Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {farq}
So‘z bo‘g‘inlari: farq qil-moq
Izoh(lar)i:
farq

1. Narsalar orasidagi nomuvofiqlik, noo‘xshashlik; ayirma, tafovut. So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor. Maqol

2. Sochning ikki tomonga tarashdan boshda hosil bo‘ladigan yo‘l, chiziq. Qutlug‘ Nigor xonimning rangi xiyol o‘chgan. Uning peshonasidan yuqorida — sochining farq ochilgan joyida Bobur bir tutam oqargan soch tolalarini ko‘rdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: o‘xshashlik , aynanlik
Sinonim(lar)i: ayirma , tafovut [a], ajratmoq II
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: parq s.n. Sochni ikki tomonga tarashdan boshda hosil bo‘ladigan yo‘l.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.