Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

Shu tariqa, o‘z an’analariga ega APL o‘rtamiyonasi katta pullarga ko‘mildi. Bundan klub muxlislari xursand bo‘layotgani tabiiy. Ammo boshqa tomondan endi yangi xo‘jayinlar an’analarga tupurishini ham istisno qilib bo‘lmaydi. Ular katta pul tikkach, tezda natija kelishini kutishadi. Bu esa ingliz old skul vakillaridan bo‘lgan «Nyukasl» muxlislarini biroz ranjitishi bor gap. Yangi rahbariyat klub akademiyasini kuchaytirishi, «Manchester Siti» kabi o‘z futbolchilarini eksport qiladigan superjamoa qurishi ham mumkin, ammo hozir emas. Hozir avvaliga nom chiqarib olish kerak. Buning uchun esa avvalo tez natija qila oladigan Konte tipidagi murabbiy, hozirgi jamoasida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan, lekin katta maoshi tufayli boshqa klublarga o‘tishi ham qiyin bo‘lgan Beyl kabi futbolchilar olib kelinadi.

Oldingi Keyingi

Manba:

Nomi«Olaqarg‘a» milliardlar ustiga qo‘ndi. Bu muvaffaqiyat garovimi?
Muallif(lar)i Kun.uz sayti
Yozilgan vaqti02.02.2022
Internetga joylangan vaqti17.10.2021
Kiritilgan vaqti02.02.2022
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipi
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi
Auditoriyaning salohiyat darajasi
NET-manzilihttps://kun.uz/uz/news/2021/10/17/olaqarga-milliardlar-ustiga-qondi-bu-muvaffaqiyat-garovimi
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator