Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qulay}
So‘z bo‘g‘inlari: qu-lay
Izoh(lar)i:
qulay sf

1. 1. Biror ishni bajarish, biror maqsadni amalga oshirish uchun eng mos, eng muvofiq, qo‘l keladigan. Qulay fursat. Qulay sharoit. Ko‘chat o‘tqazish uchun qulay davr. Mana shu yerda oshib o‘tishga qulay joy bor P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Ayniqsa, tomchilatib sug‘orish bog‘dorchilik uchun qulay hisoblanadi. Fan va turmush
Cho‘milishga qulay bo‘lgani uchun bu yerga qo‘shni qishloq bolalari ham yopirilib kelishar edi. Yoshlik

2. 2. Amalga oshirilishi oson, uncha ko‘p kuch va malaka talab qilmaydigan. Kesib ketmon bilan toshlarni loydek, Ko‘ringay qattiq ishlar ham qulaydek. Habibiy
[Nuri] O‘z rejasining bunday qulay amalga oshuvidan hadsiz sevindi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: noqulay
Sinonim(lar)i: oson [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.