Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {g‘irrom}
So‘z bo‘g‘inlari: g‘ir-rom
Izoh(lar)i:
g‘irrom sf

1. 1. Ish, hayotda halollik, poklikka rioya qilmaydigan, unga zid ish yurituvchi; nopok, muttaham. Yaxshi ishlasangiz, bas, aka-uka bo‘lib ketamiz. Lekin, aytib qo‘yay, g‘irromlarga tobim yo‘q. E. Nosirov, Topshirilmagan sovg‘a
kichik xo‘jayinlar bazani xomtalashga olganlar. Qaysi birlari olg‘irroq va g‘irromroq bo‘lsa, shunisi ko‘proq ko‘targan. X. To‘xtaboyev, Qalpoq yirtildi
Yetuk olim bo‘lishni istagan odam harom va g‘irrom yo‘lga kirmasligi kerak. Gazetadan

2. 2. O‘yin, musobaqa, bellashuvda tartib-qoidaga zid yo‘l tutuvchi; halollikka rioya qilmaydigan, notanti. Shaxmatning yana bir zarari shuki, agar g‘irrom odam bilan o‘ynasangiz, asabingiz buziladi. A. Qahhor, Asarlar
Bel olishganda kurash maydonida, G‘irrom-u notanti polvon chaladir. Habibiy

3. 3. O‘zbek kurashi atamalaridan biri: bellashuv paytida katta xatoga yo‘l qo‘ygan yoki takror qo‘pollik qilgan kurashchiga oxirgi ogohlantirish sifatida qo‘llanadi.

Antonim(lar)i: halol [a]
Sinonim(lar)i: tirriq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.