Kontekst:
"Spot.uz"da reklamaBugun maxfiylikning yangi davri boshlanadi. Endilikda Fragment platformasida mavjud bo‘lgan blokcheyn asosidagi anonim raqamlar yordamida SIM-kartasiz Telegram hisobiga ega bo‘lish va kirish mumkin.Global avtomatik o‘chirish taymeriTelegram 2013-yilda o‘chib ketuvchi xabarlarni tanishtirgan edi. Foydalanuvchilar istalgan yuborgan va qabul qilgan xabarini har ikkala tomondan izsiz o‘chirib tashlashi mumkin.Ular muayyan vaqtdan keyin alohida chatlarni tozalash uchun avtomatik o‘chirish taymerlarini ham sozlashi mumkin.Endi barcha yangi chatlarda xabarlarni avtomatik olib tashlash uchun global avtomatik funksiyasidan foydalanish mumkin.Bu mavjud chatlarga ta’sir qilmaydi, lekin Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Xabarlarni avtomatik o‘chirish ruknidagi yangi menyudan ularning istalganiga avtomatik o‘chirish sozlamalarida oson tatbiq qilish mumkin.Taymer barcha foydalanuvchilar bilan kim boshlaganidan qat’i nazar barcha yangi chatlarga va siz yaratadigan barcha yangi guruhlarga avtomatik tatbiq qilinadi.Shuningdek, kichik maxfiy guruhlarda avtomatik o‘chirish funksiyasini sozlash osonlashtirildi. Bunda taymerni endi guruh nomi va rasmini o‘zgartirishga ruxsat berilgan istalgan a’zo o‘zgartirishi mumkin.Maksimal maxfiylikTelegramning xabarlarni barcha ishtirokchilar uchun izsiz olib tashlash, mavjud va kelgusi chatlarni avtomatik o‘chirish taymeri bilan o‘chirishning unikal birlashmasi butun xabarlar tarixi ustidan to‘liq egalik qilish imkonini beradi. U hisobdan SIM kartasiz foydalanish bilan birga maksimal maxfiylik taqdim etadi.Mavzular 2.0Avvalgi yangilanish katta guruhlar adminlariga klassik internet forumlarini oxirgi xabarlashuv texnologiyalari bilan birlashtirgan holda muhokamalarni mavzularga tartiblash imkoniyatini taqdim etgandi.Bugun mavzular yanada kuchli imkoniyatlarga ega bo‘ldi va endi ulardan 100 ta yoki undan ortiq a’zoga ega guruhlar foydalanishi mumkin.Mavzuli guruhlar qulay ikki ustunli rejimda ochiladi, shuning uchun boshqa chatlarga avvalgidek tez kirish mumkin.Bevosita chatlar ro‘yxatidan oxirgi mavzuga almashtirish uchun shunchaki razm solish oynasidagi yangi tugmani bosish yetarli.Spamga qarshi kuchaytirilgan himoyaEndi 200 dan ortiq a’zoga ega guruh adminlari yangi spamga qarshi kuchaytirilgan himoya rejimini yoqish orqali spamerlarga qarshi Telegramning butun kuchini yo‘naltirishi mumkin.Guruh adminlari bevosita oxirgi amallar sahifasidan xato aniqlashlar haqida xabar bera oladi.Bu tizim foydalanuvchilar xotirjamligini yanada ishonchli himoyalashi uchun yordam beradi.Vaqtincha QR kodlarOmmaviy foydalanuvchi nomiga ega Telegram foydalanuvchilari atrofidagi odamlar bilan bog‘lanish uchun QR kodlarni hosil qilishi mumkin.Agar foydalanuvchi nomi bo‘lmasa va barchadan telefon raqamini berkitayotgan bo‘lsa, endi vaqtincha QR kodlar hosil qilish mumkin.Bu kodni skanerlash odamlarga telefon raqamni bilmasdan sizni darhol kontakt sifatida qo‘shish imkonini beradi.iOS uchun ilovada emoji qidirishTelegram iOS foydalanuvchilari eng mos emojini, jumladan, maxsus to‘plamlaringiz ichidan qidirish uchun allaqachon Android uchun ilovada mavjud bo‘lgan emoji qidirish funksiyasidan foydalanishi mumkin.Emojilar panelini ochish uchun xabar yozayotganda kiritish maydoningizda shunchaki smaylik belgisini bosish kerak.Agar emoji kalit so‘zi bo‘lmasa, uni tarjima platformasida tavsiya etish mumkin.Xabar boshida “xursand” yoki “tabassum” kabi kalit so‘zlarni kiritish orqali u asosidagi emoji tavsiyalarini ko‘rish ham mumkin yoki istalgan xabarda :bazm yoki :niqob kabi ikki nuqta va kalit so‘z kiritish kerak. Bu yangi funksiya emas, shunchaki u juda qulay.Android uchun ilovada batafsil xotiradan foydalanish va boshqalarAndroid uchun ilovada xotiradan foydalanish sahifasi dizayni iOS uchun ilovaga o‘xshash tarzda yangilandi.U endi har bir chat qurilmasida qancha joydan foydalanayotganini aks ettiradi.Alohida chatlar mediasini endi rasmlar, videolar, musiqalar va fayllar kabi fayl turi asosidan filtrlangan keshdan tozalab tashlash mumkin.Shu bilan birga, Android dasturchilari jonli joylashuvlarni tashqi xarita ilovalarida ochish imkoniyatini qo‘shdi va chatlardagi xabarlar, profil rasmlari va jonli joylashuvlar kabi elementlarni yuklash dizayni yaxshilandi.Yangi maxsus emojilar (Premium)Telegram rassomlari Premium foydalanuvchilariga xabarlar, reaksiyalar va statuslarda o‘zlarini ifoda etishning ko‘proq usullarini taqdim etgan holda yana 10 ta maxsus emojilar to‘plamini taqdim etdi.Ko‘proq interaktiv emojilarYana bitta Telegram yangilanishi yangi interaktiv emojilarni anglatadi. Yakkama-yakka chatda bitta tegishli emojilarni yuborganda butun ekran effektlari siz va suhbatdoshingiz uchun sinxronlanadi. Barcha foydalanuvchilar ushbu emojilardan reaksiyalar sifatida ham foydalanishi mumkin.
Manba:
| Nomi | Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi |
| Muallif(lar)i | spot.uz |
| Yozilgan vaqti | 07.12.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 07.12.2022 |
| Kiritilgan vaqti | 21.08.2023 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | muhokama |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | 18+ |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
| NET-manzili | https://www.spot.uz/oz/2022/12/07/telegram-update |
| Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |