Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bema’ni}
So‘z bo‘g‘inlari: be-ma’-ni
Izoh(lar)i:
bema’ni sf

1. 1. Odob-qoida doirasidan tashqari; ma’nosi, mazmuni yo‘q; ma’nosiz. Bema’ni jumla. Kishining bema’ni gaplardan o‘zini tiyishi uning mo‘minligi naqadar chiroyli ekanligidan dalolat beradi. Fan va turmush
Uning bema’ni javdiragan ko‘zlarida hali ham qandaydir husn saqlanib qolgan edi. S. Zunnunova, Gulxan
Tal’at birinchi kursdanoq Hamida degan qizni suyib qolgan, shu qiz bo‘lmasa, dunyo ko‘ziga qorong‘i, bema’ni ko‘rinib ketardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Quruq safsatadan iborat bo‘lgan; haqiqatga mutlaqo zid; asossiz; keraksiz, behuda. Ha, bugun ham ancha bema’ni suxanbozlik qildi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
— Qanchalik bema’ni, qanchalik bema’ni o‘ylar! — yuzini kafti bilan bekitib jilmaydi Sherbek. S. Anorboyev, Oqsoy
Bu ayb shunchalik uydirma va bema’niki, prokuratura xodimiga batafsil javob berib o‘tirishni lozim topmadim. O. Yoqubov, Izlayman

3. 3. Odob-axloqdan tashqari, yaramas; bemaza, bo‘lmag‘ur. Bema’ni qiliqlar. Asalning shunaqa bema’ni ishlari ko‘pligidan biz ham kuyib yotibmiz. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Xotinlarning bema’ni qiy-chuvi hamma yoqni tutdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ahmad ham jilmaydi. U bema’ni qahqahani, munofiqona hiringlashlarni yomon ko‘rardi. F. Musajonov, Himmat

4. 4. Nojo‘ya, bemaza ishlar qiladigan, yomon, yaramas; bo‘lmag‘ur. — G‘ozi eshon huzuringizda ekan! — dedi maxdum, — o‘zi ko‘p bema’ni odam. Ziyofat-miyofat deb, yaqin bir soat vaqtimni oldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: bama’ni
Sinonim(lar)i: bo‘lmag‘ur
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.