Kontekst:
Yandex Cloud “bulutli” platformasi va Mont dasturiy ta’minot distribyutori 31-may sanasida birgalikda hamkorlik boshlanganini e’lon qilishdi. Endi O‘zbekistondagi Mont hamkorlari provayderning barcha xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Bu quyidagilarga “bulutli” yechimlar savdosini ko‘paytirishga sharoit yaratadi:tizim integratorlari;dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari;web-studiyalar.Ularning mijozlariga esa veb-ilovalar hamda xizmatlarni rivojlantirishni tezlashtirish va yaxshilash, ma’lumotlar bilan ishlash, sun’iy intellektni joriy etish va shu kabi boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.2018-yilda tadbirkorlik subyektlariga 2024-yilgacha O‘zbekistonda raqamlashtirishni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida “bulutli” texnologiyalarni joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Ayni paytda O‘zbekistonda “bulutli” texnologiyalar bozorining holati bo‘yicha statistik ma’lumotlar yo‘q, biroq startaplar, “fintech” sohasi vakillari va kichik biznes subyektlari loyihalarni tezda ishga tushirish va mavjudlarini kengaytirish uchun “bulutlar” dan faol foydalanayotganini ko‘rish mumkin.Global rivojlanish rejasidan kelib chiqilsa, bunday hamkorlik O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu biznes uchun 50 dan ortiq “bulutli” platforma xizmatlarini taqdim etish bilan birga, web-saytlarni ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish, qo‘ng‘iroq markazlarini avtomatlashtirish, sun’iy intellekt bilan ishlash va korporativ ma’lumot omborlarini qurish uchun platforma xizmatlaridan foydalanish imkonini ham beradi.Ayni paytda O‘zbekiston bozorida:Sharifa Com;Service You;Light Technology;Micros kabi kompaniyalar “bulutli” texnologiyalar bilan ishlashni boshlagan.“Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlarida „bulutli“ yechimlarni ishlab chiqishga talab ortib borayotganini ko‘ryapmiz. Biznes o‘z mahsulotlarini raqamli va turli bosim hamda bozor ehtiyojlariga moslashuvchan bo‘lishini talab etadi. Biz yangi muvaffaqiyatli yechimlarni yaratishning barcha bosqichlarda End-to-end yordam ko‘rsatgan holda, ishonchli biznes hamkorlariga aylanamiz”, — deb izoh berdi Yandex Cloud platformasining tijorat direktori Aleksandr Chernikov.Shuningdek, kompaniyalar endi “bulutli” platforma xizmatlari uchun to‘lovni mahalliy valyuta — o‘zbek so‘mida amalga oshirishi, hujjat aylanishini mahalliy qonunchilikka muvofiq amalga oshirishi va Mont dasturiy ta’minot distribyutori tajribasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.“Minglab mijozlar Yandex Cloud bulutli xizmatlaridan foydalanishadi va bu yechimga o‘tayotgan mijozlar soni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Endi Mont hamkorlari o‘z mijozlari, jismoniy hamda yuridik shaxslarga Yandex bulutining barcha imkoniyatlarini taklif qilishi mumkin. Yandex Cloud’ning hamkorlar kanalida mavjudligi, birinchi navbatda, biznes foydalanuvchilari uchun qulaylikdir. Yakuniy mijozlar uchun xizmatlarni sotib olish, sozlash va integratsiya qilish yanada qulayroq jarayonga aylanadi”, — dedi MONT bulutli distributsiya departamenti direktori Dmitriy Yelin.Mont hamkorlari “bulutli” platforma xizmatlarini sinovdan o‘tkazishi va o‘z IT-mutaxassislarini provayder xizmatlari bilan ishlashga o‘rgatishi mumkin. Shu bilan birga, Yandex Cloud barcha boshlang‘ich bosqichlarda foydalanuvchilarga texnik jihatdan yordam ko‘rsatadi.Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.Email: golovina@itcomms.ioTelegram: t.me/golovina_dashaReklama huquqlari asosida.
Manba:
Nomi | Yandex Cloud va Mont o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi |
Muallif(lar)i | spot.uz |
Yozilgan vaqti | 31.05.2023 |
Internetga joylangan vaqti | 31.05.2023 |
Kiritilgan vaqti | 21.08.2023 |
Qo‘llanish sohasi | OAB |
Matn tipi | muhokama |
Uslubi | Publisistik |
Auditoriya yoshi | 18+ |
Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
NET-manzili | https://www.spot.uz/oz/2023/05/31/yandex-cloud/ |
Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
Gap soni | 0 |
So‘z(shakl) miqdori | 0 |
Teglovchi | Operator |