Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Ha, Klopp mana shunday katta missiyani juda tez uddaladi. Esingizda bo‘lsa, «Liverpul» 2016 yil Brendan Rojyersni iste’foga chiqargach, futbol jamoatchiligi uning o‘rnini kim egallashi borasida mulohaza yurita boshladi. «MATCh TV»ning «Inglizcha aksent» degan ko‘rsatuvida qatnashgan taniqli sharhlovchi Roman Gutsayt bu borada aytgan gapi hech esdan chiqmaydi: «Agar «Liverpul»ga uzoq kutilgan Angliya chempionligi kerak bo‘lsa, Karlo Anchelottini olib kelishi kerak. Agar «Liverpul» xo‘jayinlari «banda» yaratishni xohlashsa, u holda Yurgenn Klopp eng yaxshi variant». Chindan ham Klopp «banda» yarata oldi. Uning jamoasi xohlagan jamoasiga 5talab gol ura boshladi, lekin har qanday o‘rtamiyona jamoa ham «Liverpul»ni yengib ketaverdi. Oqibatda Kloppning jamoasi Robin Hud laqabini oldi.

Oldingi Keyingi

Manba:

Nomi30 yillik «tavqi la’nat». «Liverpul»ga yana nima yetishmayapti?
Muallif(lar)i Kun.uz sayti
Yozilgan vaqti22.04.2021
Internetga joylangan vaqti08.03.2019
Kiritilgan vaqti22.04.2021
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipi
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi
Auditoriyaning salohiyat darajasi
NET-manzilihttps://kun.uz/uz/news/2019/03/08/30-yillik-tavqi-lanat-liverpulga-yana-nima-yetishmayapti
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator