilda kam va termin, biror soha, kasb-hunar atamasi, shuningdek, yangi paydo bo‘lgan so‘zga daxldor. Yangi so‘z (neologizm) ham davr o‘tishi bilan boshqa ma’no ham kasb eta boshlashi mumkin. Mas., hakker so‘zi neologizm, «kompyuter programmasi buzuvchisi» ma’nosiga ega. U ayni paytda «umuman buzg‘unchi» ma’nosini ham anglatmoqda. Ko‘p ma’noli so‘z metafora, metonimiya, vazifadoshlik, sinekdoxa usullari bilan hosil bo‘ladi.

Ko‘p ma’noli so‘z. Nutq jarayonida birdan ortiq ma’no bildiradigan so‘z ko‘p ma’noli so‘z. Tildagi so‘zning ancha qismi ko‘p ma’noli, chunki kishi o‘zining kundalik hayotida yangi paydo bo‘lgan tushunchaning har biri uchun alohidaalohida so‘z qo‘llayveradigan bo‘lsa, uning soni o‘ta ko‘payib, xotirada saqlash mumkin bo‘lmay qoladi. Natijada tildan foydalanish ham qiyinlashadi.

Har qaysi tilda sanoqli til birligining turli xil birikuvidan cheksiz tushuncha va fikrni ifodalashga harakat qilinadi. Ana shunday harakat tufayli tilda ilgari mavjud bo‘lgan so‘zga yangiyangi ma’no yuklanadi. Natijada ko‘p ma’noli so‘z hosil bo‘ladi. Mas., tosh so‘zi dastlab «suv ta’sir qilmaydigan qattiq yoki mo‘rt holdagi tabiiy jins» ma’nosiga ega bo‘lgan: Yo‘lda tosh yotibdi. Keyinchalik so‘zdagi «qattiqlik» ma’no qirrasi faollashib, “g‘am ham yemira olmaydigan” ma’nosi vujudga kelgan: Tosh ekan boshim.

Nutq jarayonida ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi so‘z ko‘p ma’noli yoki polisemantik so‘z, ko‘p ma’nolilik hodisasi esa polisemiya deyiladi. Polisemiya yunoncha poli «ko‘p», semio «ma’no» so‘zidan olingan, ko‘p ma’noli demakdir. Polisemiya monosemiya (yunoncha mono bir, semio ma’no)ga zidlanadi.

Qo‘shimcha (hissiy va uslubiy) ma’no so‘zni ko‘p ma’noli qila olmaydi. Chunki u o‘zi alohida tushunchani ifodalamaydi, balki tushunchaga biror qo‘shimcha ma’no orttiradi. Ko‘p ma’nolilikka birinchi anglatgan tushuncha va tasavvurdan tashqari boshqasini anglatish asos qilib olinadi.

Ko‘p ma’noli so‘z qancha ma’noni bildirmasin, baribir o‘sha predmet, hodisa, harakat orasida aloqa, umumiy belgi mavjud bo‘lishi shart. Mas., belso‘zi uch predmetni anglatadi, ammo ular orasidagi o‘xshashlikka asoslangan umumiy (“o‘rta qism”) belgisi mavjudligi birbiri bilan bog‘lab turadi. Qiyoslang: 1) Avazxon olmos po‘latni beliga boylab, otning beliga mindi; 2) Ezilib ketadi tog‘larning beli.

Ko‘p ma’noli so‘zda ma’no qancha bo‘lsa ham, u bir so‘z hisoblanaveradi. Ko‘chma ma’no nutq tarkibida boshqa so‘z bilan bog‘langanda namoyon bo‘ladi, so‘z nutq tarkibidan chiqarilganda o‘z ma’nosi qoladi. Mas., tosh so‘zi nutq qurshovidan ajratib olinsa, «suv ta’sir qilmaydigan qattiq yoki mo‘rt holdagi tabiiy jins» ma’nosini anglatadi.

Har qanday ko‘p ma’noli so‘z gapning ichida faqat bir ma’noni anglatadi. Chunki bunda so‘zlovchi bir ma’noni nazarda tutadi va gapdagi qo‘shni so‘z ham boshqa ma’noni yuzaga chiqarmaydi.

            Ko‘p ma’noli ibora. Ko‘p ma’noli iborabirdan ortiq ma’noga ega. Mas., Bosh ko‘tarmoq: 1) «sekin sog‘aymoq»; 2) «sekin qaramoq»; 3) «qo‘zg‘olon qilmoq»; o‘ziga kelmoq: 1) «sekinlik bilan tushunmoq»; 2) «sekinlik bilan sog‘aymoq»; ko‘zi ochildi: 1) «qoqilib tushdi»; 2) «ko‘rdi».

Ko‘p ma’noli iboraningqaysi ma’nosi voqelanayotganligi matndan anglashiladi.

  Ko‘p ma’noli qo‘shimcha. Ko‘p ma’noli qo‘shimchabirdan ortiq ma’no anglatadi. Mas.,-chilik qo‘shimchasini olaylik. Darslik va qo‘llanmada uning quyidagi uch ma’nosi farqlanadi: 1. Asosdan anglashilgan narsa yetishtiriladigan sohani ifodalovchi ot: paxtachilik, urug‘chilik, chorvachilik, uzumchilik.2. Asosdan anglashilgan narsa-hodisaning borlik holatini bildiruvchi ot: pishiqchilik, mo‘lchilik, arzonchilik. 3. Asosdan anglashilgan tushuncha bilan bog‘liq bo‘lgan ishni bildiruvchi ot: ulfatchilik, tirikchilik, dushmanchilik. Aksariyat qo‘shimcha – ko‘p ma’noli. Tilda qo‘shimchaning kamligi uning ko‘p ma’noli bo‘lishiga olib kelgan.

 

Ko‘p ma’noli qo‘shimchaga misol:

Qo‘shimcha

Misol

-li

aqlli (mavjudlik), yog‘li (ortiqlik), o‘tirishli (moslik)

-ma

qovurma (harakat natijasi), burama ( odatdagi xususiyat)

-la

moyla (ega bo‘ldirish), randala (vosita bilan), bolala (paydo qilish)

-chilik

paxtachilik (soha), to‘kinchilik (mavjudlik), tirikchilik (holat)

-dor

Aybdor (mavjudlik), bo‘ydor (ortiqlik)

-no

noumid (ega emaslik), nomard (qarama-qarshilik)

-be

beg‘ubor (yo‘qlik), beg‘am (kamlik)

-siz

Asossiz (ega emaslik), madorsiz (kamlik)

-lik

otalik (qarindoshlik), bolalik (holat), mudirlik (kasb-hunar)

 

 

Leksikologiya(yunoncha lexis – so‘z, logos – ta’limot) «so‘z haqida so‘z», «so‘z haqida ta’limot» demakdir. So‘zning lug‘aviy ma’nosi, lug‘aviy ma’no turi, so‘zning shakl va ma’no munosabati, lug‘at tarkibidagi faol va nofaol so‘z, tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi, so‘zning hissiy va uslubiy xususiyati kabini o‘rganadi. So‘zda qanday lug‘aviy ma’no munosabati bo‘lsa, barchasini leksikologiya tekshiradi. Anglashiladiki, leksikologiya – tilning so‘z boyligi, lug‘at tarkibi, so‘zning lug‘aviy ma’nosi, so‘z ma’nosining o‘zgarishi, ya’ni kengayishi, torayishi va ko‘chishi, so‘zning shakli va ma’no munosabati, qo‘llanish davri va doirasiga ko‘ra turini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi soha. Leksikologiya semasiologiya, frazeologiya, etimologiya, leksika kabi sohani o‘z ichiga oladi. 1. Semasiologiya so‘zni ma’no jihatdan o‘rganadi. Unda so‘zning ma’no turi, lug‘aviy va grammatik ma’no, bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, o‘z va ko‘chma ma’no kabilar tadqiq qilinadi. 2. Frazeologiya ibora va uning ma’no tarkibi, turi kabilar bilan shug‘ullanadi. 3.Etimologiya so‘zning kelib chiqishi masalasi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Yasama, qo‘shma va xorijiy tildan o‘zlashtirilgan so‘z bilan ham qiziqadi. Etimologiya so‘zning har ikki tomoni – ya’ni shakli va ma’nosini hisobga oladi. 4. Leksika tildagi so‘zning lug‘at tarkibini – o‘z va o‘zlashgan qatlam, faol va nofaol so‘z, so‘zning qo‘llanish davri va doirasiga ko‘ra turini o‘rganadi. Bundan tashqari, leksikologiya onomasiologiya, toponimika, onomastika kabi bo‘limni ham o‘z ichiga oladi. Bu bilan ko‘pincha tilshunoslik mutaxassisi shug‘ullanadi. Leksikologiya tilshunoslikning boshqa bo‘limlari bilan bevosita bog‘langan. Tovush bo‘lmasa, so‘z bo‘lmaydi. Bu leksikologiyaning fonetikaga aloqasini ko‘rsatadi. So‘z bo‘lmasa, grammatikaning ham bo‘lishi mumkin emas. Bu leksikologiya va morfologiya aloqasiga dalil. So‘zni nutqda maqsadga muvofiq qo‘llash nazarda tutilsa, leksikologiya uslubiyat bilan ham uzviy bog‘lanadi. Demak, leksikologiya tilning barcha bo‘limi bilan uzviy aloqador.

 

Mazkur tillar oilasiana’anaga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi: indonez, polinez, melonez va mikronez tillari. Mazkur tillar o‘zagini malay, polinez tillari tashkil qiladi. Malay-polinez tillari oilasi avstronez tillari ham deb yuritiladi. Hozirgi tasniflarda Tayvan avstronez tillari qolgan avstronez tillariga qarama-qarshi qo‘yiladi. Ulardan Okeaniya (sharqiy avstronez) shoxobchasi ajralib turadi.

Maqol grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi mahsuli bo‘lgan barqaror birikma.To‘g‘ri o‘zadi, egri ozadi. Ko‘ngli qoraning yuzi qora.Maqollar yaxlit holda yashaydi va xalqning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Maqolning aksariyati qo‘shma gap shaklli bo‘ladi: 1. O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l. 2. Bekorchining beti yo‘q, qozon osar eti yo‘q. 3. Bodom po‘sti bilan, odam do‘sti bilan. 4.Kamtar bo‘lsang osh ko‘p, manman bo‘lsang, tosh ko‘p.Sodda gap tipidagi maqol ham tilda ancha: 1. Bir tariqdan bo‘tqa bo‘lmas. 2. Arg‘amchiga qil quvvat. 3. Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r. To‘liqsiz gap shaklli maqol ham ko‘p uchraydi: 1. Arslon izidan qaytmas, yigit so‘zidan(qaytmas). 2. Oltin o‘tda bilinadi, odam mehnatda(bilinadi). Maqol tugal fikr bildirishi, ibora bir so‘zga teng tushuncha anglatishi, matal esa ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapdek «chala» fikr ifodalashi bilan o‘zaro farqlanadi. Mazmuni obrazli va ko‘chma xarakterda bo‘lishi bilan o‘xshash.

Maxsus filologik lug‘at– tor o‘quvchilar ommasi, tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchi va boshqa ayrim ilmiy tadqiqotchilarga mo‘ljallangan lug‘at turi. O‘zbek tilining morfem, chastotali, ters, o‘zlashma so‘zlar, frazeologizmlar, sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektizmlar, terminologik, etimologik lug‘atlari shular jumlasidan.

Morfologik tahlilso‘zlarni turkumlarga ajratib, ularning shakllari va xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan amaliy izohlash. Unda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 1. Ifodalaydigan kategorial umumiy ma’nosiga ko‘ra qaysi turkumga mansubligi. 2.Shu so‘z turkumining qaysi lug‘aviy-mazmuniy guruhga mansubligi aniqlanadi. 3. Grammatik shakli – lug‘aviy va sintaktik shakllari. 4. Tuzilishiga ko‘ra turlari. 5. Gapdagi vazifasi.

Namuna:      Men nechun sevaman O‘zbekistonni,

                            Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo. (A.Orip.)

Tuprog‘in – ot, turdosh ot, III shaxs birlik, tushum kelishigining qisqargan poetik varianti, sodda, vositasiz to‘ldiruvchi. Ko‘zimga – ot, turdosh ot, I shaxs birlik, jo‘nalish kelishigi, sodda, to‘ldiruvchi.Aylab to‘tiyo – fe’l, harakat fe’li, qo‘shma fe’l – to‘tiyo aylab – so‘z tartibi poetik talabga ko‘ra o‘zgargan, ravishdosh shakli, aniq nisbat, xabar mayli, bo‘lishli, o‘tgan zamon shakli, qo‘shma, ravish holi.

 

Morfologik yozuv (tamoyil, prinsip)– o‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda yuz beradigan tovush o‘zgarishini inobatga olmay yozishga asoslangan imlo tamoyilidan biri. Mas., uchta so‘zi ushta, kelib turibdi so‘zi kep turibti tarzida aytiladi. Ammo ular asliga muvofiq uchta, kelib turibdi tarzida yoziladi. Yoki lar qo‘shimchasining la, lor, nor holida aytilishiga qaramay, asl holati yoziladi. Fe’lning noaniq shakli moq qo‘shimchasi og‘zaki nutqda mak aytilsa ham, moq yoziladi. Hozirgi orfografiya talabi bo‘yicha qo‘shimchaning deyarli hamma shakli morfologik yozuv bo‘yicha yoziladi: egalik affiksi: im, ing, i, kelishik affiksi: ning, ni, da, dan, so‘z yasovchi ham turlicha aytilishidan qat’i nazar imloda o‘zining asl morfologik shaklini saqlaydi. Morfologik yozuv so‘z va morfemani adabiy tilda yagona shaklda saqlash va yozishga ko‘maklashadi, yozuvda bir xillikni ta’minlaydi. (q. Fonetik yozuv).

 

Morfologiya (morpheva logos– "shakl haqidagi fan") – grammatikaning so‘z turkumi, unga xos grammatik kategoriya va grammatik shakl, bu shaklni hosil qilish yo‘li va vositasini o‘rganuvchi tarkibiy qismi.

Morfologiyaning obyekti, asosan, so‘zning shakl yasalishi masalasi. So‘zning shakl yasovchi qo‘shimcha va nomustaqil so‘zni olishi shakl yasalishi, o‘zgarishi deyiladi. Mas., kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan, kitob uchun, kitob bilanso‘zlari kitob so‘zining kelishik qo‘shimchasi va ko‘makchi asosidagi o‘zgarishi.

Mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zatash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlar. Bunday so‘zlar mustaqil so‘roq qabul qilib gapda turli gap bo‘lagi vazifasida kela oladi. Fe’l, ot, sifat, son, ravish turkumiga mansub so‘zlar mustaqil atash ma’nosiga ega bo‘ladi.

 

Nutqimizda ishlatiladigan barcha so‘zlar mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydi. Atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z mustaqil lug‘aviy ma’noli, atash ma’nosiga ega bo‘lmaydigan so‘zlar nomustaqil ma’noli so‘z deyiladi. Mustaqil so‘zdan olmosh, alohida olingan so‘zdan undov, modal va taqlid atash ma’nosiga ega emasligi bilan xarakterlanadi.

Nutq a’zosinutq tovushini hosil qilishda ishtirok etadi, ularning jami nutq apparati deyiladi. Nutq apparati tuzilish nuqtayi nazaridan 4 ga bo‘linadi:1.Nafas apparati: o‘pka, diafragma,bir juft bronx,nafas yo‘li; 2.Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i: halqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‘ay,un paychasi; 3. Og‘iz bo‘shlig‘i: til, tanglay, kichik til,lab, tish; 4.Burun bo‘shlig‘i. Tovush hosil qilishdagi faoliyatiga ko‘ra 2 xil: 1. Faol a’zo: tovush paychasi, kichik til, til, yumshoq tanglay, pastki jag‘, lab; 2. Nofaol a’zo: yuqori jag‘, tish, qattiq tanglay, burun bo‘shlig‘i. Quyida ularning muhimlari tavsiflanadi.

          Diafragma – ko‘krak qafasi bilan qorin bo‘shlig‘i o‘rtasidagi muskul paydan iborat, nofaol nutq a’zosi hisoblanadi. Diafragma qisqarishi va kengayishi bilan nafas olish va nafas chiqarishni yengillashtirishga xizmat qiladi.

O‘pka –odam, quruqlikda yashovchi hayvonlar va ba’zi baliqlarning havodan nafas olish a’zosi. Odamda o‘pka bir juft, ko‘krak qafasining ikki tomonida joylashgan. O‘pka passiv nutq organi hisoblanadi.

Bronx – nofaol nutq azosi, odam kekirdagining havo o‘tadigan naysimon tarmoqlari. Kekirdak o‘ng va chap bronxga bo‘linadi. O‘pkadan chiqayotgan havo bronx orqali kekirdakka uzatiladi.

Bo‘g‘iz nafas a’zolarining burun bo‘shlig‘idan keyingi qismi; ovoz chiqarish va nofaol nutq a’zosi. Nafas olish va tovushnnig ravon chiqishini ta’minlaydi. Shuningdek, unli va hundosh tovushining hosil bo‘lish o‘rni.

Og‘iznutq tovushi hosil bo‘lishining so‘nggi bo‘limi. Old va yon tomonlari lunj bilan, yuqoridan yumshoq va qattiq tanglay, pastdan til osti muskullari bilan chegaralangan, orqa tomondan toq teshik, yani tomoq orqali halqum bo‘shlig‘iga tutashadi. Barcha unli va hdan boshqa undoshlar o‘zaro og‘iz bo‘shlig‘ida farqlanadi.

Burun –nofaol nutq a’zolaridan biri. Ovoz chiqarish va so‘zlashda rezonator vazifasini o‘taydi (ovozni kuchaytiradi va unga ohang beradi). Burun bo‘shlig‘i yondosh bo‘shliqlarga bo‘linadi, ular esa burun bo‘shlig‘iga tor teshiklar orqali ochiladi. Shuningdek, burun bo‘shlig‘i nafas olish, hid bilish vazifalarini bajaradi. Burun bo‘shlig‘im, n, ng tovushlarini hosil qilishda faollashadi.

Jag‘ – odam yuz skeletidagi eng yirik suyak. Yuqori va pastki jag‘larga bo‘linadi. Jag‘nutq tovushini hosil qilishda ishtirok etuvchi nofaol a’zo.

Tanglay – passiv nutq a’zosi, burun va og‘iz bo‘shlig‘ini bir-biridan ajratib turadi. Tanglay ikkiga ajraladi: a) qattiq tanglay; b) yumshoq tanglay. Tanglayning kichik tilga tutashgan qismi yumshoq tanglay, yuqori tishdan ungacha bo‘lgan qismi qattiq tanglay deyiladi. Yumshoq tanglay til va halqum bilan birlashadi. Unlilarning hosil bo‘lishida tilning tanglayga yaqinlashishi yoki uzoqlashishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, undoshlarning aksariyati talaffuzida ham tanglay ishtirok etadi.

Tish ayrim undosh tovushlarni talaffuz qilishda ishtirok etuvchi a’zo. Tovushlarni talaffuz qilishda tish boshqa a’zolar, xususan, til, lab bilan qatnashadi. Shu boisdan lab-tish (f) tovushi ajratiladi. Boshqa undoshlarda ham tish ishtirok etsa-da, biroq tasniflarda u qayd etilmaydi. Mas., l, s, sh, z kabi undoshlar talaffuzida bevosita ishtirok etadi. Tish kasalligi, tishning noto‘g‘ri parvarishi noto‘gri qo‘yilgan sun’iy tishlar tovush talaffuzini buzadi.

Til – odam va umurtqali hayvonlar og‘iz bo‘shlig‘idagi muskulli organ. Odamda ovqatni chaynash, yutish bilan birga gapirishda qatnashadi.

Lab – og‘iz bo‘shlig‘ining kirish qismini tashkil etadigan muskul teri burmalari bo‘lgan faol nutq a’zosi. So‘zlashda talaffuzning to‘g‘ri va ravon bo‘lishini ta’minlaydi. O‘zbek tilidagi 5 ta undoshni (b, p, v, f, m) hosil qilishda qatnashadi, unlilarning lablanishini ta’minlaydi (u, o‘, o).

«O‘zbek tili frazeologizmlarining izohli lug‘ati» – turg‘un birikmalar bo‘lgan frazeologizm (ibora)larni o‘z ichiga jamlagan filologik lug‘at turi. Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Toshkent, 1978) bunday lug‘atning mukammal namunasi.

Lug‘at ikki qismdan iborat, birinchi qismda iboralar tavsiflansa, ikkinchi qismda iboralar tarkibida qatnashuvchi har bir so‘z alifbo tartibida berilib, bu so‘z qatnashuvchi turli iboralar keltiriladi. Lug‘atdan namuna:

Qulog‘i(i)ga chalinmoq nima kimning? Biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. O‘xshashi: qulog‘(i)ga kirmoq.

Erkaklar orasidagi gap Asalbibining qulog‘iga chalingan edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar. Uzoqdan traktorning guvillagan ovozi quloqqa chalinadi. R.Fayziy. Cho‘lga bahor keldi. (294- bet)

«O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati» maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at U.To‘rayeva va D.Shodmonova tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1300 ga yaqin antonimik juftlikni qamrab oladi. Tuzuvchilar zid ma’noli so‘zlarni strukturasiga ko‘ra quyidagicha tasniflashgan:

1)    har xil o‘zakli zid ma’nolilar: katta-kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat;

2)    bir xil o‘zakli zid ma’nolilar: madaniyatli-madaniyatsiz, aqlli-aqlsiz, ongli-ongsiz;

Lug‘atda zid ma’noli so‘zlar juftlashtirib berilgan:

aniq-noaniq

axloqli-axloqsiz

bahorgi-kuzgi

kabi. Bunda bir so‘zga bir ma’nodoshlik qatoridagi barcha so‘z zidlanishi mumkin:

  abjir – lavang, landavur, lapashang, noshud, og‘zidagi oshini oldiradigan, uquvsiz, sustkash, tepsa-tebranmas, epashang.

  Agar so‘z ko‘p ma’noli, har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa so‘zga zidlansa, zidlari nuqtali vergul bilan ajratilgan:

  ajraldi – qo‘shildi; yarashdi kabi.

Olmosh – aniq atash ma’nosiga ega bo‘lmasa-da, gap tarkibida biror so‘roqqa javob bo‘ladigan, ma’lum gap bo‘lagi vazifasida kelib, barcha mustaqil so‘z, undov, taqlid so‘z, ba’zan so‘z birikmasi, gap, hatto matn o‘rnida qo‘llanadigan, ularga ishora qiladigan mustaqil so‘z turkumi.

Ma’noviy xususiyati. Olmosh umumiyvamavhumma’nobildiradi. Shuningdek, uning bir qismi so‘roq so‘zidan iborat.Olmoshanglatganma’nomatndaoydinlashadi: 1) ot o‘rnida: Mahbuba (ot) o‘qiydiMen (olmosh) o‘qiyman. Ukam (ot) keldiU (olmosh) keldi; 2) sifat o‘rnida: qiziq (sifat) kitob shunday (olmosh) kitob, qanday (olmosh) kitob; 3) son o‘rnida: o‘nta(son) qalam shuncha (olmosh) qalam, qancha (olmosh) qalam; 4) fe’l o‘rnida: kitobni o‘qimoq (fe’l) –kitobni nima qilmoq (olmosh); 5) ravish o‘rnida: bugun (ravish) keldiqachon (olmosh) keldi; 6) taqlid o‘rnida: taq-tuq (taqlid) ovozqanday (olmosh) ovoz, shunday (olmosh) ovoz; 7) so‘z birikmasi o‘rnida: insho yozmoq (so‘z birikmasi) – nima qilmoq (olmosh); 8) gap o‘rnida: Istagim shuki (olmosh), dunyoda tinchlik bo‘lsin (gap).

Morfologik belgisi. Olmosh morfologik jihatdan o‘zgaradi: o‘zlari, shunaqaroq. Olmosh yasalmaydi, ammo ayrim ot, sifat, fe’l, sodda va qo‘shma ravishning yasalishi uchun asos bo‘la oladi: 1) ot: manmanlik, butunlik, o‘zlik; 2) sifat: hammabop, bizbop. 3) fe’l: mensimoq, sensiramoq, senlamoq, sizsiramoq, sizlamoq, o‘zlashmoq; 4) ravish: har doim, har kuni, har yili, o‘zicha, o‘zo‘zidan.

Olmosh qaysi turkumga xos so‘zni almashtirsa, shu turkumning morfologik xususiyatiga ega bo‘ladi:

1) otning morfologik xususiyatiga egalik: a) birlik: men, sen, kim; b) ko‘plik: kimlar, ular (Olmosh otning kichraytirish shaklini olmaydi. Ayrim holda -gina erkalash shaklini oladi: Shuginamni o‘ylayman);

2) sifatning morfologik xususiyatiga egalik: daraja: shunaqaroq;

3) sonning morfologik xususiyatiga egalik:a) tartib: nechanchi; b) dona: nechta; d) chama: nechtalar; e) taqsim: nechtadan; f) jamlovchi: nechov;

4) fe’lning morfologik xususiyatiga egalik: a) nisbat: nima qilishdi, shunday qildirdi; b)ravishdosh: nima qilgach, shunday qilib; d) sifatdosh: nima qilgan, shunday qilajak.

Olmosh o‘zi almashtiruvchi so‘zning barcha morfologik xususiyatiga ega bo‘la olmaydi. Mas., kishilik olmoshi ot o‘rnida qo‘llansa-da, egalik qo‘shimchasini qabul qilmaydi.

Sintaktik belgisi.Olmosh gapda barcha bo‘lak vazifalarda kela oladi. Uning muhim sintaktik belgisi – aniqlovchi olmasligi, belgi bildiradigan so‘zlarni tobelantirmasligi.

Olmosh nutqni ixcham ifoda qilishning muhim vositasi: Hamma kirsin. Bularni yig‘ishtiring. Olmosh mustaqil turkum bo‘lsa-da, o‘ziga xos so‘rog‘i va xoslangan vazifasi yo‘q. U qaysi turkumga xos so‘zni almashtirsa, shu turkum so‘rog‘ini oladi va shu turkumga xos vazifani bajaradi: 1) ega: Men kecha Stokgolmdan keldim; 2) otkesim: Firma rahbari o‘zim; 3) sifatlovchianiqlovchi: Qanaqa surat chizding? 4) qaratqichaniqlovchi: Sening familiyang nima?5) to‘ldiruvchi: Kimga kimni maqtading? 6) hol:Majlis qachon boshlandi?7) kirish so‘z: Menimcha, ishni bugun tugatish kerak.

Uslubiy belgilari.a)U, bu, shuolmoshlari o‘rnida birso‘zi (yoki bir xilso‘zi) qo‘llanadi: Bir (shunday) chamanki, atrofida bulbul giryon. Bir xil (shunday) odam tushunmaydi; b) menolmoshi o‘rnida kamina, sizo‘rnida o‘zlariso‘zi qo‘llanadi: Bu ishda kaminaning zarracha tajribasi yo‘q. Siz va’da bergan edingiz – O‘zlari va’da bergan edilar; d) ilmiy ish, rasmiy hujjat, yig‘ilishlarda menolmoshi o‘rnida bizishlatiladi: Bizning (mening) bu ilmiy ishimizda ko‘rsatish olmoshining xususiyati haqida so‘z yuritiladi; e) hurmatni ifodalash uchun senolmoshi o‘rnida siz olmoshi qo‘llanadi. Siz bugun kelasizmi? Aksincha, hurmatsizlikni ifodalash uchun esa senolmoshiga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shiladi: Senlar buni tushunmaysanlar; f) ko‘rsatish olmoshi ta’kidlash, ajratish ma’nosini beradi: Kitob – bu dono maslahatchi.

Nima, bir narsa, nimadir, hech narsa, har nima, hech nima olmoshi belgisiz tushum kelishigida qo‘llanishi mumkin.

Olmoshning ma’noviy guruhlari. Olmosh atash ma’nosiga ega bo‘lmasa-da, matnda uning ma’nosi aniqlashadi. Shu jihatdan olmoshlarning 7 guruhi ajratiladi:

Kishilik olmoshi ot-olmosh, shaxsga ishora qiladi: men, sen, u, biz, siz, ular. Ular ot o‘rnida qo‘llanuvchi olmosh deyiladi.

Xususiyati:

1)  hurmat ma’nosida seno‘rnida siz, ba’zan maqtanish yoki kamtarlik ma’nosida meno‘rnida bizqo‘llanadi: Buni biz yasadik. Bizga navbat qachon kelar ekan?

2)  men olmoshi ko‘plikda qo‘llanmaydi. Senolmoshiga esa lar qo‘shilib, hurmatsizlik ma’nosi anglashiladi: Senlar ham keldinglarmi?

3)  ko‘plik ma’nosini ta’kidlash uchun bizva sizolmoshi bizlarva sizlarshaklida qo‘llanadi.

4) kishilik olmoshi kelishik shaklini qabul qila oladi. Menva senolmoshiga ning, ni, niki qo‘shimchasi qo‘shilsa, n tovushi tushib qoladi, u olmoshiga ga, da, dan qo‘shimchasi qo‘shilsa, n tovushi ortadi: mening, meni, meniki, sening, seni, seniki, unga, unda, undan.

Menolmoshiningkamina, banda, faqir, qulingizkabi tarixiy ma’nodoshi bor. Men olmoshidan mavhum ot (menlik), takrorlanishidan sifat (manman) va undan mavhum ot (manmanlik) yasaladi.

Kishilik olmoshi gapda ega, ot-kesim, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi vazifalarida keladi.

O‘zlik olmoshi o‘z so‘zidan iborat, shaxsni ta’kidlash yoki yolg‘izligini ifodalash uchun qo‘llanadi. Qaratqich kelishigidagi so‘zdan keyin kelsa, ta’kidni (mening o‘zim, uning o‘zi, Karimning o‘zi, kitobning o‘zi), usiz kelsa, uch shaxsdan biriga ishorani (o‘zi (u), o‘zim (men), o‘zing (sen)) bildiradi.

Xususiyati:

1) egalik shaklini olib, uch shaxsni ham anglatadi: o‘zim, o‘zing, o‘zi, o‘zimiz, o‘zingiz, o‘zlari. O‘zlik olmoshi ot kabi turlanadi;

2) otning turli shaklini egalik qo‘shimchasidan keyin qabul qiladi: o‘zimning, o‘zingni, o‘ziga, o‘zimizda, o‘zingizda, o‘zlariday, o‘zimniki, o‘zigacha.

Ko‘rsatish olmoshi. Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‘z, so‘z birikmasi o‘rnida qo‘llanib, unga ishora qiladi. Sifat, ot xarakteriga ega. Unga u, bu, shu, ul, o‘shal, o‘sha, ana, mana, ana shu, mana bu, anovi, unday, unaqa, uncha, bunday, bunaqa, buncha, o‘shanday, o‘shanaqa, o‘shancha so‘zlari kiradi.

Xususiyati:

U ko‘rsatish olmoshi u kishilik olmoshi bilan shakldosh. Uning kim so‘rog‘iga javob bo‘lgani kishilik, qaysi so‘rog‘iga javob bo‘lgani ko‘rsatish olmoshi hisoblanadi.

Bu, shu, u, o‘shaolmoshiga ga, da, dan, cha, day qo‘shimchasi qo‘shilsa, bitta n tovushi ortadi: unda, unga, undan, shunday, o‘shanday, shuncha.

So‘roq olmoshi. Shaxs, narsa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‘rin, payt, harakat haqida so‘roqni birdiradi. Bunday olmosh har bir mustaqil so‘z turkumiga daxldor: kim, nima, qayer, qanday, qanaqa, qaysi, qancha, nechta, necha, nechanchi, qachon, qayerda, qayerga, qayerdan, qayoqqa. qayoqda, qayoqdan, nega, nechun.

Xususiyati. Kim, nima, qayerolmoshi otga daxldor bo‘lgani uchun ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchasini qabul qiladi: kimlar, kimlarim, kimingiz, kimga, kimlardan.

Qanday, qanaqa, qaysiolmoshi belgini aniqlash uchun ishlatiladi, gapda aniqlovchi, hol bo‘lib keladi va ba’zan qiyosiy daraja qo‘shimchasini oladi: qandayroq, qanaqaroq.

Necha, nechta, nechanchi, qanchaolmoshi son va ravish so‘rog‘i bo‘lganligi uchun bu turkumni aniqlashda qo‘llanadi.

Qachon, qayerga(da, dan), qayoqqa(da, dan), qani, nega, nechunso‘roq olmoshi ishharakatning bajarilish tarzi, payti, o‘rni, sababi va maqsadini bildirish uchun ishlatiladi, gapda hol yoki kesim bo‘lib keladi.

Bo‘lishsizlik olmoshi. Hech so‘zini so‘roq olmoshiga qo‘shish asosida hosil qilinadi va inkor ma’nosini bildiradi: hech bir, hech narsa, hech kim, hech nima, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi, hech qancha, hech qachon, hech qayerda.

Bo‘lishsizlik olmoshi qatnashgan gap kesimi inkor shaklida bo‘ladi: hech kim kelmadi, hech qayerga borma. Tasdiq shaklida bo‘lganda ham inkor ma’nosi anglashiladi: hech eshitganmisiz, yozda qor yoqqanini.

Kimsa oti bo‘lishsizlik olmoshi o‘rnida ishlatiladi: Dardimni eshitadigan kimsa topilmadi.

Belgilash-jamlash olmoshi. To‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatni ifodalaydi: hamma, barcha, bari, jami, yalpi, butun, har kim, har nima, har bir, har qaysi, har qachon, har qayerda;

Hamma, barcha, bari, jami, yalpi, butun olmoshlari sifat xarakterida bo‘lib jamlash, har+so‘roq olmoshi ko‘rinishidagi olmoshlar belgilash olmoshlari deb yuritilidi. Belgilash olmoshlari ot, sifat, son va ravish vazifasida qo‘llanadi va shu turkumlarga xos belgilarga ega bo‘ladi: har kimlarga, har nimadan, har qayerni.

Gumon olmoshi. Noaniqlik, gumon ma’nosini bildiradi. U 4 shaklga ega:

1) so‘roq olmoshi + dir: kimdir, nimadir, qandaydir, qanaqadir, qaysidir, qachondir, qayerdadir;

2) alla+so‘roq olmoshi: allakim, allanima, allaqayer, allaqancha;

3) bir+narsa/kishi/nima/qancha/necha so‘zi: bir narsa, bir kishi, bir qancha, bir necha;

4) boshqa turkumdan ko‘chirish: birov, biron(ta), biror(ta), falon(chi), fiston(chi).

          Olmoshning tuzilishiga ko‘ra turlari. Olmosh tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft, takroriy bo‘ladi.

Sodda olmosh. Olmosh ma’noviy guruhlarining barchasida sodda olmosh mavjud: men, sen, u, qanday.

Qo‘shma olmosh. Bo‘lishsizlik, belgilash, ko‘rsatish olmoshlari qo‘shma olmosh bo‘lishi mumkin: har kim, hech kim, mana bu, ana u.

Juft olmosh. Faqat ko‘rsatish olmoshlari juftlashib qo‘llana oladi: u-bu, unga-bunga. Kishilik olmoshi juft qo‘llanganda otga o‘tib ketadi: Sen-menga borib qolishdi. O‘nta sizu bizdan, bitta jizu biz yaxshi.

Takroriy olmosh.Asosan so‘roq olmoshlari takror qo‘llanadi: kim-kim, nima-nima, shunday-shunday. Ko‘rsatish, o‘zlik olmoshlari takror qo‘llanib, ravishga xos ma’no beradi: Shu-shu uni ko‘rmadim. O‘z-o‘zicha ish tutdi.

«Oltin yorug‘»– buddayivlikka e’tiqod qilgan turkiy qavmlar orasida mashhur bo‘lgan qadimgi yozma yodgorlik. Asl nomi Suvarnaprabxasa, sanskrit tilidan qadimgi xitoy tiliga tarjima qilingan. X asrda Beshbaliq shahrida Sengi Seli Tudung uni xitoy tilidan qadimgi turkiy tilga «Oltin yorug‘» nomi bilan tarjima qilgan va eski uyg‘ur-turk tiliga ko‘chirgan. O‘nta afsonani ichiga olgan asar 675 sahifadan iborat. Barchasida buddaviylikning “najot topish” ta’limoti birinchi o‘rinda turadi. Unda aks etgan “to‘rt oliy haqiqat” bosqichi ham O‘rta Osiyo xalqlarining falsafiy qarashlariga mos keladi. «Oltin yorug‘»ning hozir foydalanilayotgan nusxasi XVIII asrda ko‘chirilgan va Sankt-Peterburgdagi Osiyo muzeyida saqlanadi. Uni 1910- yilda Sharqiy Turkistonning Xan-su viloyatidagi Vun-shigu qishlog‘idan S.Y.Malov topgan. Topilmaning faksimel nusxasini u va V.V.Radlov nashr qilgan (1913–17). Nemis olimi V.Myuller esa asarning 1920 sahifasini asl nusxa bilan qiyoslagan holda chop ettirgan (1913). V.V.Radlov «Oltin yorug‘»ning bir qismini nemis tilida nashr qilgan (1930). Turk olimi Rashid Rahmatiy Arat «Oltin yorug‘»ni transliteratsiya qilib, usmonli turk tiliga tarjima qilishni boshlagan, lekin ish yakun topmagan. Yana bir turk olimi Cheval Qoya yuqorida eslatilgan faksimel nashr asosida «Oltin yorug‘»ni to‘liq transliteratsiya qilib, chop ettirdi (Anqara, 1994). O‘zbek olimi Nasimxon Rahmonov asarni o‘zbek tiliga o‘girib, “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalida e’lon qildi.

 

Oltoy tili– turkiy tillardan biri. 1948- yilgacha oyrot tili deb atalgan. Rossiya Federatsiyasi Oltoy o‘lkasining Tog‘li Oltoy viloyatida tarqalgan, 60 mingga yaqin kishi so‘zlashadi. Lahjalari 2 guruhga bo‘linadi: a) janubiy (qirg‘iz-qipchoq guruhi); b) shimoliy (uyg‘ur guruhi). Oltoy tilifonetik xususiyatiga ko‘ra qirg‘iz tiliga ancha yaqin: unlilar sistemasi o‘xshash, lab garmoniyasi mavjud. Undoshlar tizimida farqlar ham bor: qirg‘iz tilidagi so‘z boshida keluvchi qorishiq dj ga Oltoy tilida d’ mos keladi. Qirg‘iz tilidan farqli ravishda unlilar orasida jarangsiz undoshlar jarangli undoshlarga aylanadi. Fe’llar tuslanganda, shaxs ko‘rsatkichining reduksiyaga uchrashi – oltoy tilimorfologiyasining asosiy xususiyati.

Bu oilaga turk, mo‘g‘ul, manchjur, yapon, koreys va boshqa til tarmog‘i kiradi. “Oltoy” atamasi ushbu tillarning ehtimoldagi qadimgi vataniga ishora. Turkiy tarmoq o‘z navbatida quyidagi guruhga bo‘linadi: o‘g‘uz guruhi (turkman, gagauz, ozarbayjon, turk, qrim-tatar va bolqon turklari tili), qipchoq guruhi (qo‘miq, qorayim, bolqar, tatar, boshqird, no‘g‘ay, qoraqalpoq, qozoq tili), qorluq-uyg‘ur guruhi (o‘zbek va yangi uyg‘ur tili), uyg‘ur-o‘g‘uz guruhi (tuva, tofa, yoqut, xakas, shor, sariq uyg‘ur va boshqalar), qirg‘iz-qipchoq guruhi (qirg‘iz va oltoy tili).

G.Ramsted, N.N.Poppe, E.D.Polivanov, V.L.Kotvich, R.Ryasyanen kabi turkiyshunoslarning asarlarida turli davrlarda turlicha nuqtai nazardan isbotlashga harakat qilingan oltoy nazariyasining kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab bo‘lgan: sanab o‘tilgan til tarmoqlaridagi anchagina umumiy leksika; so‘zning tovush tarkibidagi, fonetik (singarmonizm) va morfologik qurilishidagi (agglyutinatsiya) o‘xshashliklar; sintaktik strukturaning mosligi va so‘z yasalishi tizimining o‘xshashligi. Shuningdek, deyarli barcha tillarida maxsus so‘roq yuklamalari mavjud, old qo‘shimcha yo‘q. Egalik kategoriyasi taraqqiy etgan, ravishdosh va sifatdosh kuchli rivojlangan. Biroq sonlar, tana a’zolari nomlari, yil fasllari va sutka bo‘laklari, osmon jismlari, ob-havo hodisalari nomlari kabi asosiy lug‘aviy guruhlar orasidagi o‘xshashliklar nisbatining ancha pastligi ularga oltoy bobo tili asos bo‘lganligini shubha ostiga qo‘yadi.

Demak, oltoy tillarining qarindoshlik darajasini o‘rganish dolzarb masala.

 

Polinez tillari – avstronez tillarining alohida guruhi: Okeaniya tillarining bir guruhi (jami 30 ga yaqin). Polineziyada ( tub aholi tillari), shuningdek, Melaneziya va Mikroneziyaning chekka oilalarida (tashqi polinez tillari) tarqalgan. So‘zlashuvchilarning umumiy miqdori 1 milliondan ortiq. Polinez tillari tonga (tonga va niuye) tillari va asl polionez tillari guruhchalariga, asl polionez tillari esa samoa-tashqi (samoa, tivalu, tokelau, futuna, uvea, pukapuka, shuningdek, barcha tashqi polionez tillari) va sharqiy polionez tillariga (maori, gavay, taiti, rarotongo, rapanui, tuamotu va boshqalar.) ajraladi.

Polinez tillari – grammatik qurilishi jihatdan analitik tillardan. Fonetikasida 5 ta unli va 8 tadan 12 tagacha undosh tovush bor. Gapni tashkil etuvchi eng muhim birlik lug‘aviy ma’no bildiruvchi mustaqil so‘z hamda uning oldidan yoki ortidan joylashuvchi xilma-xil (grammatik ma’no bildiruvchi) so‘zlar majmuidan iborat. Gapda so‘z tartibi bir qadar erkin; ko‘p tillarda ega kesimdan keyin, ba’zilarida esa gap boshida keladi; aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. So‘z yasalishining keng tarqalgan turlari so‘z qo‘shish va so‘z takrori.

Polinez tillari XIX asrgacha yozuvga ega bo‘lmagan; XIX asrdan bir qancha adabiy polinez tillari lotin alifbosi asosidagi yozuvga ega bo‘ldi. XX asr o‘rtasigacha polinez tillari yaxshi o‘rganilmagan. XX asr o‘rtalaridan ushbu tillarni sinxron tarzda hamda qiyosiy- tarixiy o‘rganish boshlandi.

Amerika hindulari, chukot, koryak va boshqa tillar – polisintetik til. Bu tillarning asosiy morfologik xususiyati – ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holni ifodalab kelgan so‘zlar fe’l bilan birikib, murakkab tarkibli qo‘shma so‘z shakliga o‘xshash gap hosil qilishi. Bunda gap boshida ega, oxirida kesim, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi esa ega bilan kesimning o‘rtasida keladi. Mas., chukot tilida te-ata-kaa-nme-rkein – Men semiz bug‘ularni o‘ldiryapman.

Yevgeniy DmitriyevichPolivanov –(1891–1938, Peterburg) mashhur tilshunos olim, o‘zbek tilshunosiligining Toshkent maktabi asoschilaridan biri. Peterburg universiteti professori (1919), O‘rta Osiyo davlat universiteti professori (1925), Qirg‘iziston Madaniy qurilish instituti professori (1934). 1921- yil Komintern apparatida ishlab, yo‘llanma bilan Toshkentga kelgan.

Y.Polivanov umumtilshunoslikning nazariy masalalari, o‘zbek tili fonetikasi, grafikasi, dialektologiyasi, leksikologiyasi, etimologiyasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, so‘z yasalishi va turkiy tillar tarixini o‘rganish borasida samarali faoliyat olib borgan. O‘zbek dialektologiyasi faniga asos solgan; o‘zbek va rus tillarini chog‘ishtirib o‘rganish – o‘zbek maktablarida rus tili o‘qitish metodikasiga tamal toshini qo‘ygan. Uning «Toshkent dialektining tovushlar tarkibi» (1922), «Toshkent dialekti bo‘yicha fonetik yozuv namunalari» (1924), «Toshkent tarixidan ocherklar» (1925), «Toshkent nomining kelib chiqishi» (1927), «O‘zbek tilining qisqacha grammatikasi» (1926, 3 qism), «O‘zbek dialektologiyasi va o‘zbek adabiy tili» (1933), «O‘zbek tili bilan qiyoslangan rus tili grammatikasi» (1933), «O‘zbek tili grammatikasidan materiallar» (1935) kabi asarlari o‘zbek tilshunosligining shakllanishida va keyingi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

  1. Polivanov - o‘zbek maktablari uchun rus tili, rus maktablari uchun yozilgan ilk o‘zbek tili darsliklari muallifi.

 

Semasiologiya, asosan, so‘zning ma’no jihatinio‘rganadi. Unda so‘zning ma’no turi, lug‘aviy va grammatik ma’no, bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, o‘z va ko‘chma ma’no kabilar tadqiq qilinadi. Semasiologiya asosiy diqqatni ikki tomonli (shakl+ma’no) til birliklarining ma’no tomoniga qaratadi. Semasiologiya so‘zlarni o‘rganganda leksikologiya, qo‘shimchalarni o‘rganganda morfemika va morfologiya, erkin birikmalarni o‘rganganda sintaksisga muvofiq keladi.

 

 

Shakliy (etimologik yoki grafik) yozuv – o‘zlashgan so‘zning qadimgi kelib chiqish holatini yoki shaklini saqlab qolib yozishga asoslangan imlo tamoyili. Boshqacha qilib aytganda, yozuvda o‘zlashgan so‘zning shakli saqlanadi. Mas., maoniy, mutolaa, mushoira, muammo, va’da, she’rkabi so‘z ham bu yozuv asosida yozilgan. Rus tilidan o‘zlashgan spravka, aeroflot, shtamp, shtraf, zoologiya kabi so‘z shakliy yozuv asosida yozilmoqda. Shunisi muhimki, o‘zbek tili talaffuzi uchun qiyin bo‘lgan ba’zi baynalmilal so‘z hozirgi orfografiya qoidasi bo‘yicha istisno tarzida tilimizning talaffuz xususiyatiga moslab yoziladi va talaffuz qilinadi. Bunga kiosk – kioska, propusk – propuska, otpusk – otpuskakabi so‘z misol bo‘la oladi. Bu tip so‘z ba’zan o‘z holicha ham yozilmoqda: bank, tank, disk kabi.

Ayni vaqtda orfografiya tamoyili orasida uzviy aloqa ham mavjud. Oilaviy, Navoiy kabi so‘zning oxiridagi viy, iy qo‘shimchasi tarixiyan’anaviy yozuvga ham, shakliy yozuvga ham mos keladi. (q. Orfografik tamoyillar).

Sotsiolingvistika til va jamiyat muammosi, tilning jamiyatdagi turli tabaqa, toifa, yosh, kasb va jinsdagi kishi nutqida o‘ziga xos tarzda voqelanishi masalasini tekshiradi.Lotincha jamiyat va lingvistika so‘zining qo‘shiluviga ega, tilning jamiyatga va jamiyatning tilga ta’siri masalarini o‘rganuvchi tilshunoslik yo‘nalishi.

Sotsiolingvistika termini tilshunoslikda birinchi bor 1952- yilda amerikalik tadqiqotchi X.Karri tomonidan qo‘llangan.

Sof tilshunoslik tilning o‘zinigina tekshiradi. Sotsiolingvistikaesa uni jamiyat a’zolari turli sharoit va muhitda turlicha ishlatishiga e’tibor qaratadi. Mas., “sof” tilshunos o‘zbek tilidagi siz so‘zini II shaxs ko‘plik olmoshi sifatida talqin qiladi. Sotsoilingvist esa uning yosh bolaga nisbatan qo‘llanishiga, birlik son o‘rnida voqelanishiga, -lar shakli bilan ishlatilishiga, qaysi yoshdagi, toifadagi kishilar nutqida qanday ma’no, maqsad va miqdorda qo‘llanishiga diqqat qiladi. Chunki sen va siz olmoshi birlik va ko‘plik olmoshi ekanligi bilan emas, balki sotsial qiymati, zamiridagi inson qalbi tuyg‘ulari bilan farqlanishi bilan sotsiolingvistni qiziqtiradi.

 

Terminologik lug‘at – ma’lum bir sohaga tegishli so‘z (termin)ni izohlaydi. Terminologik lug‘at izohli yoki tarjima ko‘rinishiga ega. Terminologik lug‘atni bir tilli va ko‘p tilli lug‘atga ajratish mumkin. A.Hojiyevning «Tilshunoslik terminlarning izohli lug‘ati» (Toshkent, “O‘qituvchi”, 2003)dan olingan namunaga e’tibor qiling:

Kriptologiya. Maxfiy til, ularni tuzish qonuniyatini, rasshifrovka qilish usulini o‘rganuvchi fan.

Ko‘makchili aloqa. So‘zlar o‘rtasida ko‘makchi vositasida yuzaga keladigan aloqa: qalam bilan yozmoq, uyga qadar yugurmoq kabi.”

Tarjima lug‘at bir tildagi atamaning boshqa tilda ifodalanishi, berilishini ko‘rsatadi.

 

TERS LUG‘AT

 

Ters lug‘atso‘zlarni teskari tomondan (oxiridan) alifbo tartibida joylashtirishga asoslangan lug‘at turi. Bunday lug‘at ham lingvistik lug‘at, R.Qo‘ng‘urov va A.Tixonovlar tomonidan «Obratniyslovaruzbekskogoyazika» nomi bilan 1969- yilda Samarqandda chop etilgan. Undan namuna keltiramiz:

serxarajat

hujjat

xat-hujjat

behujjat

murojaat

hojat

muhofazat

ijozat

 

TIL

 

Til yordamida suhbatlashib, savol-javob qilinadi. Fikr til yordamida ifodalanib, uzatiladi. Ajdoddan ma’lumot olib, avlodga uzatamiz. Tilning eng muhim aloqa vositasi ekanligi shunda namoyon bo‘ladi.

Insonning eng asosiy, boshqa jonzotdan farqlab turuvchi belgisi – ong va tilga egaligi. Til faqat insonga va jamiyatga xos bo‘lgan hodisa. U bir kishi tomonidan emas, balki kishilik jamiyati tomonidan uzoq davr mobaynida yaratilgan. Shuningdek, til ayrim shaxsga emas, balki jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun til ijtimoiy hodisa deyiladi.

            Tilning paydo bo‘lishi. Tilning paydo bo‘lishi masalasi – azaliy mavzu. Biror tilning qachon paydo bo‘lganini taxminan aytish mumkin. Mas., manbalarda o‘zbek tili XV asrda shakllanib bo‘lgan, boshqa turkiy tillardan ajralib chiqqan deyiladi. (Ne’matov H., Mahmudov N., G‘ulomov A., Sayfullayeva R., Abduraimova M. Ona tili. 9- sinf uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2002. – B. 5.) Biroq, umuman insoniyatga xos tilning qachon paydo bo‘lganini aniqlab bo‘lmaydi. Chunki ma’lum bo‘lgan tillarning yozuv tarixi 10–15 ming yildan nariga bormaydi. Olimlar esa tilning paydo bo‘lishini yozma manba asosida belgilaydi.

Tilning paydo bo‘lishi haqida olimlarning fikrini umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, til bizga in’om etilgan so‘zlash imkoniyati asosida kishilarning birga mehnat qilishi jarayonida boshqa kishi bilan aloqada bo‘lish zaruriyati, ehtiyoji natijasida paydo bo‘lgan. Til kishining birbirini tushunishiga, yashash vositasini topish va yaratishda birlashishiga yordam bergan.

Tildagi o‘zgarish.Bizni qurshab turgan olamdagi hamma narsa va hodisa kabi til ham muttasil rivojlanish va o‘zgarishda. Buni shu tilning ikki davrdagi holati farqiga qarab bilish mumkin. Mas., eski o‘zbek tili bilan hozirgi o‘zbek tili orasidagi farq lug‘at tarkibida ko‘proq aks etganini sezish mumkin.

Ko‘rinadiki, tildagi o‘zgarish, asosan, lug‘at jamg‘armasida ko‘proq namoyon bo‘ladi, chunki xalq tarixida ro‘y bergan iqtisodiyijtimoiy, siyosiy o‘zgarish tufayli yangi so‘z kirib keladi, ayrimi chiqib ketadi. Mas., eski o‘zbek tiliga xos cherik (askar), o‘kush (ko‘p), talim (bir qancha) singari so‘z hozir qo‘llanmaydi.

Shunday qilib, o‘zbek tili lug‘at tarkibi turmush uchun keraksiz bo‘lib qolgan tushunchani bildiruvchi so‘zning iste’moldan chiqib ketishi, yangi paydo bo‘lgan tushunchani ifodalovchi so‘zning esa kirib kelishi hisobiga doimo rivojlanib, boyib boradi.

            Tilning taraqqiy etishi.O‘zgarish tabiat-hodisalarigagina emas, tabiiyki, ijtimoiy hodisalarga, shu jumladan, til hodisalariga ham xos. Tarixiy taraqqiyot va o‘zgaruvchanlik tilning hamma sathlariga xos. Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan buyon til uzoq davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib, boyib borgan. Ayni vaqtda til taraqqiyoti kishilarning turli-tuman tajribalarining takomillashishiga, bu tajriba-yu bilimlarning avloddan avlodga o‘tishiga ham imkon bergan. Til taraqqiyoti natijasida fan, texnika, madaniyat taraqqiy qilgan, ya’ni kishilik jamiyati rivojlangan.

Tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi jamiyat hayoti bilan bevosita bog‘liq, ijtimoiy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar tilda aks etadi. Bu o‘zgarishlar hammadan ko‘proq tilning lug‘at boyligida o‘z ifodasini topadi. Yangi narsa-buyum, tushunchalarning paydo bo‘lishi yoki, aksincha, narsa-buyum va tushunchalarning iste’moldan chiqib ketishi hammadan avval tilning lug‘at boyligida o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Chunonchi, Muqimiy (1850-1903) ning «Navbahor ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar» matlali g‘azalidagi ayrim baytlarga e’tibor qarataylik:

Xush bu mahfilda tiriklik ulfatu ahbob ila

O‘ynashib, gohi tabiatni qilaylik chog‘lar.

Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,

Oldilar har yerda bulbul oshyonin zog‘lar.

Hozir Muqimiy davrida keng qo‘llanilgan mahfil, ulfatu ahbob, ahli tamiz kabi juda ko‘p so‘z va so‘z birikmalari iste’moldan chiqib, eskirgan so‘zlarga aylangan. Muqimiy yashagan davrda tilimizda patta, vistavka, gimnaziya, pech kabi yangi-yangi so‘zlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu so‘zlarning ko‘pchiligi bizning davrimizga kelib eskirib qoldi. Tilning lug‘at tarkibida yangi so‘zlar, iboralar paydo bo‘lishi, ayrim so‘zlarning semantikasida o‘zgarishlar yuz berishi, ba’zi so‘zlarning eskirib qolishi barcha tillarga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlardan. Chunonchi, o‘tgan asrning boshlari va o‘rtalarida rus tilida paydo bo‘lgan bolshevizm, menshevizm, proletariat, syezd, kolxoz, sovxoz marksizm, leninizm, kommunizm kabi ko‘plab so‘zlar hozirda eskirib iste’moldan chiqqan. Tilda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar so‘zning tuzilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi, oqibatda u ham asta-sekin o‘zgarib boradi. So‘z strukturasining o‘zgarishi turli tillarda turli yo‘l bilan yuz beradi. Tilshunoslikda buning asosiy uch usuli qayd etiladi: soddalashuv, qayta bo‘linish va murakkablashuv.

So‘zlarni qo‘shish yo‘li bilan yasalgan qo‘shma so‘zlarning tub so‘zlarga yoki o‘zakka, ko‘p morfemali so‘zning bir morfemali so‘zga o‘tish hodisalari soddalashuv deyiladi. Odatda, soddalashuv hodisasi so‘z o‘z «ichki tuzilish shakli»ni o‘zgartirganda, ya’ni morfemalar orasidagi chegara yo‘qolganda ro‘y beradi. Ilmiy adabiyotlarda soddalashuv hodisasining sodir bo‘lishiga asosan ikkita sabab borligi ko‘rsatiladi:

1)    u yoki bu morfemaning ma’nosi kuchsizlanishi, asta-sekin yo‘q bo‘lib ketishi natijasida uning iste’moldan chiqib ketishi;

2)    o‘zakdosh so‘zlar o‘rtasidagi aloqaning uzilishi.

Birinchi usulga o‘zbek tilidagi qishloq, qovurg‘a, yuksak, qachon, bo‘rsiq so‘zlari, rus tilidagi nujniy, xijina, kolsoso‘zlari misol bo‘la oladi. Qishloq so‘zi aslida qish+la (fe’l yasovchi affiks) + q(ot yasovchi affiks) morfemalaridan; qovurg‘aso‘zi qop+ur (daraja ko‘rsatuvchi affiks) + g‘a(ot yasovchi affiks) morfemalaridan; yuksak so‘zi yuk+sa (fe’l yasovchi affiks) + k(sifat yasovchi affiks); qachon so‘zi qay, chog‘va-inmorfemalaridan hamda bo‘rsiq so‘zi esa bo‘r+si+q morfemalaridan tashkil topgan. Hozirgi tilshunoslikda bu so‘zlar sodda tub so‘zlar sifatida baholanadi.

Nujniy, xijina, kolso so‘zlarini hozirgi rus tili grammatikasi nuqtai nazaridan yuqoridagi so‘zlar kabi izohlash mumkin. Bir vaqtlar rus tilida nuja, xija, kolo so‘zlari bo‘lgan, ana shu so‘zlarga so‘z yasovchi (-n, -in, -u) va shakl hosil qiluvchi (-iy, -a, -o) affikslar qo‘shilishi natijasida bu so‘zlar hosil bo‘lgan.

Hozirgi o‘zbek tilidagi qishloq va qishki so‘zlari ikkinchi usulga misol bo‘la oladi. Etimologik jihatdan har ikkala so‘zning ham o‘zagi qishso‘zi bo‘lgan. Hozirgi til nuqtai nazaridan ularda hech qanday semantik umumiylik yo‘q. Rus tilidagi jir (yog‘), jizn (hayot), jivoy (tirik) so‘zlari qadimda o‘zakdosh so‘zlar hisoblangan. Aslida jirso‘zi ji+r(so‘z yasovchi affiks)dan tuzilgan, «hayotda orttirilgan» ma’nosini bergan. Tilning tarixiy taraqqiyotida bu so‘zlarning morfemalari orasidagi chegara yo‘qolgan, ya’ni soddalashuv hodisasi ro‘y bergan. Soddalashuv jarayoni ba’zan bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirganda ham sodir bo‘lishi mumkin. Chunonchi, ingliz tilidan o‘zlashgan futbol, voleybol so‘zlari, nemis tilidan o‘zlashgan kurort so‘zi o‘zbek tilida tub so‘zlar hisoblanadi. Aslida esa o‘z holatida bular qo‘shma so‘zlardir, ya’ni foot – oyoq, ball – to‘p, volleyqo‘l, ballto‘p; kurdam, ort joy kabi. O‘zbek tiliga fors tilidan o‘zlashgan navro‘z tub so‘zi aslida nav-yangi, ro‘z-kun ikki o‘zakdan, astoydil tub so‘zi «az tahi dil» uch o‘zakdan tashkil topgan. Rus tiliga o‘zbek tilidan o‘zlashgan karandash, utyug so‘zlari hozirda shu tilda tub so‘zlar hisoblansa-da, etimologik jihatdan o‘zbek tilida bular «qora tosh», «o‘t yoq» shaklidagi qo‘shma so‘zlar bo‘lgan.

So‘zdagi morfemalar chegarasining o‘zgarishi natijasida yangi affiksal morfemalar paydo bo‘lishi ham mumkin. Bunday jarayon so‘zning material strukturasidagi q a y t a b o‘ l i n i s hhodisasi deb yuritiladi.

O‘zbek tilidagi bo‘lajak, ular, gulduros so‘zlarida, rus tilidagi gotovnost so‘zida qayta bo‘linish hodisasini kuzatish mumkin. Hozirgi kunda bu so‘zlar bo‘l+ajak (sifatdosh shakli affiksi), u+lar (ko‘plik shakli affiksi), guldur+os (sifat yasovchi affiks); gotov+nost (so‘z yasovchi affiks) shaklida morfemalarga ajratiladi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, bu so‘zlarda quyidagicha qayta bo‘linish ro‘y bergan:

bo‘lajak < bo‘l-a-jak < bo‘l-ajak

ular < ul-ar < u-lar

gulduros < guldur-a-s < guldur-os

gotovnost < gotov-n-ost < gotov-nost.

Ba’zi hollarda faqat affiksal morfemalar emas, so‘zlar ham qayta bo‘linadi. Mas., rus tilidagi sva k predloglari uchta tovushdan tashkil topgan: s’n, k’n. Ma’lumki, predloglar yordamchi so‘zlar. Nutqda urg‘u olmaydigan predloglar, odatda, olmoshlarga qo‘shilib talaffuz etiladi. Vaqt o‘tishi bilan bu predloglar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan:

s’n im< s’nim< s’ nim < s nim;

k’n im

Avval tub deb hisoblangan so‘zlarning yasama yoki murakkab so‘zlar qatoriga o‘tishi m u r a k k a b l a sh u vdeyiladi. Bu hodisani boshqa tildan o‘zlashgan so‘zlarda kuzatishimiz mumkin. Murakkablashuv hodisasi tilda soddalashuv va qayta bo‘linish hodisalariga nisbatan kamroq uchraydi. Chunonchi, rus tilidagi gravyura(toshga, metallga yoki yog‘ochga o‘yib ishlangan va bosmaxonada bosilgan rasm) so‘zi fransuz tilidan olingan, rus tilida gravyor, gravirovatso‘zlari paydo bo‘lgandan keyingina uch morfemaga (grav-yur-a) ajraladigan bo‘lgan.

Til – yaxlit butunlik. Borliqdagi barcha narsa qismlardan tashkil topganligi kabi til ham gap, so‘z birikmasi hosil qilish va so‘z yasash qolipi, so‘z, qo‘shimcha va tovushdan iborat. Ana shu qismlar bir-biri bilan turli qonun-qoida, tartib asosida birikib butunlikni, ya’ni tilni hosil qiladi. Til qismi til birligi hisoblanadi. Maktab darsligida gap, so‘z birikmasi, so‘z, qo‘shimcha va tovush til birligi sifatida qaraladi. Bularning barchasi nutqda qorishgan holda namoyon bo‘ladiki, ular orasiga keskin chegara qo‘yishning iloji yo‘q.

Tilning yaxlit butunligini ikki xil tushunish bor: 1) zohiriy tushunishda bir xil til birligining birikib ikkinchi bir birlikni keltirib chiqarishi tushuniladi: tovush+tovush=so‘z; so‘z+so‘z=so‘z birikmasi yoki gap kabi; 2) botiniy tushunishda bir sath birligi voqelanishi uchun ikkinchi bir sathning yordamga kelishi tushuniladi. Mas., so‘zni voqelantirish uchun morfologik qo‘shimchalar bilan birga so‘z birikmasi va gap qoliplari yordam beradi. Qo‘shimchaning yuzaga chiqishida leksik birliklar so‘z birikmasi va gap qoliplari ko‘maklashadi. So‘z birikmasi va gap qoliplari yuzaga chiqishida esa morfologik qo‘shimchalar va leksik birliklar hamrohlik qiladi.

Muayyan nutq sharoitida yaxshi leksemasi turli daraja shakllari bilan keladi. 1.Salim yaxshi o‘qiydi. 2.Bugun ish unumi yaxshiroq. 3.Eng yaxshi odamlar bizlarga hamrohdir. Ko‘rinadiki, birinchi gapda yaxshiso‘zi oddiy darajada, bunda leksema ma’nosining ifoda bo‘yog‘i darajaning oddiyligi. 2- va 3- gaplarda esa daraja ma’nosi kuchaygan holda voqelangan. Daraja shakllari yaxshi so‘zining ma’nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi. Qiyoslang: 1.Yaxshi, hozir yetib boraman. 2.Siz zudlik bilan yo‘lga tayyorlaning. -Yaxshi. 3.Qovun yaxshi yetishibdi. 4. O‘smamiz juda yaxshi. Yaxshi so‘zining voqelangan ma’noviy ko‘rinishlari farqlanuvi asosida gaplarni ikkiga ajratish mumkin:

a) 1- va 2- gaplar;

b) 3- va 4- gaplar.

Birinchi guruh qo‘llanishlarda yuqorida zikr etilgan yaxshi leksemasining barchasi kuzatilmaydi. Aniqrog‘i, bunda «belgi» ma’nosi emas, balki «ma’qullash» ma’nosi voqelangan, «mustaqil gap bo‘lagi» emas, balki «kirish so‘z» (birinchi gapda) va «so‘z-gap» (ikkinchi gapda) vazifasi yuzaga chiqqan. Chunki kirish so‘z va so‘z-gap vazifasida yaxshi so‘zi darajalanish qobiliyatini yo‘qotgan. Demak, yaxshi so‘zida ikki xil ma’no borligiga amin bo‘lish mumkin:

1. Ijobiy, shaxsiy, ma’qullashni bildiruvchi kirish so‘zi yoki so‘z gap.

2. Ijobiy, shaxsiy, oddiy belgi ifodalovchi va gap bo‘laklari vazifasida kela oladigan sifat.

Bu ikki ma’noni sintaktik vazifa va daraja ko‘rsatkichlari farqlaydi. Tilning yaxlitligini ana shunday tushunish lozim.

Til me’yori.Me’yorlisonning ichki qurilish tizimiga nisbatan tashqi omil, lisoniy imkoniyatlardan – sinonimik qatorlardan, lisoniy birliklarning dublet, allovariant va variantlari, sohaviy birliklaridan har birining voqelanish o‘rinlari va xususiyatlarini belgilaydi.

O‘zbek va dunyo tilshunosligida me’yor masalasiga keng o‘rin berilgan va unga bag‘ishlangan qator ishlar mavjud. Bu masala, avvalo, uslubshunoslik va nutq madaniyati masalalari atrofida o‘rganildi. Zero, o‘zbek adabiy me’yorining asoschilaridan bo‘lgan E.Begmatovning uqtirishicha, me’yor masalasi XX asrning boshlarida o‘zbek adabiy tili taraqqiyotining yangi bir bosqichida u uchun asos bo‘lgan dialektal negizni belgilash, yozuv va alifbo masalalarini hal qilish, imlo qoidalarini ishlab chiqish, imlodagi mavjud kamchiliklarni tuzatish, umuman til birliklarini qo‘llashdagi ikkilanish va beqarorlikni bartaraf etish, atamalarni takomillashtirish, grammatikalar yaratish, o‘qish-o‘qitish ishini yo‘lga qo‘yish singari vazifalarni amalga oshirish yo‘lidagi say’-harakatlar ham nutq madaniyati muammolarini hal qilishning tarkibiy qismi edi. Bundan esa o‘tgan davr mobaynida o‘zbek tilini tadqiq etishga bag‘ishlangan kuzatishlarning ma’lum qismi shu tilning adabiy me’yor muammolarini hal etishga xizmat qilgan, degan xulosa kelib chiqadi.

O‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning so‘nggi chorak asri davomida adabiy til me’yorlari bo‘yicha bajarilgan barcha tadqiqot ishlari natijasi o‘laroq qator o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar yaratildi.

Tadqiqotlarning barchasida adabiy me’yorga e’tibor qaratilgan. Darhaqiqat, adabiy til normalari, undagi muhim qonuniyatlarni ochish o‘zbek adabiy tili normativ sistemasidagi to‘g‘ri, namunaviy holatlarni belgilash bilan birga, undagi noadabiy hodisalarni, ya’ni xato va nuqsonlarni ham aniqlashga, ularning asosiy sabablarini ochishga ko‘maklashish asosiy diqqat markazida bo‘lgan.

Lison nutqda turlicha voqelanadi. U adabiy til ko‘rinishida ham, sheva va lahja shaklida ham, turli tabaqa, toifa kishilari nutqida, shuningdek, turli nutq sharoiti va vaziyatiga mos ravishda yuzaga chiqadi. Ana shu moslanish va xoslashuv me’yor tusini oladi.

Umumxalq tilining lisoniy tizimi dastlab ikki ko‘rinishda voqelanadi: sheva va adabiy til. Avvalo, adabiy til va shevaga xos me’yoriy qonun-qoidalar mavjud, bu qonun-qoida umumxalq tilining ikki tarkibiy qismini ajratishga, ularning har birining o‘ziga xos yashovchanligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuning uchun dialektal va adabiy me’yor farqlanadi. Buni chizmada quyidagicha berish mumkin:

 

UMUMXALQ TILI(lison)

Dialektal me’yor      
Adabiy me’yor

 

O‘zbek tilshunosligida umumxalq tilining umumxalq va dialektal ko‘rinishi keng va teran o‘rganilgan, biroq me’yor masalasida adabiy tilga ko‘p e’tibor qaratilgan. Bu shevalarning nutqiy ko‘rinishi me’yorsiz bo‘ladi, degani emas. Holbuki, shevada ham lison voqelanar ekan, bu voqelanish, albatta, ma’lum “cheklov” va so‘zlovchiga lisoniy-ijtimoiy “buyurish” asosida yuz beradi. Ana shu “cheklov” (qolip) va ijtimoiy buyurish me’yorni tashkil etadi. E.Begmatov sheva me’yori xususida fikr yuritar ekan, uning stixiyali tarzda shakllanishi va rivojlanishi, majburiy deb tushunilmasligi, bilvosita, negativ ravishda, ya’ni biz unday demaymiz, biz bunday gapirmaymiz singari tasavvurlar asosida amalga oshirilishini ta’kidlaydi.

Umumiste’mol so‘z–qo‘llanish doirasi chegaralanmagan umumxalq ishlatadigan leksika. Hamma uchun tushunarli, atamalar, dialektizmlardan farqlanadi.

 

Umumiy filologik lug‘at – barcha soha kishilari, keng foydalanuvchilar ommasiga mo‘ljallangan izohli, imlo, orfoepik, tarjima lug‘atlar. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» (O‘TIL) «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at» (RO‘L) ana shunday lug‘atlar sirasiga kiradi. Shu boisdan O‘TIL da shunday deyiladi: «Lug‘at keng o‘quvchilar ommasiga – tilshunoslar, o‘rta va oliy maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari, yozuvchilar, jurnalistlar, gazeta va nashriyot xodimlari va o‘zbek tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.» (2 tomlik, 1- tom, 5- bet.) Izohli lug‘at so‘zning ma’nosini shu tilda sharhlaydi, izohlaydi va so‘zni shu ma’nosi bilan nutq tarkibida beradi. Misollar:

BAQIRLAMOQ Baqir-buqur ovoz chiqarib qattiq qaynamoq. [Hamrobibi] dasturxon yozdi, baqirlab qaynayotgan samovarni keltirib, qopqoqlab qo‘ydi. R.Fayziy. El mehri.

  YOZ 1 Yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli. Laylak keldi - yoz bo‘ldi. Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.

  2 ko‘chma Umrning eng gullagan yaxshi davri. Yozim o‘tdi, chiroyingizga to‘q bu quvnoq ko‘ngil. G‘ayratiy.

            Ko‘ngli yoz bo‘ldi Ortiq sevinib, bahri dili ochildi. Negadir otashin ko‘ngli yoz bo‘lib ketdi. O‘.Umarbekov. Charos.

Zid ma’nolilik– so‘z, ibora va qo‘shimchaning o‘zaro zid ma’no asosidagi munosabati. Uning leksik (yaxshi – yomon, keng – tor), morfologik (li – siz), frazeologik (qo‘li uzun – qo‘li kalta) ko‘rinishi mavjud. Zid ma’nolilikni hosil qiladigan belgi – asos ma’nodagi zidlik. Qo‘shimcha ma’nosidagi zidlik antonimlik hosil qila olmaydi. Mas., chehra va bashara so‘zi qo‘shimcha ma’nosi bilan farqlanadi. Inkor yoki fe’lning bo‘lishlibo‘lishsizlik shakli ham antonimlik hosil qila olmaydi.Mas., o‘qidi va o‘qimadi fe’llari o‘zaro antonim emas. Ma’nodagi zidlik asosida bo‘ladigan inkor bilan biror narsa, belgi yoki harakatning aynan o‘zining inkor etilishini farqlash kerak. Zid ma’nolilikda, yuqorida ko‘rilganidek, o‘zaro zidlik yotadi. Bu zidlik ikki birlikning ma’nosi o‘rtasida bo‘ladi. Oddiy inkorda esa, aynan bir narsa, belgi yoki harakat inkor etiladi. Bunda o‘zaro qaramaqarshi turadigan ikki narsa, ikki belgi, ikki harakat bo‘lmaydi. Mas., tun, qora, olmoq so‘zi bildirgan narsa, belgi, harakat inkor etilishi bilan tun emas, qora emas, olmadikabida oq – qora, bormoq – kelmoq so‘zidagiga o‘xshash zidlik yo‘q. Ko‘p ma’noli so‘zning zid ma’noliligi qanday ma’noda kelganligiga qarab belgilanadi. Bir so‘z har xil ma’nosi bilan har xil so‘zga zid ma’noli bo‘la olishi mumkin. Mas., qattiq so‘zi bir ma’nosi bilanyumshoq so‘ziga, boshqa bir ma’nosi bilan esa saxiy so‘ziga zid ma’noli bo‘ladi. Qiyoslang: qattiq predmet – yumshoq predmet, qattiq odam – saxiy odam. Zid ma’noli so‘zlar juft holda qo‘llanib ko‘chma ma’no ifodalaydi: yaxshiyomon(har xil) gaplar, ertakech (doim) xayolimdasan. Zid ma’nolilik, asosan, belgi bildiruvchi so‘z – sifat va ravishda uchraydi. Ot va fe’lda kamroq: vafo – jafo, yig‘lamoq – kulmoq kabi. Zid ma’nolilikyordamida badiiy adabiyotda tazod, antiteza san’ati hosil qilinadi. Biroq zid ma’noliliknitazod va antitezaga tenglashtirib qo‘ymaslik kerak. Zid ma’noli bo‘lmagan so‘zlar ham bu san’atni hosil qilaveradi.

Zid ma’nolilikdan to‘g‘ri foydalana olmaslik ham uslubiy xatolikni keltirib chiqaradi: Choyxona mudiri Yusufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini tatigan kishiga o‘xshaydi. Gapdagi issiq-chuchugini juftligi o‘rnida achchiq-chuchuk juftligi ishlatilishi kerak edi.

1. «bo‘rk ol» desa, bosh olmoq: biror ishni lozim bo‘lganidan ham qo‘pol qilib bajardi

2. «do‘ppi ol» desa, bosh olmoq: biror ishni lozim bo‘lganidan ham qo‘pol qilib bajardi

3. «gah» desa, qo‘liga qo‘nadigan qilib olgan: juda itoatkor qilib olgan

4. aksiga olmoq: 1.xohish-istakka yoki buyruqqa qarshi ish tutmoq, kesma-kesarlik qilmoq; 2.xohish-istakka qarshi yuz bermoq

5. alifni kaltak deyolmaydi: g‘irt savodsiz, hech narsa bilmaydi

6. almisoqdan qolgan: juda eski, qadimgi

7. amri mahol: qiyin, gumon

8. aravani quruq olib qochdi: uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi

9. aravani quruq olib qochmoq: aravani quruq olib qochmoq

10. arosatda qolmoq: na u yoqli va na bu yoqli bo‘lmay, aro yo‘lda qolmoq; qilar ishidan yanglishib, gangib qolmoq

11. avj oldi, avjiga mindi, avjiga chiqdi: 1) rivojlandi 2) zo‘raydi, kuchaydi

12. azmoyish olmoq: 1.sinash-bilish harakatida bo‘lmoq. 2.sir-sinoatini bilib olmoq.

13. azmoyishini olmoq: 1.sinash-bilish harakatida bo‘lmoq. 2.sir-sinoatini bilib olmoq.

14. bad olmoq: Shubhalanmoq, Shubha qilmoq, hadiksiramoq

15. baloga qoldi: javobgarlikka, jazoga duchor bo‘ldi

16. bel olishdi: kurash tushdi, kuch sinashdi

17. betiga soldi: aybli deb qaralgan kishining o‘ziga kesatib, achitib gapirdi

18. bilmaslikka olmoq: o‘zini bexabardek qilib ko‘rsatmoq, bilmaganday bo‘lmoq, o‘zini bexabardek tutmoq.

19. bir burda bo‘lib qolmoq: ozib-to‘zib, jussasi kichrayib, ojiz bo‘lib qolmoq.

20. bo‘yniga arqon solmoq: bajbur qilmoq

21. bo‘yniga oldi: e’tirof qildi, biror holatga rozi bo‘ldi

22. boshini olib ketdi: butunlay tashlab ketdi

23. boshvoq solmoq: bo‘ysundirmoq, jilovlamoq

24. chang soldi: 1)astoyidil tashlandi 2)g‘ayri qonuniy tarzda yopishdi

25. changal soldi: 1)astoyidil tashlandi 2)g‘ayri qonuniy tarzda yopishdi

26. dam oldi: istirohat qildi, hordiq oldi

27. dami ichida qoldi: bir so‘z ham ayta olmay qoldi

28. daqyonusdan qolgan: juda eski, qadimgi

29. davra olmoq: doira shaklida tizilmoq; qurshov olib o‘tirmoq

30. devor bo‘lib qolmoq: qo‘rqinch yoki hayratdan rangi oqarib, serrayib turmoq.

31. dod soldi: dod-voy qildi, qichqirdi

32. dog‘da qoldi: biror narsaning kutilgancha bo‘lmagani tufayli o‘kindi, alamzada bo‘ldi

33. don olishdi: yaqin aloqada bo‘ldi

34. es- hushini olib qo‘ydi: o‘ziga o‘taketgan darajada mahliyo qilib oldi

35. es- hushini olib qochdi: xayolini o‘ziga tortibolib qoldi

36. esga oldi: xotirladi

37. esida qoldi: xotirasida saqlanib qoldi

38. esiga soldi: 1)xotirasida tikladi 2)unutilayozganni eslatdi

39. fikrga toldi: uzoq fikrladi

40. g‘olib keldi: yengdi

41. gah desa qo‘lga qo‘nadigan qilib olmoq.: birovni o‘ziga bo‘ysundirib, so‘zini ikki qilmaydigan qilib olmoq

42. gapi og‘zida qolmoq: Muayyan sharoit, ruhiy holat ta’sirida o‘z fikrini ayta olmay qolmoq, gapirolmay qolmoq/ Biror sabab bilan so‘zlayotgan vaqtida to‘xtab qolmoq; gapi uzilmoq

43. gardaniga oldi: e’tirof qildi, biror holatga rozi bo‘ldi

44. har xil xayolga bormoq: 1.shubhalanmoq, yomon fikrga bormoq. 2.biror narsadan tashvishlanmoq; xavotir olmoq.

45. hayratda qoldi: nihoyat darajada ajablandi

46. hayratda qoldirdi: nihoyat darajada ajablantirdi

47. hayron qoldi: ajablandi

48. holdan ketdi: toliqdi, darmonsizlandi

49. holdan ketkazdi: toliqtirdi, darmonsizlantirdi

50. hordiq oldi: istirohat qildi

51. hushini olib qo‘ydi: o‘ziga o‘taketgan darajada mahliyo qilib oldi

52. ichiga soldi: yashirdi, pinhon tutdi

53. ig‘vo solmoq: orada ig‘voli gap-so‘z yuritmoq (qo‘zg‘amoq).

54. ikki o‘t o‘rtasida qolmoq: birini deb, boshqasidan kechib bo‘lmaydigan, kechish qiyin holatga tushmoq.

55. ikki o‘t orasida qolmoq: birini deb, boshqasidan kechib bo‘lmaydigan, kechish qiyin holatga tushmoq.

56. Ikki oyog‘ini tirab oldi: qaysarlik qildi

57. ishga soldi: 1) mehnat qilishga safarbar qildi 2)o‘z maqsadi yo‘lida xizmat qildirdi 3)safarbar qildi, foydalandi 4)ishlata boshladi

58. istihola qilmoq: shunday hisni tuymoq.

59. istihola tortmoq: shunday hisni tuymoq.

60. izga soldi: chetga chiqishlarni bartaraf qilib, me’yorga keltirdi

61. jar soldi: 1)jarchi vositasida eshittirildi 2)keragidan ortiq darajada bo‘rttirib xabar tarqatdi

62. jon berib, jon oldi: taslim bo‘lmadi, o‘zini yengilgan deb hisoblamadi

63. jon holatda: qo‘rqqani holda va shiddat bilan

64. jon olib, jon berdi: o‘z jonini ham ayamasdan og‘ir va mashaqqatli kurash olib bordi

65. jon oluvchi: 1)o‘ldiruvchi 2)ruhan juda qattiq ezib yuboruvchi

66. joni holiga qo‘ymaslik: 1)tinchlik bermaslik 2)xohishiga zid holda majbur qilish

67. jonini kaftiga olib: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

68. jonini oldi: 1)o‘ldirdi 2)ruhan juda qattiq ezib yubordi 3) jismonan juda qattiq ezib yubordi

69. jon-u holiga qo‘ymaydi: tinchlik bermaydi

70. kasriga qolmoq: kasri tufayli yomon oqibat (holat)ga duchor bo‘lmoq.

71. ko‘ngli qoldi: avvalgi yaxshi munosabati o‘rniga xush ko‘rmaslik hissi uyg‘ondi

72. ko‘ngliga g‘ashlik soldi: tashvish qilishiga sabab bo‘ldi, tashvishli holatga qo‘ydi

73. ko‘ngliga qo‘l soldi: eng yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qildi

74. ko‘ngliga vahima soldi: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi

75. ko‘nglini oldi: xursand qilish bilan o‘ziga

76. ko‘nglini qoldirdi: avvalgi yaxshi munosabati o‘rniga xush ko‘rmaslik hissi uyg‘otdi

77. ko‘z olaytirdi: 1) o‘qraydi 2)o‘z manfaatiga bo‘ysundirish niyatida bo‘ldi

78. ko‘z oldidan o‘tdi: tasavvurida ketma-ket gavdalandi

79. ko‘z oldiga keldi: tasavvurida gavdalandi

80. ko‘z olmaslik: qarashni to‘xtatmaslik

81. ko‘z ostiga oldi: biror maqsad bilan ko‘zlab qo‘ydi

82. ko‘z tagiga oldi: biror maqsad bilan ko‘zlab qo‘ydi

83. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi: olayib qaradi

84. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi: olayib qaradi

85. ko‘ziga cho‘p soldi: aldadi, chalg‘itdi

86. ko‘zini oldi: qarashni to‘xtatdi

87. ko‘zini olmaslik: qarashni to‘xtatmaslik

88. ko‘zning oldiga keldi: tasavvurida gavdalandi

89. kuniga qoldi: 1) biror ishni bajarishda qaram bo‘ldi 2)foydalanishga majbur bo‘ldi

90. lol bo‘lmoq: 1.tili tutilib, gapirolmay qolmoq 2.biror narsa aytolmay, taajjub, hayron holda qolmoq.

91. lol qolmoq: 1.tili tutilib, gapirolmay qolmoq 2.biror narsa aytolmay, taajjub, hayron holda qolmoq.

92. malol keldi: ortiqcha bir narsadek qabul qildi, og‘ir tuyuldi

93. mo‘ljalga olmoq: mo‘ljallamoq

94. nafasini ichiga oldi: hech qanday tovush chiqarmaydi

95. nafsi orom olmoq: kimning Nafsi qondi.

96. nazar soldi: diqqat bilan qaradi

97. nazaridan qoldi: yaxshi munosabatidan, hurmat-e’tiboridan mahrum bo‘ldi

98. nola chekmoq: chuqur qayg‘urib, iztirob bilan yig‘lamoq; oh tortmoq.

99. o‘pkasini bosolmaydi: o‘zini yig‘lashdan saqlab qololmaydi

100. o‘rtaga oldi: tanbeh berish yoki ko‘ndirish maqsadida ko‘pchilik gapirdi

101. o‘rtaga soldi: 1)ko‘pchilik oldida ro‘kach qildi 2)munozarada xizmatidan foydalandi

102. o‘tirgani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

103. o‘tqazgani joy topa olmaydi: o‘ta darajada ardoqlandi, parvona bo‘ldi

104. o‘yga toldi: uzoq fikrladi

105. o‘ylab-o‘yiga eta olmaydi: uzoq o‘ylab, aniq bir fikrga kela olmaydi

106. o‘ziga oldi: 1)o‘ziga tegishli deb bildi 2)zimmasiga oldi

107. o‘zingizdan qolar gap yo‘q: «Hammasini o‘zingiz bilasiz, o‘rgatadigan joyi yo‘q» ma’nosidagi ibora.

108. o‘zini oynaga solmoq: kim O‘z holatini ko‘zguda ko‘rmoq.

109. o‘zini qo‘lga oldi: o‘z xatti–harakatlarini irodasiga bo‘ysundirdi

110. o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

111. o‘zini tag‘ofilga solmoq: Ko‘rib ko‘rmaslikka, bilib bilmaslikka olmoq.

112. og‘iz soldi: 1)qayliq yoki kuyov qilish niyati borligini aytdi 2)g‘ayri qonuniy ravishda o‘zlashtirishga harakat qildi

113. og‘zidan bol tomadi: shirinsuxan bo‘ladi, shirnsuxanlik qiladi

114. og‘ziga burov solmoq: gapirish imkoniyatidan, huquqidan mahrum qilmoq, gapirtirmay qo‘ymoq.

115. og‘ziga co‘k soldi: umuman gapirmadi

116. og‘ziga nos oldi: mutlaqo gapirmadi

117. og‘ziga oldi: gapirdi

118. og‘ziga olmaydi: 1)umuman iste’mol qilmaydi 2)gapirmaydi

119. og‘ziga qulf solmoq: 1.gapirtirmay qo‘ymoq, og‘ziga urmoq. 2.hech narsa deya olmaydigan qilib qo‘ymoq

120. og‘ziga tolqon soldi: mutlaqo gapirmadi

121. olam guliston: hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q

122. olam munavvar: hamma narsa ko‘ngildagidek, hech qanday e’tirozga o‘rin yo‘q

123. olamdan ketdi: qazo qildi, o‘ldi

124. olamdan o‘tdi I: yashadi

125. olamdan o‘tdi II: qazo qildi, o‘ldi

126. oldi olindi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rildi

127. oldidan o‘tdi: biror ishni qilishdan oldin shundan kimnidir xabardor qildi

128. oldiga tushadigan: ustunlik qila oladigan

129. oldini oldi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rdi

130. oldini oldi: kutilgan hodisaga qarshi chora-tadbir ko‘rdi

131. oldirib qo‘ygan yuragi: bezillab qolgan

132. olib qochdi: uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi

133. oyog‘iga bolta urdi: mavqeidan mahrum etadigan zarba yetkazdi

134. oyog‘ini tirab oldi: qaysarlik qildi

135. podadan oldin chang chiqardi: ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan ilgari gapirib yurdi

136. qalbiga vahima soldi: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi

137. qarshi oldi: kutib oldi

138. qaysi shamol uchirdi: bu tomonga kelishingizga nima sabab bo‘ldi?

139. qaysi shamol uchurmoq: qaysi shamol uchurmoq

140. qo‘lga oldi: 1)o‘z ixtiyoriga o‘tkazdi 2)qo‘qqisdan hujum qilib bosib oldi 3)hibs qildi, qamash maqsadida tutdi 4) biror yo‘l bilan o‘z xohishiga bo‘ysunnadigan qildi

141. qo‘yniga qo‘l soldi: fikr niyatini bilishga harakat qildi

142. qulog‘iga oldi: kimningdir fikriga amal qilib ish tutdi

143. qulog‘iga qo‘yilib qoldi: 1)gapni uqdi 2)xotirasida mustahkam saqladi

144. quloq soldi: 1)tingladi 2)aytganini qildi

145. quruq aravani olib qochdi: uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtandi

146. razm soldi: sinchkovlik bilan kuzatdi

147. razm solinsa: sinchkovlik bilan kuzatilsa

148. savol berdi: javob talab qiluvchi so‘z-gap aytdi

149. sevinchini yuragiga sig‘dirolmaslik: xursandchiligi oshib-toshib ketdi

150. shamolga sovurdi: behuda sarfladi

151. shamolga uchdi: befoyda ketdi

152. shovqin soldi: qattiq shovqin qildi

153. so‘z oldi: 1)muzokarada gapirishga rasmiy ruxsat oldi 2)ahd-u paymon qildirdi

154. soyasiga ko‘rpacha soldi: izzat-hurmat qilishni me’yoridan o‘tkazib yubordi

155. suvdan holva yasamoq: bo‘lmaydigan ishga urinmoq, bekorga urinmoq.

156. tahsil olmoq: ma’lum o‘quv yurtida yoki biror mutaxassis rahbarligida o‘qimoq, bilim, ma’lumot olmoq.

157. tan oldi: e’tirof qildi

158. tarafini oldi: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi

159. tashvishga soldi: tashvish qilishiga sabab bo‘ldi

160. taxiga solmoq: bukilgan, qayrilgan joyidan qayta bukib, yana asliday qilib taxlab qo‘ymoq.

161. taxta bo‘lib qolmoq: qo‘rquv yoki hayratdan tong qotib

162. taxtaday qotib qolmoq: qo‘rquv yoki hayratdan tong qotib

163. taxtaga olmoq: Siquv holatiga olmoq, iskanjaga olmoq

164. teri to‘nini ters kiyib oldi: o‘chakishgan holda qaysarlik qildi

165. teshik munchoq yerda qolmas: Uzoq vaqt turmush qilmay, uyda o‘tirib qolgan qiz-juvonlar haqida, shuningdek, har bir narsa vaqti kelganda kerak bo‘lishi, ishlatilishi mumkinligi haqida aytiladigan ibora

166. tilga oldi: gapirdi

167. tiliga burov solmoq: gapirish imkoniyatidan, huquqidan mahrum qilmoq, gapirtirmay qo‘ymoq.

168. tish-tirnog‘igacha qurollanmoq: man bir parcha boshpanamga tish-tirnog‘im bilan yopishganimdan hafsalasi pir bo‘layozgandi.

169. to‘nini teskari kiyib oldi: o‘chakishgan holda qaysarlik qildi

170. tob berolmaydi: chiday olmaydi, qarshi tura olmaydi

171. tob keltira olmaydi: chiday olmaydi, qarshi tura olmaydi

172. tomonini oldi: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi

173. tor kelib qolganda: ilojsiz og‘ir ahvolga tushdi

174. tuprog‘i shu yerdan olingan: Asli shu yerning odami, shu yerning o‘ziniki degan ma’noni qayd etadi

175. turib oldi: o‘jarlik qildi

176. ustiga oldi: biror ishni bajarishga mas’ul bo‘ldi

177. uyqu olmoq: Uyqu o‘z ta’siriga tortmoq

178. uzukka ko‘z solganday: Bir-biriga nihoyatda mos, munosib

179. vahimaga solib qo‘ydi: qo‘rqitib, o‘ylantirib qo‘ydi

180. vahshat solmoq: Dahshat, qo‘rqinch solmoq, shunday holat qo‘zg‘atmoq

181. xabar oldi: 1)o‘zi kelib xabardor bo‘ldi 2)biror kishining turish–turmushini, ahvolini yengillatishga ko‘maklashdi

182. xayol daryosiga cho‘mdi: o‘ylanish holatida bo‘ldi

183. xayol surdi: hamma narsani unutgan holda o‘yladi

184. xayolga cho‘mdi: o‘ylanish holatida bo‘ldi

185. xayolga toldi: uzoq o‘ylandi

186. xayolidan ko‘tarildi: unutdi

187. xayolidan nari ketmaslik: nima Unuta olmaslik, ko‘z oldida doim namoyon bo‘lmoq

188. xayolidan o‘tdi: ma’lum bir muddat fikrladi

189. xayoliga keldi: 1)o‘yladi, idrok qildi, fahmladi 2)xotirasida tiklandi

190. xayolni buzmoq: Xayolni bo‘lmoq, sochmoq

191. xolvachining teshasiday: 1. qisqa, kalta. 2. chaqqon, epchil (kishi haqida)

192. xudoga solmoq: Jazosini xudo bersin

193. yaqin olmoq: 1)qadrdon qilib ko‘rsatdi 2)qadrdon deb bildi

194. yelkasiga olmoq: e’tirof qildi, biror holatga rozi bo‘ldi

195. yerda qoldi: e’tiborsiz qoldi

196. yo‘l olmoq: jo‘nadi

197. yo‘l soldi: yo‘naldi

198. yo‘lga solmoq: 1) ketish tomoniga to‘g‘irlab, yurg‘izdi 2)to‘g‘ri yo‘lga qaytardi 3) manfaatdor bo‘lgani holda biror ishga rag‘batlantirdi 4)faoliyatini yaxshiladi

199. yo‘lni chap solmoq: Ko‘zga tashlanmaslik, chalg‘itish maqsadida to‘g‘ri yo‘ldan yurmay, egri, aylanma yo‘ldan yurmoq.

200. yodida qolmoq: xotirasida saqlanib qoldi

201. yodiga solmoq: 1)xotirasida tikladi 2)unutilayozganni eslatdi

202. yolg‘on tong: ayn. subhi kozib q. subh.

203. yonini olmoq: bahslashuvda tomonlardan birini himoya qildi

204. yuragiga g‘ulg‘ula solmoq: bezovta qilib qo‘ydi

205. yuragiga qo‘l solmoq: eng yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qildi

206. yuragiga vahima solmoq: kuchli darajada qo‘rqish hissini uyg‘otdi

207. yuragini olib qo‘ymoq: bezillatib qo‘ydi

208. yuzidan o‘ta olmaydi: biror ishni qilishga kimningdir ra’yi, xohishi bilan hisoblashdi

209. yuziga solmoq: aybli deb qaralgan kishining o‘ziga shu haqda kesatib, achitib gapirdi

210. zabtiga olmoq: juda kuchayib ketdi

211. zavol bo‘lmoq: Biror kimsaning yo‘q (halok) bo‘lishiga sabab bo‘lmoq.

212. zehn solmoq: diqqat-e’tibor bilan qaradi, ko‘zdan kechirdi

213. zimmasiga olmoq: biror ishni bajarishga mas’ul bo‘ldi

214. zuvalasini bir joydan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.

215. zuvalasini bir yerdan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.

1. Afg‘on – fig‘on – faryod – nola
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisinig ortiq-kamligiga ko‘ra)

2. Aniq – ochiq – yaqqol – ravshan – yorqin – oydin – ayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

3. Avval – ilgari – oldin – burun – qadim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tarixiylik belgisining ortishiga ko‘ra)

4. Ayriliq – judolik – hijron – hajr – firoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

5. Baxtli – baxtiyor – saodatli – toleli – mas’ud
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishidagi oz-ko‘plik darajasiga ko‘ra)

6. Bekorchi – bo‘lmag‘ur – yolg‘on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

7. Berahm – shafqatsiz – qahrli – zolim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchliligiga ko‘ra )

8. Bir – ikki – uch – to‘rt – besh – olti – yetti
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdorning oshib borishiga ko‘ra)

9. Birdan-bir – yagona – yakkayu-yagona – yolg‘iz – tanho
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

10. Biroz – ozgina – sal – xiyol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining torligiga ko‘ra )

11. Bobo-ota- bola- nabira-chevara-evara-duvara
Ma’nosiga ko‘ra
(qarindoshlikning davomiyligiga ko‘ra)

12. Bog‘cha – maktab – litsey – kollej – institut – universitet
Ma’nosiga ko‘ra
(ta’lim-tarbiya ko‘lami va salohiyatiga ko‘ra)

13. Bola – o‘spirin – yigit – o‘rta yosh – keksa – nuroniy – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ijtimoiy holatiga ko‘ra)

14. Bor – jo‘na – yo‘qol – yo‘qolib ket – daf bo‘l – qorangni o‘chir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgidagi salbiylikning ortib borishiga ko‘ra )

15. Chaqaloq – go‘dak – bola – o‘smir – yigit – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ulg‘ayganlik belgisiga ko‘ra)

16. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik
Ma’nosiga ko‘ra
( davrlariga ko‘ra)

17. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

18. Chol – keksa – qariya – qari – mo‘ysafid – oqsoqol – boboy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

19. Darrov – darhol – tez – tezda – birpasda – bir zumda – bir lahzada – zumda – lahzada
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

20. Dovuchcha – zardoli – o‘rik – turshak
Ma’nosiga ko‘ra
(holatining dastlabki-oxirgi shakliga ko‘ra)

21. Epkin – nasim -yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligining kuchiga ko‘ra)

22. Epkin – nasim yel – sabo – shabada – shamol – bo‘ron – to‘fon
Ma’nosiga ko‘ra
(oqim tezligiga ko‘ra)

23. Faqir – kambag‘al – o‘rta hol – boy – badavlat
Ma’nosiga ko‘ra
(moddiy ta’minotning yaxshi-yomonligiga ko‘ra)

24. Farosatli – zehnli – didli – zakovatli – zukko – zakiy – zol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

25. Farzand – bola – zuryod (zirriyot) – tirnoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

26. Fonema – morfema – so‘z – qolip
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkibining katta-kichikligiga ko‘ra)

27. G‘ururlanmoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ko‘p-ozligiga ko‘ra)

28. Gapdon – so‘zamol – notiq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining faol-nafaolligiga ko‘ra)

29. Gavdalantirmoq – xayol surmoq – hukm chiqarmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvurning natijasiga ko‘ra))

30. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik
Ma’nosiga ko‘ra
(davriy bosqichiga ko‘ra)

31. Gulobi – pushti – qizg‘ish – qizil – ol – qirmizi
Ma’nosiga ko‘ra
(rang darajasining ortib borishiga ko‘ra)

32. Ilova – risola – gazeta – jurnal – kitob
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lam darajasiga ko‘ra)

33. Iltimos qilmoq – yalinmoq – yolvormoq – o‘tinmoq.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

34. Insofli – vijdonli – adolatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

35. Janjal – to‘polon – g‘alva – mojaro – mashmasha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

36. Kabi – singari – yanglig‘ – o‘xshash – bamisoli – misli – degandek
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yog‘ining ortiq darajada ekanligiga ko‘ra)

37. Kambag‘al – qashshoq – bechora – faqir – yo‘qsil – gado – bechorahol – miskin
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

38. Ko‘chat – nihol – daraxt
Ma’nosiga ko‘ra
(voyagayetishish darajasiga ko‘ra)

39. Ma’noli – mazmundor – mantiqli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchliligiga ko‘ra)

40. Mag‘rurlanmoq – g‘ururlanmoq – kekkaymoq – kibrlanmoq – havolanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

41. Mis – kumush – oltin
Ma’nosiga ko‘ra
(qiymat darajasining oshib borishiga ko‘ra)

42. Ninni – go‘dak – chaqaloq – bola – o‘smir – yigit – o‘rta yosh – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatining katta-kichikligiga ko‘ra)

43. Nola – nolish – oh – fig‘on – faryod – zor – dod – afg‘on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

44. Nola qilmoq – oh urmoq – faryod solmoq – afg‘on aylamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oshib borishiga ko‘ra)

45. Nomusli – hayoli – oriyatli – andishali – iboli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

46. O‘jar – qaysar – tixir – battol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining kengn-torligiga ko‘ra)

47. O‘qimoq – mutolaa qilmoq – yod olmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra)

48. Oddiy askar – kichik serjant – serjant – katta serjant – kichik leytenant – leytenant – katta leytenant – kapitan – mayor – polkovnik – general-marshal – general-mayor – general-polkovnik – generalissimus
Ma’nosiga ko‘ra
(unvon darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

49. Ogohlantirmoq – tanbeh bermoq – jazolamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng-tor darajada ifodalashiga ko‘ra)

50. Olifta – fason – bashang – satang
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

51. Olov – o‘t – otash
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

52. Qirot – misqol – qadoq – chorak – pud – botmon
Ma’nosiga ko‘ra
(og‘irlik miqdorining oshishiga ko‘ra)

53. Qiyin – mushkul – mahol – og‘ir mashaqqatli – sermashaqqat – amrimahol – dushvor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada

54. Qizaloq – qiz – kelin – ayol – juvon – kampir
Ma’nosiga ko‘ra
(yoshining katta-kichikligiga ko‘ra)

55. Qo‘pol – dag‘al – qurs – to‘ng – tund
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

56. Raqib – harif – muxolif – dushman
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

57. Sol – qayiq – kema
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

58. Tortishuv – janjal – g‘alayon – qo‘zg‘olon – urush
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)

59. Tovon – to‘piq – boldir – tizza – son
Ma’nosiga ko‘ra
(oyoq qismlarining quyi-yuqoriligiga ko‘ra)

60. Uchqun – cho‘g‘ – o‘t – olov – alanga
Ma’nosiga ko‘ra
(yonish darajasiga ko‘ra)

61. Urmoq – kaltaklamoq – do‘pposlamoq – savamoq – solmoq – tushirmoq – so‘qmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

62. Urmoq – solmoq – ushlamoq – silamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning qo‘pol yoki muloyimligiga ko‘ra)

63. Yemoq – tanovul qilmoq – iste’mol qilmoq – totmoq – olmoq – tushirmoq – urmoq – xam qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

64. Yengmoq – egallab olmoq – g‘olib bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

65. Yig‘i – nola – faryod – dod
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

66. yuz – chehra – jamol – diydor – oraz – uzor – ruxsor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.