Kontekst:
"Spot.uz"da reklamaMazkur kitobda quyidagi mavzularda ma’lumotlar berilgan:Master React asoslari;to‘liq huquqli ilovalarni yaratish;ma’lumotlar va marshrutlash bilan ishlash;sinov komponentlari;shartli ko‘rsatish;ilovani optimallashtirish.“React. Tez boshlash”, Stoyan StefanovMazkur kitobda ma’lumotlar oddiy tarzda, bosqichma-bosqich qo‘llanma tarzida berilgan.Unda React’ning asosiy qurilish bloklari sifatida komponentlarni qanday yaratish va ularni loyihada qanday amalga oshirishni tushuntiriladi.Muallif bilan birgalikda o‘quvchilar to‘liq sozlanishi mumkin bo‘lgan “Whinepad” ilovasini reytinglar uchun fikr-mulohaza kartasini yaratadi.“React harakatda”, Tomas Mark TilensQo‘llanma foydalanuvchi interfeyslari haqida professional tarzda qanday fikr yuritishni va ularni React yordamida yaratishni o‘rgatadi.O‘quvchi mazkur asosiy mavzularni o‘rganadi: renderlash, hayot aylanish usullari, JSX, ma’lumotlar oqimi, shakllar, marshrutlash, uchinchi tomon kutubxonalari bilan integratsiya va test.Ushbu kitobdagi dizayn g‘oyalari veb-dasturchilar ilovalarini ommalashtirishga yordam beradi. Har bir bobda ko‘plab amaliy misollar mavjud.“Reactni o‘rganamiz”, Kirupa ChinnathambiYangi boshlochilar uchun veb-dasturchilar orasida mashhur bo‘lgan Youtube kanali muallifidan yangilangan qo‘llanma.Ushbu kitob React bilan tanish bo‘lmagan dasturchilarga mashhur React freymvorkining asoslarini tushunishiga yordam beradi.U sodda tilda yozilgan va murakkab tushunchalarni tasavvur qilish uchun rangli illyustratsiyalar, shuningdek, amaliy bosqichma-bosqich misollar bilan to‘ldirilgan.“React va Redux. Funtsional veb-dasturlash”, Aleks Banks, Eva PorselloKitob o‘quvchiga React+Redux yordamida foydalanuvchi interfeyslarini qanday yaratishni ko‘rsatib beradi.O‘quvchilar funksional dasturlashni va ECMAScript’ning eng so‘nggi xususiyatlarini, shuningdek, freymvorkning nazariy bilimlarini amalda qoo‘lashni o‘rganadi.Mazkur kitobning afzalliklari:React ekotizimini chuqur yoritish;React va Redux ES6 sintaksisi bilan qanday ishlashini yoritish;kod namunalari bilan GitHub omboriga havola;nazariya va amaliyotning yaxshi kombinatsiyasi.
Manba:
| Nomi | IT bo‘yicha 5 ta kitob: React.JS |
| Muallif(lar)i | spot.uz |
| Yozilgan vaqti | 21.01.2023 |
| Internetga joylangan vaqti | 21.01.2023 |
| Kiritilgan vaqti | 21.08.2023 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | muhokama |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | 18+ |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
| NET-manzili | https://www.spot.uz/oz/2023/01/21/react-js/ |
| Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |