Korpus bo‘yicha izlash

Kontekst:

─ Muayyan xastalikni dorilar orqali muolaja qilish uni vaqtinchalik to‘xtatishi, simptomlarni yo‘qotishi mumkin, ammo kasallik negiziga ta’sir ko‘rsatmaydi. Natijada sal vaqt o‘tgach, xastalik yana takrorlanishi, surunkali ko‘rinishga o‘tib ketishi, achinarlisi, boshqa jiddiy kasalliklarni ham ergashtirib kelishi mumkin. Misol uchun, holsizlikka hech kim jiddiy e’tibor qaratmaydi. Bir uxlab tursam, o‘zimga kelaman, deb o‘ylaydi. Vaholanki, holsizlik to‘yib uxlash, vitaminlar qabul qilish bilan ham barham topmasligi mumkin. Agar u davolanmay qolaversa, immunitetning tushishiga sabab bo‘ladi, bu esa infeksion xastaliklarni yuqtirib olish xavfini paydo qiladi. Shu bois xastalik tibbiy muolajalar orqali shifo topmayaptimi, demak, ruhiyatni davolashga kirishish lozim. Lekin, albatta, birinchi navbatda organizmdagi o‘zgarishlar (shamollash), ovqatlanish va dam olish tartibi kabilarga ham e’tibor qaratish kerak. Isitma qirqqa chiqib turganda ruhiyatning sog‘ayishini kutib turish yaramaydi, tibbiy muolajaga murojaat qilinadi. Ruhiy davoni birinchi va asosiy planga olib chiqish emas, undan qo‘shimcha samara vositasi sifatida foydalanish lozim.

Oldingi Keyingi

Manba:

NomiNega ba’zi kasalliklarda muolajalar naf bermaydi?
Muallif(lar)i Kun.uz sayti
Yozilgan vaqti22.04.2021
Internetga joylangan vaqti18.06.2019
Kiritilgan vaqti22.04.2021
Qo‘llanish sohasi OAB
Matn tipi
Uslubi Publisistik
Auditoriya yoshi
Auditoriyaning salohiyat darajasi
NET-manzilihttps://kun.uz/uz/news/2019/06/18/nega-bazi-kasalliklarda-muolajalar-naf-bermaydi
Ichki korpus turiTa’limiy korpus
Gap soni0
So‘z(shakl) miqdori0
TeglovchiOperator