Kontekst:
Markaziy Osiyoga keladigan bo‘lsak, O‘zbekistonda, O‘zbekistonning ichida yoritilishi ancha faol bo‘lyapti. Tahlil ham anchagina ko‘p bo‘lyapti. Mana masalan, o‘zingizda, Kun.uz’da ancha tahliliy maqolalar, suhbatlar bo‘lyapti. Savol ostiga ham olinyapti. Shaxsan o‘zim yomon emas, deb baholagan bo‘lardim. Bu yerda bir narsani nazarda tutish kerak, jurnalistlar hozir sal qo‘li bog‘lanib qolgan, pandemiya davrida uyda o‘tirish kerak va avvalgiday bemalol yurib, xohlagan idorasiga borib biror narsani surishtirish yoki aytaylik pandemiya holatida karantin joylari yoki kasalxonalarga ruxsatsiz borolmaysiz, bular hammasi rasmiy kanallar orqali qilinishi kerak. Shuning uchun jurnalistlarning qo‘li ham biroz bog‘liq. Shuni hisobga olsangiz ancha faol ishlashyapti degan bo‘lardim.
Manba:
| Nomi | OAV pandemiyani qanday yoritmoqda? BBC va Amerika ovozi muxbirlari bilan suhbat |
| Muallif(lar)i | Kun.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 22.04.2021 |
| Internetga joylangan vaqti | 27.04.2020 |
| Kiritilgan vaqti | 22.04.2021 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://kun.uz/uz/news/2020/04/27/oav-pandemiyani-qanday-yoritmoqda-bbc-va-amerika-ovozi-muxbirlari-bilan-suhbat |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |