Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {halol}
So‘z bo‘g‘inlari: ha-lol
Izoh(lar)i:
halol [ha-lol ]

1. Shariat hukmiga muvofiq yesa, ichsa, foydalansa bo‘ladigan; harom emas. Pulni olmadim, ming marta roziman, sizga ona sutiday halol bo‘lsin A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. Kishining o‘ziga qarashli, o‘z mehnati bilan, peshona teri to‘kib topilgan; xiyonat, g‘irromlik kabilardan xoli. Jon-dilidan halol ishlaydigan odamlar bilan inoqR. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi Jon-dilidan halol ishlaydigan odamlar bilan inoq R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

3. G‘irromlikka o‘rganmagan, qin-g‘ir yo‘lga bormaydigan, birovni aldamaydigan; to‘g‘ri, sofdil. Kolxoz raisi umri yetimlik bilan o‘tgan halol odam. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

4. Nikohlab olingan, qonuniy (xotin haqida). Birovning halolini birov suyadigan zamon ekan-da, vodarig‘? S. Siyoyev, Otliq ayol

Antonim(lar)i: g‘irrom , harom [a]
Sinonim(lar)i: vijdonli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: xalal – [a] Muayyan ish-harakatni amalga oshirishga xalaqit bermoq, to‘sqinlik qilmoq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.