Korpus bo‘yicha izlash

Uslubiy xoslanishi: uslubiy betaraf.
92 ta yozuvdan 12 tasi ko‘rsatilmoqda!
Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi Shuhrat ulfatchilikdan kelgan bo‘lsa-da, ichkilik kamlik qiladi. U o‘ylab o‘tirmay jiyaninikiga yo‘l oladi. Jiyanining uyda yo‘qligidan hafsalasi pir bo‘layozgan Shuhratning xayoliga tanishi Ra’no keladi. U jiyani bilan qo‘shni edi. Ra’noning uyiga kelgan Shuhrat ziyofat ustidan chiqib qoladi. Ra’noning mehmoni bor edi. U o‘zini Egamberdi deb tanishtiradi. Shofirkonda talonchilik qilgan “mehmon” qo‘lga olindi
Novvoy velosipedga nonlarni ortib, bozorga yo‘l olganida, velosipedi yo‘qolgan fuqaroning murojaati asosida ish boshlagan ichki ishlar idoralari xodimlariga duch keldi. Novvoy bergan ko‘rsatma yordamida velosiped o‘g‘rilari choyxonada ulfatchilik qilib o‘tirganida qo‘lga olindi. Sirdaryo viloyatida velosiped o‘g‘rilari qo‘lga olindi
Nashr eslatishicha, avvalroq The Sun gazetasi videoyozuv e’lon qilgan, unda 69 yoshli Syuell noma’lum ayol bilan ulfatchilikda kokain qabul qilayotgani aks etgan edi. Britaniya lordlar palatasining a’zosi kokain iste’mol qilgani fosh bo‘lgach, o‘z vakolatini topshirdi
Nusxa salkam yarim yil davomida tayyorlandi, buning uchun Taysonning suratlari va videosi o‘rganilib, minglab o‘lchamlar olindi. Haykal ko‘rinishiga asos sifatida esa bokschi ikkinchi darajali rollardan birini ijro etgan “Vegasdagi ulfatchilik ” filmi tanlandi. Madam Tyusso muzeyida Mayk Taysonning mumdan yasalgan nusxasi paydo bo‘ldi
Xorazm viloyati Urganch tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Chotko‘pir qishlog‘ida yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan fuqaro mast holda, o‘zaro janjal oqibatida birga ulfatchilik qilib o‘tirgan 1963-yilda tug‘ilgan qo‘shnisiga pichoq bilan tan jarohati yetkazganligi natijasida kasalxonada vafot etganligi aniqlandi. Xorazmning Chotko‘pir qishlog‘ida 22 yoshli yigit 54 yoshli ulfatini pichoqlab qo‘ydi
Yana bir tomoni bor. Biz ko‘pincha oyoq ustida, ulfatchilikni saqlash uchun, odob yuzasidan ovqatlanamiz. Bularning hammasi ovqatdan to‘liq rohatlanishga, mazaning hamma belgilarini his qilishga va to‘yish jarayonini o‘z vaqtida anglashga imkon bermaydi. Haqiqatan ham ovqatni uzoq chaynash kerakmi?
1993-yilda tug‘ilgan Begzod Ergashev bundan uch yil oldin badanga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatga qo‘l urgan, ammo sudning ajrimiga ko‘ra uning ayblilik masalasi taraflarning yarashganligi munosabati bilan harakatdan tugatilgandi. Bu, agar u teranroq fikr yuritganida, yoshlikdagi xatosidan tegishli xulosa chiqarib olishi uchun o‘ziga berilgan imkoniyat edi. Afsus, biz hikoya qilmoqchi bo‘lgan voqea “qahramon”laridan biri o‘tmishdagi xatosidan tegishli xulosa chiqarmadi. Aksiga olib, bekor yurdi, tayinli bir ishning boshidan tutmadi, qolaversa, yosh oilasi “tashvishi”ni ota-ona ixtiyoriga topshirib, “o‘ziga o‘xshagan”lar bilan ulfatchilik qilishni odatga aylantirdi. Qoraqalpog‘istonda ikki yigit voyaga yetmagan qizning nomusiga tegdi
Ma’lum bo‘lishicha, shu tumanda yashovchi fuqaro M.R. tanishi D.X.ni o‘z uyiga taklif qilgan. Ulfatchilik avjiga chiqqan bir paytda mast holdagi D.X. hamda M.R.ning birga yashagan 64 yoshli otasi M.R. o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Oqqo‘rg‘onda mehmonga kelgan ayol mast holda mezbonni pichoqlab o‘ldirdi
Bu uzoq va halovatsiz, o‘zing bilan yakkama-yakka shafqatsiz jang qilish edi. Biror kishi menga achinib qaramasdi. Axir, do‘stlaring bo‘lishi uchun puldor bo‘lishing, yosh tengqurlar bilan tanishib, ular bilan ulfatchilik qilishing, ular qayerga borsalar, sen ham o‘sha yerga borishing kerak bo‘lardi. Menda esa bularning hech biri yo‘q edi; “Bu o‘zing bilan yakkama-yakka shafqatsiz jang qilish edi”. Onore de Balzakning “Dahriyning ibodati” novellasi haqida
Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida marhum 14-fevral kuni kechqurun hamqishlog‘ining yashash uyida uch kishi bo‘lib ulfatchilik qilgani aniqlangan. Mast holatda bo‘lgan og‘aynilar o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro janjal davomida mehmonlardan biri ikkinchisining bosh qismiga “nega singlim va ayolimni haqorat qilasan?” deya aroq shishasi bilan urgan. Shundan so‘ng mehmonlar uylariga tarqalgan, biroq yo‘lda janjal yana davom etgan. Jizzaxda mast erkak ayoli va singlisini haqorat qilgan do‘stini tayoq bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi
Nashr mer va uning do‘stlari ulfatchilik qilgan joyda ochiq tobut qayerdan kelib qolganiga aniqlik kiritmagan. Perudagi shaharcha meri karantinni buzgani uchun jazodan qochish maqsadida o‘zini o‘lganga soldi
Ulfatchilik davom etadi, kayfi oshib qolgan hamshishalar o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqadi. Fuqaro B.M stol ustida turgan oshxona pichog‘ini olib, Z.Bning dastlab bo‘yin sohasiga 1 marotaba va ko‘krak qismiga 2 marotaba pichoq urib, jarohat yetkazgan. Keyin fuqaro P.Aning o‘ng ko‘krak qafasiga 1 marotaba, turmush o‘rtog‘i T.Nning yelka qismiga 2 marotaba oshxona pichog‘i urib jarohatlaydi. Turmush o‘rtog‘ining o‘ldirmasligini aytib yalinishigina uni xushiga keltirib, o‘z harakatlarini to‘xtatadi. Stol ustida turgan kalitini olib, uyni tashqi tomonidan qulflab chiqib ketadi. Zarafshonda ta’ziyadan qaytib, ulfatchilikka borgan fuqaro uch kishini pichoqladi. Ulardan biri hayotdan ko‘z yumdi