Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Foto: The Voice MagAyoz va kuchli shamol tufayli qo‘llarning nozik terisi qurib, yorilib, toshmalar bilan qoplanganmi? Oddiy va hamyonbop xalqona retseptlar yordamida qo‘l terisi do‘konlardagi yog‘li kremlarga qaraganda tezroq mukammal ko‘rinishini tiklaydi, deb yozadi The Voice Mag.Tuxumli niqobTuxum oqi qo‘llarni parvarish qilish uchun juda ham foydalidir: terining tarangligi va elastikligini samarali tiklaydi. Niqobni tayyorlash uchun faqat bir dona tuxum oqi va bir osh qoshiq asal kerak bo‘ladi. Tayyor aralashma qo‘llarga surtiladi, qurigach niqob iliq suv bilan yuviladi. So‘ngra teriga oziqlantiruvchi krem yoki kokos yog‘i surtiladi.Kartoshkali kremKartoshka haqiqiy mo‘jizalarga boy, uning yordamida qo‘llarga ipakdek silliqlikni qaytarish mumkin. Ushbu kremni tayyorlash uchun 2 ta kartoshka qaynatib olinadi, maydalanib, 2 osh qoshiq sut, asal va kungaboqar yog‘i aralashtiriladi. Bunday kartoshka niqobini haftada 2 marta 15 daqiqa davomida qo‘llash kerak. Tayyor krem bir qancha muddat davomida muzlatkichda saqlanishi mumkin.Na’matakli niqobYuqoridagi retseptlar orasidagi eng oson variant. Har qanday dorixonada na’matak yog‘ini sotib olish va har kuni qo‘l terisiga surtish tavsiya etiladi. Oziqlantiruvchi niqob qo‘l terisini yoshartiradi va uning elastikligini tiklaydi.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiQo‘l terisini parvarishlash uchun uy sharoitida tayyorlanadigan 3 xil niqob
Muallif(lar)i zamin.uz
Yozilgan vaqti19.01.2023
Internetga joylangan vaqti19.01.2023
Kiritilgan vaqti29.08.2023
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipimuhokama
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi18+
Auditoriyaning salohiyat darajasiomma uchun
NET-manzilihttps://zamin.uz/uz/hayot-tarzi/111543-l-terisini-parvarishlash-uchun-uj-sharoitida-tajerlanadigan-3-hil-niob.html
Ichki korpus turiDavriy nashrlar korpusi
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator