Kontekst:
Hududida 3,7 million, chegaralarida 1 milliondan ortiq kishiga panoh bo‘lgan davlat na Eron, na Rossiyadir. Bu yukni biz 9 yildan beri yolg‘iz boshimiz bilan ko‘tarib kelmoqdamiz. Turkiya buni zimmasiga olmoqda. «Eshiklarni yoping», deyishyapti. U ish bitdi, endi G‘arb hisob beradi. Gaz bombasi, haqiqiy bomba bilan qo‘rqitmoqchi bo‘lganlar endi hisob berishga majbur. G‘arbning qochoqlar qo‘rquvi bilan aytgan balandparvoz gaplari real hayotda aniq bir ifodasini topmayapti. Biz yillar davomida «Suriyada xavfsiz zonalar yarataylik, tuzumdan qochgan odamlar bu yerda joylashib olsin», degan chaqiriqlar bilan chiqdik. Yevropaning hech bir davlati ushbu chaqiriqni qo‘llab-quvvatlamadi. Chegaralarimizni ochganimizdan beri Yevropaga kirganlar soni 100 mingdan oshdi. Tez orada bu raqam millionlarda ifodalanadi.
Manba:
| Nomi | «Yelkalari ustidagi boshlari ketadi» - Erdo‘g‘an Suriyani yana bir bor ogohlantirdi |
| Muallif(lar)i | Kun.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 22.04.2021 |
| Internetga joylangan vaqti | 03.03.2020 |
| Kiritilgan vaqti | 22.04.2021 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://kun.uz/uz/news/2020/03/03/yelkalari-ustidagi-boshlari-ketadi-erdogan-suriyani-yana-bir-bor-ogohlantirdi |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |