Kontekst:
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zolari, senatorlar, mahalliy Kengash deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi hamda hududning to‘rtala sektor rahbarlari va OAV xodimlari ishtirok etgan sessiyada viloyat hokimi Rustam Xolmatovning aholiga murojaati tinglandi. Unda ta’kidlanganidek, joriy yilning o‘tgan davrida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishilgan. Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini o‘tgan yilga nisbatan o‘sishi ta’minlandi. Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish borasida ham yutuqlar mavjud. Aholining real daromadlari ham oshmoqda. Mahalliy byudjetning belgilangan daromad rejasini oshirib bajarish hisobiga 371,7 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ shakllantirildi hamda jami 295 mln AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. 273 ta yangi korxonalar eksportga jalb etilib, eksportyor korxonalar soni 578 taga yetkazildi.
Manba:
| Nomi | Toshkent viloyatining 13 hududida yil davomidagi topshiriqlar risoladagidek ijro etilmadi |
| Muallif(lar)i | xs.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 21.04.2021 |
| Internetga joylangan vaqti | 20.12.2020 |
| Kiritilgan vaqti | 21.04.2021 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://xs.uz/uz/post/toshkent-viloyatining-13-hududida-jil-davomidagi-topshiriqlar-risoladagidek-izhro-etilmadi |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |