Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bama’ni}
So‘z bo‘g‘inlari: ba-ma’-ni
Izoh(lar)i:
bama’ni sf

1. 1. Aql-idrok bilan, puxta o‘ylab aytilgan, ma’noli; axloq-odobli. Yuragida kiri yo‘q, gaplari bama’ni, o‘zini ko‘rgan kishining ko‘zi quvnaydi, sho‘xligi, qo‘ying-chi, barcha qiliqlari o‘ziga yarashadi. K. Yashin, Hamza
Ko‘pchilik xonadonlar kabi Yigitalinikida ham osoyishtalik hukm surar, bu ikki yosh o‘zlarining bama’ni o‘tirishlari bilan qo‘yilib qolgan nafaqador chol-kampirlarni eslatishardi. D. Nuriy, Osmon ustuni

2. 2. Puxta, o‘ylab ish qiladigan, o‘zini tutib olgan. Ko‘rimsizgina bo‘lsa ham, ancha esli, bama’ni, hunariga juda berilgan qiz ekan. A. Muxtor, Chinor
Menga bu hokimlaring ma’qul keldi. Ochiq, bama’ni odam ekan. K. Yashin, Hamza

Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.