Kontekst:
– Hududimizda ichimlik suv muammosi mavjud, – deydi Chorbog‘ mahallasi raisi A. To‘raboyev. – Ko‘p yillardan buyon bu masala yechimini topmayotgan edi. Artezian qudug‘i qazilib, Navro‘z bayramigacha Chorbog‘ qishlog‘iga toza ichimlik suvi keladigan bo‘ldi. Mahallada uchta maktab bor. 45-umumta’lim maktabida sinflar yetishmaydi. Sport zali yo‘q. Mas’ullar qo‘shimcha bino va zamonaviy sport zali qurilishini kelgusi yil davlat dasturiga kiritishni va’da qildi. Qabul chog‘ida “Tez tibbiy yordam” bo‘limi, yo‘llarni tamirlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish, tijorat bankidan kredit olib, chorvachilik bilan shug‘ullanish kabi masalalar yuzasidan ham zarur choralar ko‘rildi. Bunday etibordan mamnunmiz.
Manba:
| Nomi | Sheroboddagi olis va tog‘li qishloqlar aholisining qanday muammolari bor? |
| Muallif(lar)i | xs.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 21.04.2021 |
| Internetga joylangan vaqti | 23.01.2020 |
| Kiritilgan vaqti | 21.04.2021 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://xs.uz/uz/post/sheroboddagi-olis-va-togli-qishloqlar-aholisining-qandaj-muammolari-bor |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |