Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qaramoq}
So‘z bo‘g‘inlari: qa-ra-moq
Izoh(lar)i:
qaramoq [qa-ra-moq ]

1. Ko‘rish uchun ko‘zni biror tomonga, narsa yoki kimsaga yo‘naltirmoq, ko‘z tashlamoq, nazar solmoq; boqmoq. Atrofga qaramoq. Soatga qaramoq. Bulutlarga qaramoq. Tikilib qaramoq. Kulib qaramoq. Xo‘mrayib qaramoq.◆Hakimboyvachcha yalt etib ukasiga qaradi. Oybek, Tanlangan asarlar.

2. O‘tmishga bir qarang. Kelajakka ishonch bilan qaramoq. Fikran nazar tashlamoq, ko‘z tikmoq, boqmoq, ko‘z oldiga keltirmoq.

3. Ko‘zdan kechirmoq, nazar solmoq, tekshirmoq. Xatni qarab chiqdim, aytilgan gaplarda jon bor. Sharq yulduzi

4. Yuzlanmoq, yuzini (betini) bir tomonga qaratmoq. Uyalib, yerga qaradi◆Dodam indamay, teskari qarab oldilar. E. Raimov, Ajab qishloq.

5. E’tiborda, munosabatda bo‘lmoq, yondashmoq. Ammo eng katta nuqsoni shunda ediki o‘qiganlariga tanqidiy yondashib, o‘z nuqtayi nazaridan qaramasdi. S. Karomatov, Oltin qum.

6. Ish-mashg‘ulot, kimsa yoki narsaning tarbiyasi va shu kabilar bilan mashg‘ul bo‘lmoq; shug‘ullanmoq; ko‘z-quloq bo‘lmoq; davolamoq, parvarish qilmoq. Otga qaramoq. Ekinga qaramoq. Bolaga qarab turmoq.◆Mana, siz, bitta o‘zingiz o‘ttiz ikkita mashinaga qarar ekansiz. A. Qahhor, Yillar.

7. E’tibor bermoq, nazarda tutmoq, hisobga olmoq. Birovning ra’yiga qaramoq. Qosh-qovog‘iga qaramoq.◆Uy qiladigan bo‘lsangiz, mening ham ixtiyorimga qarang-da. A. Qahhor, Qo‘shchinor.

8. s. t.Yeb-ichmoq, olmoq. Mehmonlar, ovqatga qarab o‘tiringlar◆Qani, non ol, uzumga qara. Oybek, Tanlangan asarlar.

9. Bog‘liq bo‘lmoq, ahamiyati bo‘lmoq. Aql yoshga qaramaydi.◆— Ha, uch yarim mehnat ishlaydigan odamga o‘xshamaydimi? — Jussaga qaramas ekan-da. — Nega, jussaga ham qaraydi. Jussasi yomonmi? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.

10. Kimsaga ergashmoq, taqlid qilmoq, unga boqib, uning belgi-xususiyatlari bo‘yicha ish tutmoq. Sizga qarab o‘zini sipoh tutyapti. Odamning husniga qarama, aqliga qara.◆Boshqalarga qarash kerakmas, boshqalar bizga qarasin, ko‘rsin, o‘ylasin. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.

11. Yuzi, betkay tomoni bilan biror narsaga yoki tomonga ro‘baro‘ turmoq.Derazalari janubga qaragan uy. Toqqa qaragan shiypon.

12. Ixtiyorida bo‘lmoq (tasarrufi, boqimi va shu kabilar jihatdan). Bu bog‘lar qo‘shni tumanga qaraydi.◆Bedapoyaning naryog‘i uchinchi brigadaga qaraydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

13. Kutmoq, poylamoq, ko‘z tutmoq. Biz sizga ikki soatcha qaradik.◆Sening chiqarishingga qarab, qo‘sh mahalini o‘tkazib yuboraymi? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.

15. (deb so‘zi bilan qo‘llanadi) deb tushunmoq, bilmoq, hisoblamoq, o‘ylamoq. Hammani o‘ziga do‘st deb qaramoq.◆Hozi ham, Asad qori ham jadid maktablariga qarshi edi, ular bu xil maktablarga diniy maktablarning go‘rkovi deb qarar edilar. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

16. (2-sh. buyr. m. shaklida — qarang, qara) Ajablanish, o‘ylamaganlik, kutmaganlik ma’nosini (e’tiroz, norozilik yoki mamnunlik ma’nosi bilan) bildiradi. Aksiga bugun yomg‘ir yoqqanini qarang.◆Xoinlik qilib qo‘yib, yana munofiqlik qilganini qarang-a! B. Rahmonov, Bahor arafasi.

17. (1-va 3-sh. shart mayli shaklida — qarasam, qarasa) E’tibor bersam, diqqat qilsam ma’nosini bildiradi. Bir mahal qarasam, temir yo‘lda ketayapman. E. Raimov, Ajab qishloq.

18. ko‘m. fl. vzf.Yetakchi fe’ldagi harakatning sinab ko‘rish, bilish, tajriba, sinovdan o‘tkazish harakati ekanini bildiradi. Tabib tovoqdagi qusuqni hidlab qaradi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: qaramog‘ Tarbiya, boqish, tasarruf jihatdan ixtiyorida bo‘lish, qaramlik.
Qomus: mavjud emas.

1. befarq qaramoq: e’tiborsizlik, be-parvolik bilan qaramoq, loqayd bo‘lmoq.

2. beri qaramoq: tuzalish, yaxshilanish tomoniga o‘tmoq, yaxshilanmoq (bemorning ahvoli haqida).

3. chap ko‘z bilan qaramoq: Boshqalarga nisbatan kamsitib, e’tiborsiz qaramoq.

4. qovoq-dimog‘iga qaramoq: birovning xohishi bilan hisoblashmoq; birovning kayfiyatiga, ko‘ngliga qarab ish tutmoq.

1. Nazar tashlamoq – termulmoq – tikilmoq – qaramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.