Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ajratmoq}
So‘z bo‘g‘inlari: aj-rat-moq I-I
Izoh(lar)i:
ajratmoq [aj-rat-moq ]

1. Ajramoq fe’lining orttirma nisbati. Sening muddaong, — dedi hoji, — marg‘ilonlik kelinni o‘g‘lingdan ajratib yuborish va bu kelining bilan qoldirish — shundog‘mi? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. Oraga tushib, ikki yoqqa ayirmoq (mas., yoqalashuvchilarni). Odamlar ajratmaganda, bu xotin mulla Norqo‘zini g‘ajib tashlar edi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin

3. Ayirib olmoq, xalos qilmoq; qutqazmoq. ..o‘rtaga Boysunqormirzo tushib, o‘g‘lini zo‘rg‘a jallod qo‘lidan ajratib olgan. Mirmuhsin, Me’mor

4. Biror maqsad uchun atab, belgilab ayirmoq. Mablag‘ ajratmoq. Bunga qancha yer ajratamiz? — O‘rmonjon uning savoliga javob bermadi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. Navlariga, turiga, xiliga qarab ayirmoq; xillamoq. Anvar hudaychi uchun ajratgan arizalarni qo‘liga olib, o‘rnidan turdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

6. Farqiga bormoq, farqlamoq. Bularning qishloq bolalarimi yo shahar bolalarimi ekanligini ajratib bo‘lmaydi.M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha. -

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ayirmoq , farqlamoq , farq qilmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.