Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Oshxonani saranjomlab bo‘lgach, tomorqaga chiqdi. Pomidor ko‘chatlarini chopiq qilish kerak, loviya ekish kerak. U so‘riga eri uchun dasturxon yozdi. Choyini damlab berdi. Tezgina “jag‘ir-jug‘ur” qilgan taomni ham chiqarib qo‘ydi. Eri choy ichadigan piyolani yana bir marta yaxshilab artdi. Qoshiqni ko‘zdan kechirdi. Biror gard ko‘rsa ham erining asabi chiqib ketadi. Shuning uchun hamma narsani saranjomlab bergani yaxshi. Bo‘lmasa chopiqdan qo‘yib ham, daladan oldirib hamma narsani ko‘nglidagiday qilguncha ustida turib tozalatadi. O‘zi ishlamaydi ekinzorga chiqib. Oyog‘i og‘riydi. Qo‘li ham. Doktorlar semirib ketganidan, deyishadi. Ammo eri, bugungi doktorlar hech baloni bilmaydi, mening dardim og‘ir, ichim ham og‘riydi, deydi.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiYana tong otadi
Muallif(lar)i uzhurriyat.uz
Yozilgan vaqti20.07.2023
Internetga joylangan vaqti20.07.2023
Kiritilgan vaqti28.08.2023
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipimuhokama
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi18+
Auditoriyaning salohiyat darajasiomma uchun
NET-manzilihttps://uzhurriyat.uz/2023/07/19/yana-tong-otadi/?lang=lat
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator