Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oson} - lash ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: o-son-lash-moq
Izoh(lar)i:
oson sf

1. 1. Yechilishi, bajarilishi jihatdan uncha qiyin, murakkab bo‘lmagan, uncha ko‘p mehnat, kuch yoki bilim talab qilmaydigan, sodda. Oson masala. Oson vazifa. Oson ish. Bu yoqning toshi u yoqniki singari qattiq, yaxlit emas, juda bo‘sh, g‘o‘rasha edi. Shuning uchun toshlar oson ko‘chib, oson yiqildi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. Qiyin emas; jo‘n, yengil. Tilangandan tilingan oson. Maqol
Kasalning kelishi oson, ketishi qiyin. Maqol
Gipertoniya xastaligi kishining karligi oqibatida ham kelib chiqishi mumkin bo‘lib, kasallikning bu turi ancha oson o‘tadi. Saodat

Sinonim(lar)i: yengil , o‘ng‘ay , qulay , tez
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.