Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Kutubxonachi kim? Zamonaviy kutubxonachidan nima talab qilinadi? Kutubxonachi o‘quvchilarga formulyarlar ochadi, unga berilgan kitoblarning nomi va raqamlarini yozib qo‘yadi. Kutubxonada tartibni saqlaydi, eskirgan kitoblarni ta’mirlaydi, yaroqsiz holga kelib qolgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzadi, yangilarini qabul qiladi, tizimli va alifboli kataloglarni to‘ldiradi, o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkazadi. Faqat shumi? Aslida, kutubxonachining ishi bu qadar oddiy va oson emas. Zamonaviy kutubxonachi o‘quvchilarning kichik tirajda nashr etilgan yoki bo‘lmasa, ancha oldin chop etilgan va qayta bosilmagan kitoblar orasidan eng siyraklari bilan tanishishi uchun imkoniyat yaratishi kerak. Shuningdek, elektron kutubxona va elektron baza bilan ishlay olish, o‘quvchilarga kitob, elektron kitob va kerakli saytlarni topishda ko‘maklashish ham ularning vazifasiga kiradi. Zamonaviy kutubxonachi nafaqat internet tizimining mohir foydalanuvchisi bo‘lishi, balki u kutubxona qidiruv tizimlarini ham yaxshi tushunishi kerak. Mohiyatiga ko‘ra, XXI asr kutubxonachisi – foydalanuvchilarga kerak bo‘lgan ma’lumotning aniq va tez qidiruvini ta’minlovchi konsultant. Bir so‘z bilan aytganda, bu kasb yaxshi bilim, xushmuomalalik va matonatni talab qiladi.Kutubxonachi – ijodkor inson. Ommaviy tadbirlarda kutubxonachining o‘rni juda muhim va tadbirning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bo‘lishi unga bog‘liq. Afsuski, hozirgi kunda kutubxonachilarning hammasini ham ijodiy yetuk deb bo‘lmaydi. Har bir kutubxonachilik yo‘nalishidagi oliy ma’lumotli mutaxassis ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lmasligi mumkin.

Manba:

NomiBugungi kutubxona va kutubxonachi qanday bo‘lishi kerak?
Muallif(lar)i Marirat.uz sayti
Yozilgan vaqti17.04.2021
Internetga joylangan vaqti06.10.2018
Kiritilgan vaqti17.04.2021
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipi
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi
Auditoriyaning salohiyat darajasi
NET-manzilihttp://marifat.uz/marifat/ruknlar/manaviat/1752.htm
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator