Kontekst:
Shamsi Saloh “tund, biroz oliftaroq, jimjima narsaga o‘ch, biroz kibrliroq, hamma narsaning go‘zal bo‘lishini istovchi va hamisha shunga intiluvchi, hashamli va jilvali narsalarni sevuvchi, har bir manzaraning nihoyatda zebo tomonlarini ko‘ra oluvchi, nafis tashbehlarga ustasi farang, yashashi va kiyinishida ham o‘ta ziyolilik barq urib turuvchi kishi edi; u hayotga ham, tevarak-atrofiga ham mana shu nozik ziyolilik ko‘zoynagi bilan qarardi”. U qo‘shiqchi juvon Muazzamni shu nigoh bilan uqdi. Shon-sharaf sahnasiga shu yo‘sinda olib chiqishga diqqatini qaratdi. Uni go‘l, ishonuvchan, to‘pori ayol deb o‘yladi. O‘z qutqusi domiga tez ilintirmoqchi bo‘ldi. Ammo inson qalbi bilan hazillashib bo‘lmasligini brigadir Otaqulning xati uning xomxayol orzulariga tuzoq qo‘yadi. “Men uni tushunadigan yagona erkak ekanligimdan hamisha faxrlanaman va u ham meni tushunadi, deb o‘ylayman. Mabodo, gaplarimga shubha qilsangiz uning o‘zi bilan gaplashing. Men unchalik gapga usta emasman va umrimda juda kam kitob o‘qiganman, lekin xatimning oxirida sizga shuni aytmoqchimanki, siz hali bu xalqni bilmas ekansiz. U homiylikka muhtoj emas… U sizning muruvvatingizsiz ham buyukdir…” Ha, shunday. Xalq u olomon emas va muruvvatga muhtojlikni qullik deya rad etadi.
Manba:
Nomi | Qadimiy mung zalvori |
Muallif(lar)i | uzhurriyat.uz |
Yozilgan vaqti | 15.06.2022 |
Internetga joylangan vaqti | 15.06.2022 |
Kiritilgan vaqti | 28.08.2023 |
Qo‘llanish sohasi | OAB |
Matn tipi | muhokama |
Uslubi | Publisistik |
Auditoriya yoshi | 18+ |
Auditoriyaning salohiyat darajasi | omma uchun |
NET-manzili | https://uzhurriyat.uz/2022/06/15/qadimiy-mung-zalvori/ |
Ichki korpus turi | Davriy nashrlar korpusi |
Gap soni | 0 |
So‘z(shakl) miqdori | 0 |
Teglovchi | Operator |