Kontekst:
“Buning sababi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ichki iste’molni qondirib, eksport qilish imkoniyatiga ega agrar davlat hisoblanamiz. Karantin muddati cho‘zilib ketsa ham, janubiy viloyatlardagi mirishkor dehqonlarimiz dalalarida aprel oyidan boshlab, oziq-ovqat mahsulotlari ichki bozorlarimizga yetkazib berila boshlangan. Shuningdek, respublikaning barcha hududlaridagi issiqxonalarida pomidor, bodring, shirin qalampir va baqlajon mahsulotlari uzluksiz ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berilmoqda. Bugungi kunda respublika hududlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmi kundan kunga ortib borishi natijasida, pishiqchilik mavsumida ichki va tashqi bozorlarga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi. Bu davrda bizda muammo bo‘lmasligi aniq”, — deydi vazir o‘rinbosari.
Manba:
| Nomi | Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari: “Karantin cho‘zilsa ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelmaydi” |
| Muallif(lar)i | daryo.uz sayti |
| Yozilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Internetga joylangan vaqti | 17.04.2020 |
| Kiritilgan vaqti | 23.01.2022 |
| Qo‘llanish sohasi | OAB |
| Matn tipi | |
| Uslubi | Publisistik |
| Auditoriya yoshi | |
| Auditoriyaning salohiyat darajasi | |
| NET-manzili | https://daryo.uz/2020/04/17/qishloq-xojaligi-vaziri-orinbosari-karantin-chozilsa-ham-qishloq-xojaligi-mahsulotlari-yetishmovchiligi-yuzaga-kelmaydi/ |
| Ichki korpus turi | Ta’limiy korpus |
| Gap soni | 0 |
| So‘z(shakl) miqdori | 0 |
| Teglovchi | Operator |